Turar joyning gigiyenik ahamiyati. Gigiyena va epidemiologiya shartlariga ko‘ra, har bir oilaga alohida xonadon bo‘lib, kvartira qurilishi bolalami tarbiyalash, ovqat tayyorlash, shaxsiy gigiyenaga muvofiq kunduzi tinch dam olish va uxlash uchun tegishli sharoitlami ta’minlaydigan bo‘lishi kerak.
Gigiyena nuqtai nazaridan toia qimmatli turarjoy quruq, issiq, yorug’, keng, doimo sof havo almashinib turadigan bo‘lishi kerak. Sovuq iqlim sharoitlarida shamoldan himoyalanib, issiqni saqlaydigan, issiq iqlimli tumanlarda esa turar joyning qizib ketishiga qarshi tadbirlarga ahamiyat berish lozim.
Har bitta xonada istiqomat zichligi - ikki kishidan oshmasligi uchun ko‘pchilik kvartiralaming maydoni 18 dan 45 m2 gacha loyihalanadi. Bu maydon - 2-5 kishilik oila uchun kifoya qiladi, chunki tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bir kishi uchun 9 m2 turarjoy maydonini minimal me’yor deb hisoblash mumkin. Xonasining balandligi 2,7-3,2 m bo‘lgan bunday maydon odamning moddiy, ma’naviy va, gigiyenik ehtiyojlarini ta’minlaydi. Kelajakda turarjoy maydonini taqsimlashda bir kishiga 12 m2 to‘g‘ri keladigan turmush dararajasiga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Kvartiraning gigiyenik sharoitlari ko‘p jihatdan uni planlashtirishga, ya’ni xonalaming maqbul joylashishiga va derazalartsing sathi maqsadga muvofiq bo‘lishi, xonalaming alohidaligiga va ulaming yaxshi insolyatsiyasi va ikki yoqlama shamollatilishini ta’minlashga bog‘liq. Umumiy xonalaming qo'shimcha xonalardan alohidaligi dam olish xonalariga shovqin kirmasligi, sog‘lom mikroiqlim vujudga keltirishga imkon beradigan bo‘lishiga ahamiyat berish zarur. Turar joy xonasida istiqomat qilishning qulayligi ko‘p jihatdan uning konfiguratsiyasiga bog‘liq (13-rasm). Xonaning uzunligi va eni 1:2 yoki 3:4 baravar bo‘lganda eng qulay shart-sharoitlar ta’minlanadi; bunda mebel qulay joylashtiriladi va yoritilish uchun optimal sharoitlar vujudga keladi. Turar joy xonasining bo‘yiga uzunligi 6,5 m dan oshmasligi kerak. Bu bir tomonlama yoritilishda xonaning yorug‘lik tushadigan eng uzoq devoridan boshlab yetarli darajadagi yorug‘lik bilan ta’minlanadi.
13-rasm. Uy plani. 1-zinapoya; 2 - oldingi xona; 3-yotoqxona; 4-yemakxona; 5-oshxona; 6 - vannaxona; 7 - hojatxona; 8 - buyumlar saqlanadigan xona; 9 - balkon.
Balkon, ayvon, lodjali uylar, ayniqsa Markaziy Osiyo sharoitida katta ahamiyatga ega, ular istiqomat qiluvchilarga (ayniqsa, yosh bolalarga va bemorlarga) sof havodan bahramand bo‘lish imkonini beradi, xona havosining mo’tadilligini ta’minlaydi, bu o‘z navbatida organizmning haroratni boshqarish vazifasini yaxshilaydi. Ko‘p qavatli uylarda oshxonalar, vannaxonalar va hojatxonalar tortma ventilyatsiya bilan jihozlanishi kerak.
Shuningdek, qishloqlardagi ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, shaxsiy uylar yuqorida sanab o‘tilgan gigiyenik talablarning barchasiga javob berishi, bundan tashqari, ular qishloq turmushining ayrim o‘ziga xos sharoitlariga ham mos kelishi kerak. Chunonchi, hovli bilan molxona, tovuqxona va tashqi hojatxonalaming joylashtirilishi sanitariya-gigiyena talabiga muvofiq tushishi, havoning sofligiga putur yetkazmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitida aholi yashaydigan hududlami planlashtirish va qurishda 0 ‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan 003-93 raqamli hamda 004-93 raqamli Sanitariya qonun va me’yorlarida jon boshiga Turar joy normalari va ulami loyihalash o‘z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |