Ingredientlar, ml
|
probirkalar
|
Taj- riba
|
Kontrol
|
zardoblar
|
antigenlar
|
gemolitik
sistemalar
|
komplementlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
I – boqis Zardob 0,5 0,5 - - -
Antigen 0,5 - 0,5 - -
Komplement 0,5 0,5 0,5 - 0,5
Natriy xloridning
Izotonik eritmasi - 0,5 0,5 0,5 0,5
|
370S issiqlikda 1 soat yoki 40S issiqlikda 18 soat inkubatsiya
qilish.
|
II –bosqich 1 ml dan gemolitik sistemani qo‘shish
|
Antigen, zardob va komplement kontrolidagi eritrotsitlar batamom lizis bo‘lganiga qadar
30 – 60 minut inkubatsiya qilish.
|
Natija + yoki - - - + -
|
Shartli belgilar. + gemoliz yo‘q; - gemoliz.
Presipitatsiya reaksiyasi. Antigen sifatida lizat, ekstrakt, gapten kabi moddalardan foydalanilganda presipitatsiya reaksiyasi amalga oshiriladi. Bunday antigenlar tuzli muhitda antitelo bilan o‘zaro reaksiyaga kirishganida ikkala suyuqlik chegarasida xira xalqa ko‘zga tashlanib turadi. Presipitatsiya reaksiyasi ayrim yuqumli kasalliklarni ( kuydirgi, meningit, zotiljam, ichburug‘ ) aniqlashda, sud-meditsina ekspertizasida – biron narsadan topilgan qon dog‘ini tekshirib, uning nimaniki ekanligini aniqlashda, sanitariya-gigienik taqiqotlarda-oziq-ovqat ishlab chiqarishdagi qalbakiliklarni fosh qilishda ishlatiladi. Bunday reaksiyalarni amalga oshirishda antigen sifatida mikroorganizmlarning to‘liq antigenlari yoki gaptenlardan, ya’ni oqsil, polisaxarid, lipopolisaxarid, yoki glyukoproteid moddalarning eritmalaridan foydalaniladi. Tarkibida antitelo mavjud bo‘lgan immun zardob suyultirilmagan yoki 1:5 -1:10 nisbatda suyultirilgan holatda ishlatiladi. Presipitatsiya reaksiyasining asosiy turlari xalqa presipitatsiya reaksiyasi va gelda presipitatsiya reaksiyasini o‘tkazishdan iboratdir.
Xalqa presipitatsiya reaksiyasi. Mazkur reaksiya diametri 0,4 – 0,5 sm, va uzunligi 7-8 sm bo‘lgan maxsus probirkalarda o‘tkaziladi. Probirkaga 0,2 ml immun zardobni quyib, ingredientlarning aralashib ketasligi uchun ehtiyotkorlik bilan zardob ustiga antigen quyiladi. Reaksiya ijobiy natija berganda antigen bilan antitelo o‘rtasida oq xalqa- presipitat hosil bo‘ladi. Probirkani 370S issiqlikda 5-30 minut saqlangandan keyin reaksiya natijalari hisobga olinadi Ba’zan probirka bir kecha xolodilnikda saqlangandan keyin reaksiya natijalari to‘g‘risida xulosa chiqariladi.
Gelda presipitatsiya reaksiyasi. Bu reaksiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda antigen bilan antiteloning o‘zaro ta’siri yarim zich ozuqa muhiti- agarli gel ichida ro‘y beradi.Ba’zan kraxmalli gel, poliakrilamid va h.k. lardan foydalaniladi.Gel antigen va antitelolarning turli xil sistemalaridan hosil bo‘lgan presipitatlarning aniq ajralib turishiga imkon yaratadi. Antigen va antitelolar diffuziya tezligining bir xil emasligi va konsentratsiya miqdorining turlicha ekanligi tufayli gelning turli qismlarida presipitatlarni hosil qiladi.
Labaratoriya mashg’uloti 10
Do'stlaringiz bilan baham: |