Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti


Tabiiy yoritilishga qo'yiladigan gigiyenik talab quyidagilardan iborat



Download 4,82 Mb.
bet66/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Tabiiy yoritilishga qo'yiladigan gigiyenik talab quyidagilardan iborat.
1. Derazalarning dunyo bo‘yicha ma’lum bir tomonga qarab turishi. Gigiyenik nuqtai nazardan jumhuriyatimizda quriladigan uylarni janubga va janubi - sharqqa taxmin qilish maqsadga muvofiq. Bunda turar joy xonalari janubi-sharqda qo‘shimchalari esa shimoli-g‘arbda joylashtiriladi. Mamlakatning shimoliy va janubiy kengliklarida turar joy xonalari derazalarini janubga, qo‘shimcha xonalarnikini esa shimolga qaratib, binolaming o‘qlarini g‘arbdan sharqqa (ekvatorial) joylashtirish tavsiya etiladi.
2. Derazalaming o‘lchami va joylashtirilishi. Derazaning‘ yuqori tomoni shiftga yaqin qo‘yilsa, xonaga yorug‘lik ko‘proq tushadi. Derazalar orasidagi masofa deraza o‘rinlariiing enidan bir yarim baravardan oshmasligi kerak. Deraza ko'zlarining kattaligi va miqdori, rom panjarasining qandayligi ham muhim ahamiyatga ega. To‘g‘ri burchakli derazalar shakli bo‘yicha eng yaxshi hisoblanadi.
3. Xonaning sahni yoki chuqurligi derazalari boMgan devordan qarama-qarshi devorgacha bo’lgan masofa. Xonaning chuqurligi derazaning yuqori chekkasidan polgacha bo’lgan masofadan uzog‘i bilan 2 baravar ko‘p bo’lishi kerak.
4. Binolar oralig’i (masofa) qarshi tomondagi ko‘p qavatli uy balandligidan ikki baravar ortiq bo’lishi kerak.
5. Oynalarning sifati va tozalik darajasi. Oliy sifatli oynalar yorug’likning bir qismini, ayniqsa uning ultrabinafsha nurlarini yutadi. Ifloslangan oynalar yorug’lik o‘tkazuvchanlikni 25-50% ga, pardalar 40% gacha kamaytiradi.
Devor va pol ochiq rangli bo‘yoq bilan bo‘yalsa, xona yorug1 boMadi. Turar joylarda tabiiy yoritilish koeffitsienti (ТЕК) 0,5-0,7% dan kam boMmasligi kerak. Yorug’lik koeffitsienti (YOK) turar joy xonalari uchun kamida 1/6 -1/8 bo’lishi lozim.
Sun’iy yoritilishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Tabiiy yorugMik kam tushishi tufayli xonalar lyuminessent yoki cho‘g‘lanma lampalar bilan yoritiladi. Cho‘g ‘lanma lampalar issiqlik manbai ham sanaladi, biroq tejamsiz. Lyuminessent lampalar energiya sarfi bir xil bo’lgani holda, yorug’ligi ko‘proq bo’lib, nurlanish spektri kunduzgi yorug’lik spektriga yaqin. Mayin, tarqoq yorug’lik beradi, soya bermaydi va abajurlarga ehtiyoj bo’lmaydi. Shuni hisobga olib, bolalar muassasalarida lyuminestsent lampalardan foydalangan ma’qul. Lampalaming yorug’lik quvvati 75 lk dan kam bo’lmasligi kerak. Turar joylaming sun’iy yoritilishi qator talablarga javob berishi lozim. U muayyan ishni bajarish uchun yetarli bo’lishi, sathga bir tekis tarqalishi, shu’la bermasligi va soya hosil qilmasligi kerak. Turar joy xonasida eng past yoritilish cho‘g’lanma lampalarda 75 lk, lyuminessent lampalarda - 100 lk, oshxonada esa shunga muvofiq holda 100 lk boMishi kerak.
Lampalar 3 xil bo‘ladi. Tik yorug‘lik tushadigan lampalar 90% yorug'lik tutamini pastga yo‘naltiradi. Muayyan yuzada kuchli yoritiladi. Bunday yorug'lik turar joy va jamoat binolari uchun tavsiya etilmaydi.
Tarqoq yorug'lik beradigan lampalarda yorug'lik tutami hamma joyga bir tekis tushadi. Bu lampalardan turar joy va jamoat binolarini yoritish uchun foydalaniladi.
Qaytadigan yorug'lik beradigan lampalar. Yorug'lik tutamining kamida 90% ini yuqoriga yo'naltiradi, so'ngra u yerdan qaytadi, yorug'lik bir tekis tushadi. Tejamli bo'lmaganidan xonalarda kam ishlatiladi.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish