1906 yildagi Toshkent shahridagi dorixonalar, xodimlari va ular tovar
aylanmasi to‘g‘risida ma'lumot
Dorixona nomi
Dor
is
h
u
n
os
lar
son
i
Dor
ixon
a
oq
u
vc
h
ilar
son
i
Pullik
retseptlar
soni
Ulardan
tushadigan
tushum
Qolda
sotil-
gandan
tushgan
tushum
Рубль, тийин
Toshkent shahri jamoat
boshqarmasi
dorixonasi
8
4
50427
32077,44
40921,28
Провизор
Г.Ф.
Каплан dorixonasi
8
3
19001
12052,01
12939,28
И.И. Краузе
dorixonasi
5
2
19374
12815,19
5503,96
Кобильницкий
dorixonasi
5
2
10890
1993,41
6310,37
Циперсон
dorixonasi
2
2
3072
2014,65
2820,75
Головач
dorixonasi
3
1
10009
5856,16
3388,61
Веркуцкий
dorixonasi
2
2
5285
3188,99
4662,10
Морголин
dorixonasi
2
1
3535
2141,89
2618,07
Шелигран
dorixonasi
3
1
5178
3197,19
1984,96
Ляшевский
dorixonasi
2
2
7174
3685,23
4037,78
Мовшович
dorixonasi
2
2
6570
3900,01
2554,92
Гольдберг
dorixonasi
2
1
541
382,21
2500
Farg‘ona viloyatida 13 ta dorixona bo‘lib, shulardan 9 tasi shaharlarda:
Qo‘qonda – 2 ta, Andijonda – 2 ta, Namanganda – 2 ta, Farg‘onada – 1 ta,
Marg‘ilonda – 1 ta, O‘shda – 1 ta, 4 tasi esa Chust, Asaka, Shahrixon, Jalolobod
qishloqlarida joylashgan edi.
Samarqand viloyatida 10 ta dorixona bor edi, shulardan 4 ta dorixona
shaharlarda, 6 tasi qishloqlarda joylashgan edi.
Buxoro shahrida – 3 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 ta, Qashqadaryo viloyati
Bekbudi shahrida – 1 ta dorixona bo‘lgan.”
“1920 yilning sentyabr' oyidan boshlab, shaharning markaziy dorixonasi dori-
darmon saqlanadigan omborxona vazifasini ham bajargan. Barcha turdagi dorilar
va boshqa tibbiyot mollari shu markaziy dorixonada mujassamlangan edi. Boshqa
hamma dorixonalar dori va boshqa mollarni farmasiya bo‘linmasi ruhmsati bilan
shu yerdan olishgan.
O‘lkadagi iqtisodiy tangliklar va mamlakatning “Yangi iqtisodiy siyosat”
(NEP)ga o‘tishi munosabati bilan dorixonalar ishini yangicha tashkil qilishni
taqozo qilar edi.
1922 yil 1 avgustda Toshkent shahrida Turkiston ASSRning Sog‘liqni saqlash
halq komissariyati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil etildi.
1924 yil 27 oktyabr' oyida O‘zbekiston SSR tashkil topdi, 1925 yilning fevralida
esa Sog‘liqni saqlash xalq komissariyati qoshida Dorixona boshqarmasi ochildi.
Unga xo‘jalik hisobidagi 34 dorixona, markaziy dorixona omborxonasi, nazorat-
tahlil laboratoriya va galen-qadoqlash laboratoriyasi kirar edi.
Dorixonalar tizimi taraqqiy etishi natijasida 1938 yili Dorixona boshqarmasi
O‘zbekistonning Bosh dorixona boshqarmasiga aylantirildi.
Dori-darmon xizmatini aholiga yaqinlashtirish maqsadida, O‘zbekistonda,
qishloq tibbiyot muassasalari qoshida 1938 yildan boshlab dorixona punktlari
tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172 ga yetdi. 1940 yilning oxirida
O‘zbekistonda 172 dorixona, 398 dorixona punktlari, 20 dorixona do‘konlari, 76
dorixona kiosklari, 5 omborxona, 6 nazorat-tahlil laboratoriyasi va bitta galen-
qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi.”
“1942 yilning oxirida O‘zbekistonda 113 ta evakuasiya gospitali joylashgan edi.
Urushning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Dorixonalari bosh boshqarmasi
o‘z ishini xarbiy holatga moslashtirdi. Urushgacha O‘zbekistonda kimyo-
farmasevtika sanoati bo‘lmagan edi. Zudlik bilan mahalliy resurslardan dori-
darmonlar ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Tez fursatda kimyogar olimlar kam
uchraydigan materiallar o‘rnini bosuvchi va turli chiqindi materiallaridan
qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqarish usullarini topdilar. Dorixonalar
boshqarmasi korxonalarida turli xil sanoat chiqindilari, yarim tayyor mahsulotlar
va o‘simliklar xom ashyosidan bir qator dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab
chi Dori-darmon ishlab chiqarish sohasidagi ishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Urush yillari xarakatdagi harbiy qismlarga 392,7 tonna narkoz uchun efir, 18,7
ming tonna gips, 166,7 ming tonna xo‘jalik sovuni, 46,6 ming sanitariya
palatkalari, 9630 dezinfeksiya vositalari va boshqalar yetkazib turildi. Ushbu tibbiy
yordamga O‘zbekiston farmasevt-olimlari ham o‘z ulushlarini qo‘shishdi.
Hususan, 1942 yilning boshida Toshkentda dezinfeksiya vositalari ishlab
chiqaruvchi zavod ishga tushdi. So‘ngra galen farmasevtik laboratoriya asosida
Toshkent kimyo-farmasevtika zavodi tashkil etildi, unda narkoz uchun efir, xlorid
kal'siy, kofein-benzoat natriy, fitin, glyukoza poroshogi, keyinchalik xolosas,
astmatol, qora qand (barbaris) ekstrakti ishlab chiqraish yo‘lga qo‘yildi. Maxalliy
sanoatda gips, shina, qo‘ltiqtayoq, sanitariya zambillari ishlab chiqarildi.
O‘rta Osiy universitetining kimyo fakul'tetida urush davri tibbiyoti uchun zarur
bo‘lgan narkoz efiri, xlorli kal'siy, kofein, streptosid, sul'fisin, nikotin kislotasi
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand viloyatida yodning spirtli eritmasi, yalpiz, valeriana, evkalipt, ermon
nastoykalari, nao‘atir anis tomchisi, kamfora, ixtiol va Vil'kinson surtmasi, ruxli,
borli, skipidarli malhamlar, kamforaning moyli eritmasi, xantal, chumoli, sovun
spirtlari va lakrichniy kukun dorilari va boshqalar ishlab chiqarildi.
Urush yillari Respublika dorixonalar Bosh boshqarmasi aossiy e'tiborni harbiy
evakogospitallar, bolalarni davolash muassasalari va sanoat korxonalarining
tibbiyot-sanitariya bo‘limlarida ochilgan dorixona va uning shahobchalarini
dorilarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga qaratdi.
1942 yil 28 avgustda “Pravda Vostoka” gazetasi Toshkent farmasevtika
institutining xodimlari mahalliy xom ashyodan 15 ta yangi dori preparatlarini
ishlab chiqarishga topshirdilar, deb yozgan edi.
Urush yillari kimyo-farmasevtika vositalarining tanqisligini inobatga olib Ittifoq
Sog‘liqni saqlash vazirligi uni o‘simliklar xom ashyosi bilan to‘ldirishni ma'qul
deb topdi.
Respublika Fanlar Akademiyasi akademigi S.Yu. Yunusov rahbarligida
o‘zbekiston alkoloidli o‘simliklarning hususiyatlarini o‘rganish yuzasidan katta
ishlar olib borildi.
Respublika botaniklari yovvoyi tarzda o‘sadigan kauchukli o‘simliklarning boy
changalzorlarini topdilar, bedadan va sholining tozalash sanoati chiqindilaridan
vitaminlar olish usullarini ishlab chiqdilar. Yengil sanoatni rivojlantirish uchun
keng imkoniyatlar ochib beradigan o‘simliklar xom ashyosi bo‘yicha
ma'lumotlarni umumlashtirdilar.
“Urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda dorixonalar tizimi tez sur'atlar bilan
rivojlana boshladi. Faqt 1959-1975 yillar mobaynida respublikamizda 888 ta yangi
dorixonalar ochildi, ulardan 652 tasi qishloq joylarda edi.”
Yangi dorixonalar asosan namunali loyihalar asosida qurilib, 1971 yildan 1977
yilgacha Respublikamizda 140 namunali dorixona qurilib foydalanishga
topshirilgan, 130 dorixona yangitdan ta'mirlangan binolarga ko‘chirildi.
1981 yil boshlarida, Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi dorixonalar Bosh
boshqarmasi tizimida 1500 dorixona (ulardan 1016 dorixona qishloq joylarda), 25
dorixona do‘konlari, 14 dorixona omborxonalari va 14 nazora-tahlil
laboratoriyalari mavjud bo‘lgan [6].
Dorixona tarmoqlarini yanada rivojlantirish va dori-darmon yordamining siqatini
oshirishda, farmasevt kadrlarni tayyorlab berish xal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘ldi. Chunonchi, 1958 yilda Respublika dolrixona tizimida 1490 farmasevt
faoliyat olib bordi. Ulardan 553 nafari oliy ma'lumotli farmasevt edi.
1981 yilga kelib, O‘zbekistonda 3150 oliy ma'lumotli va 2970 o‘rta ma'lumotli
farmasevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar.
1984 yildan boshlab har bir rayonda markaziy rayon dolrixonasi tashkil qilindi.
Shu jumladan, Toshkentda 9 ta Markaziy rayon dorixonalari barpo etildi.
1987 yili respublikamizda 1995 ho‘jalik hisobidagi dorixona. Shu jumladan 1333
qishloq joylarida va 6477 dorixona filiallari mavjud bo‘lgan.
1988 yil Respublikaning Bosh dorixona boshqarmasi “Farmasiya” Respublika
ishlab chiqarish birlashmasiga o‘zgartirildi.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritganidan keyin, dorixona korxonalarining
ish faoliyati tubdan o‘zgara boshladi. Dorixona faoliyatini tartibga soluvchi,
O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmasevtik faoliyat
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan, hukumat tomonidan, dori-
darmonlar muomalasini tartibga soluvchi va dorixona faoliyatini bir tizimga
keltiruvchi, bir qator farmonlar qabul qilindi.
1994 yil 11 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan,
“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli dorixonalarni
davlat tassarufidan chiqarish va xusussiylashtirish to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori
qabul qilindi.
Xususiylashtirishning boshida O‘zbekistonda 2552 davlat dorixonalari faoliyat
ko‘rsatgan. 1994 yilning oxirida, shular asosida, 352 kasalxona ichidagi
dorixonalar, 239 ochiq aksiyadorlik jamiyati, 290 jamoa dorixonalari va 1059
xususiy dorixonalar tashkil qilindi. 1995 yili O‘zbekistonda 2571 farmasevt
faoliyat olib borgan. 1996 yilga kelib, ularning soni 3980 dan oshib ketdi.
1992 yili O‘zbekistonda farmakologiya va farmakopeya qo‘mitalari tashkil
qilindi. Ularning faoliyati tibbiyotga zarur bo‘lgan uskunalarni ishlab chiqarishga
yo‘naltirilgan. 1993 yili “O‘zfarmsanoat” konserni tashkil etildi.
1996 yilga kelib Respublikamizda 2200 dorixona hususiylashtirildi, 839
dorixona aksionerlik jamiyatiga aylantirildi.
2002 yilga kelib, farmasevtik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun, 3945 yuridik
shaxslarda lisenziya bo‘lgan. Shu jumladan, 61 ishlab chiqarish korxonalari,
ulgurji muassasalar 171, 3712 dorixona va 1286 dorixona filiallari.” (Farmasevtika
jurnali, №1, 2009 yil).
Do'stlaringiz bilan baham: |