Nazorat savollari
1.O‘zbekistonda farmasevtika kanday rivojlangan?
2.Rivojlanish boskichlarini ta'riflang.
3.Birinchi dorixonani kim ochgan?
4. Dorixonalar birinchi bulib kaerda ochilgan?
3-MAVZU : FARMATSEVTIK FAOLIYAT ASOSLARI, TURLARI
XAQIDA TUSHUNCHA
REJA:
3.1. Farmatsevtik faoliyat asoslari.
3.2. Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha. Farmatsevtika faoliyat turlari.
3.3 “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va
o‘zgartirishlar.
O‘zbekiston Respublikasida farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanish “Dori
vositalar va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga
oshiriladi. Unga ko‘ra farmasevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
-
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot
ishlari;
-
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
-
dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
-
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizasiya qilish;
-
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish;
-
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
-
dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizasiya qilish.
Farmasevtika faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan belgilangan tartibda beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi.
Farmasevtika faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya besh yil muddatga
beriladi. Lisenziya muddatini uzaytirish uchun farmasevtika tashkilotining
rahbaridan 144 soatdan kam bo‘lmagan xajmdagi malaka oshirganligi to‘g‘risida
sertifikat talab etiladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari,
oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, hamda dori vositalari va tibbiy
buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik
vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik
vositalarning yoki dori vositalarning tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini
(substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab
chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik
vositalarining yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini
nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ xujjatlarni tayyorlashni
o‘z ichiga oladi.
Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning
yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni,
ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning
xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar
ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularni ishlab chiqarishni
hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali
ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning
alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori
vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida
ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab
chiqarish taqiqlanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik-tadqiqotlar
o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab
chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va
tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy hizmatlarga ega
bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qadoqdash tamg‘alash hamda joylash-
o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan
tasdiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish faqat
dorixonalar hamda ularni filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini chakana realizasiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi reseptlar bo‘yicha
tasdiqlangan Reseptsiz beriladigan dori vositalarini ro‘yxatiga ko‘ra reseptsiz
amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan
tayyorlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya
qilishgaruxsat beriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida
ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish,
chakana realizasiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga
oshiriladi.
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilishni,
shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega
bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida
tashkil
etilishi
mumkin.
Dorixonalarning
filiallari,
davolash-profilaktika
muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
Dorixonalar sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish
mahsulotlarini, ma'danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini,
biologik faol qo‘shimchalarini realizasiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud
bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Dorixona mudiri oliy farmasevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dorixona filialining mudiri farmasevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizasiya qilish
qoidalariga va ularning sifatini ta'minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar
tomonidan rioya etilishi kerak.
Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash
vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan
(substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini
tayyorlash ta'qiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash,
ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar
tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |