Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. Davlat yer kadastrini yuritish



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

3§. Davlat yer kadastrini yuritish 
«Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida»gi  qonunning  10-moddasida  davlat  yer 
kadastrini yuritish mexanizmi  belgilab berilgan. Unga ko‘ra davlat yer kadastrini 
yuritishni  maxsus  vakolatga  ega  bo‘lgan  davlat  idoralari  tomonidan  amalga 
oshiradi.  Respublikada  bunday  ishlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari, 
geodeziya, 
kartografiya 
va 
 
davlat 
kadastri 
davlat 
qo‘mitasining 
(O‘zergeodezkadastr)  tuman bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. 
“Davlat yer kadastri” to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston 
Respublikasi  Yer  resurslari,  geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri  davlat 
qo‘mitasining  davlat  yer  kadastrini  yuritish  sohasidagi  vakolatlariga  quyidagilar 
kiradi: 
-O‘zbekiston  Respublikasining  butun  hududida  davlat  yer  kadastri 
yuritilishini tashkil etish; 
-yer resurslarining holati to‘g‘risidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish
-viloyatlar,  tumanlar  hamda  aholi  punktlarining  ma’muriy  chegaralarini 
belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va o‘tkazish; 
-normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash; 
-mutaxassislarni  tayyorlash  hamda  ularning  malakasini  oshirish  ishlarini 
tashkil etish; 
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
Davlat ner kadastrini yuritish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi :     
-aerokosmik 
suratga 
olish, 
topografiya-geodeziya, 
kartografiya, 
tuproqshunoslik,  agroximiya,  geobotanikaga  oid  va  boshqa  izlanishlar  va 
tadqiqotlarni o‘tkazish;  
-yerlarni  miqdor  va  sifat  jihatdan  hisobga  olish    va  baholash,  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarning  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarini  davlat  ro‘yxatiga 
olish, yerlar mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish . 
Davlat  yer  kadastrini  yuritish  vakolatiga    ega  bo‘lgan  organlar  har  yili  yer 
resurslarining  holati  to‘g‘risida  milliy  hisobot  tayyorlaydilar.  Milliy  hisobotda 


80 
 
 
butun mamlakat va ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha yerlarning miqdor va sifat 
holati  hamda  ularning  bahosi,  yerlarning  toifalarga  bo‘linishi,  tarmoqqa  yer 
uchastkalari,  yer  uchastkalarining  egalari,  yer  uchastkasidan  foydalanuvchilar, 
ijarachilar, yer mulkdorlari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yer 
kadastriga oid boshqa axborot aks ettiriladi. 
Davlat  yer  kadastrini  yuritish  mobaynida  yer  kadastri  hujjatlari  to‘planadi. 
Bunday  hujjatlarga  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqni    tasdiqlovchi  hujjatlar, 
tuman  (shahar)  yer  kadastri  daftari,  yerlarning  miqdor  o‘lchamlari  va  sifat  holati, 
ularning  bahosi  to‘g‘risidagi    hisobotlar,  kadastr  xaritalari,  planlari  va  qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar kiradi. 
Davlat yer kadastrini yuritish jarayonida yer kadastriga doir axborot yig‘iladi 
va beriladi. 
Yer  kadastriga  doir  axborotlar  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat 
ro‘yxatiga olish, yerlarning miqdor va sifat hisobini olish, yerlarni baholashga oid 
axborotlar majmuini tashkil etadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, 
shuningdek  manfaatdor  yuridik  va  jismoniy    shaxslar  foydalanishi  uchun 
mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Yerlardan  foydalanish,  ularni  tiklash  va  muhofaza  qilish,  yer  uchastkalari 
berish  (realizatsiya  qilish)  va  ularni  olib  qo‘yish,  yer  uchun  to‘lanadigan  haq 
miqdorini  belgilash,  yer  tuzish  ishlarini  bajarish,  xo‘jalik  faoliyatiga  baho  berish 
hamda  yerdan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  bilan    bog‘liq  boshqa 
tadbirlarni  amalga  oshirish  chog‘ida  davlat  yer  kadastri  ma’lumotlaridan 
foydalanilishi shart. 
Yer  kadastriga  doir  axborot  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlariga 
tekinga taqdim etiladi, yuridik va jismoniy shaxslarga esa haq  evaziga beriladi. 
Davlat yer kadastrini yuritish borasidagi ishlar davlat byudjetidan, shuningdek 
yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarni  davlat  ro‘yxatiga  olganlik  uchun 
undiriladigan mablag‘lar va qonun hujjatlari bilan man etilmagan boshqa manbalar 
hisobidan moliyalanadi. 


81 
 
 
“Davlat  yer  kadastri  to‘g‘risida”gi  qonunning  10-moddasiga  ko‘ra  davlat 
yer kadastrini yuritish quyidagilar bilan ta’minlanadi: 
-aerokosmik  suratga  olishlarni,  topografiya-geodeziya,  kartografiya, 
tuproqshunoslik,  agroximiya,  geobotanikaga  oid  va  boshqa  izlanishlar  va 
tadqiqotlarni o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqlarini  davlat 
ro‘yxatiga olish; 
-yerlar mavjudligi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish; 
-joriy  tadqiqotlar  suratga  olishlar  hamda  yer  monitoringi  materiallaridan 
foydalangan holda yer-kadastr axborotlariga oid ma’lumotlar majmuini yaratish va 
tartibga solib turish. 
Davlat  yer  kadastrini  yuritish  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer  resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer 
resurslari va davlat kadastri bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Yer  kadastrini  yuritish  tumanda  (shaharda)  quyidagi  yo‘l  bilan  amalga 
oshiriladi: 
-yer  uchastkalariga  bo‘lgan  huquqni  va  yer  uchastkalariga  doir  bitimlarni 
davlat ro‘yxatiga olish; 
-kadastr suratga olishlarini o‘tkazish; 
-yer  uchastkalari  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar,  ijarachilar  va  yer 
uchastkalari mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularning to‘g‘riligini tekshirish, yer 
kadastriga doir hujjatlarga joriy o‘zgartishlarni kiritish. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish