Toshkent farmatsevtika instituti



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Nazorat savollari 
1. 
Ibtidoiy  jamoa  va  qullik  davrining  farmasevtikaning  rivojlanishi  qanday 
axamiyati bor? 
2. 
Hindistonda farmasevtika qanday rivojlangan? 
3. 
Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi xaqida nima bilasiz? 
4. 
Xitoyning farmasevtikasini rivojlanishida qanday aloxida urni mavjud? 
5. 
Qadimgi Rim va Yunonistonda farmasevtika qanday  rivojlangan? 
 
 
2-MAVZU:  O‘ZBEKISTONDA FARMASEVTIKA TARMOG‘INI 
RIVOJLANISH ASOSLARI 


REJA: 
2.1  O‘zbekiston Respublikasi dori vositalarining ta'minoti tarixi.  
2.2.   O‘zbekiston Respublikasida farmasevtikaning rivojlanish boskichlari. 
2.3.  Dorixonalarning ish faoliyati xakida. 
  
   O‘zbekiston  Respublikasi  dori  vositalarining  ta'minoti  tarixi  Oktyabr' 
to‘ntarilishigacha  (1917  yilgacha),  Sobiq  Ittifoq  davri  (1917-1991  yillar)  va 
mustaqillikning dastlabki 20 yilidagi davrlarga bo‘lingan holda Erkin Raximovich 
Toshmuxamedov  va  uning  shogirdlari  tomonidan  chuqur  va  puxta  o‘rganilgan. 
Mazkur  bo‘limda  Prof.  E.R.  Toshmuxamedovning  bir  qator  ilmiy  maqolalarida 
chop etilgan ma'lumotlar keltirilgan. 
   “O‘rta  Osiyoni  Rossiyaga  qo‘shib  olingunga  qadar  Turkiston  o‘lkasida 
shifoxonalar  va  dorixonalar  bo‘lmagan.  Bemorlarni  davolash  bilan  tabiblar, 
baqsilar,  shamanlar,  eshonlar,  mullalar,  folbinlar  va  boshqalar  shug‘ullanganlar. 
Bular  orasida  tabiblarning  faoliyati  e'tiborga  loyiq.  Tabiblar  ayrim  jarrohlik 
operatsiyalarini  o‘tkazganlar,  chipqon,  rishta  kasalliklarini  davolaganlar,  zuluk 
solganlar, tishlarni, singan va chiqqan a'zolarni muvaffaqiyatli davolaganlar. 
  Tabiblar  atirgullar,  yalpizlar,  anis  va  ukroplarni  suv  bug‘i  orqali  haydab  efir 
moylarini olganlar.  
   Dori  vositalarini  haltachalarda,  shisha  idishlarda,  qutichalarda  saqlab,  har  bir 
idish ustiga arab va fors tillarida yozib qo‘yganlar. 
   Bozorlarda attorlar o‘z do‘konlarida har xil dori-darmonlar bilan savdo qilganlar, 
ular  orasida  o‘simliklardan,  hayvonot  olamidan  olingan,  minerallardan 
tayyorlangan  dori  vositalarini  ham  uchratish  mumkin  bo‘lgan.  Attorlar  zaharli  va 
kuchli  ta'sir  etuvchi  moddalar  bilan  ham,  Yevropadan  keltirilgan  dori  vositalari 
bilan ham savdo qilganlar. 
   R.  Pal'm  Turkiston  xalq  tabobatida  ishlatiladigan  va  tabiblarning  dorixona 
do‘konlarida  sotiladigan  200dan  ortiq  dori  vositalarni  yozib  qoldirgan.  G.G. 
Dragendorf  –  240  dori  vositalarini,  N.V.  Solonin  –  120,  V.I.  Kushilevskiyg‘  140, 
B.A.  Fedchenko  esa  –  35  dori  vositalarini  yozib  qoldirgan.  Bu  dori  vositalarining 
hammasi  Turkiston  xalq  tabobatida  keng  qo‘llanilgan  va  Sharq  xalqlari 
dorixonalarida savdoda bo‘lgan. 


   1868  yil  Toshkentda  harbiy  lazaret  ochildi,  1870  yili  u  harbiy  gospitalga 
aylantirildi  va  415  o‘ringa  ega  edi.  Keyinchalik  harbiy  lazaret  va  gospitallar 
Samarqand, Farg‘ona, Andijon, namangan, Tokmak, Pishpek, Qorako‘l, Sergiepol. 
Norin  va  boshqa  shaharlarda  ochildi.  Harbiy  lazaretlar  qoshida  dorixona  bo‘lib. 
Ular mahalliy aholiga ham pulga dori sotar edilar. 
   O‘sha  davrda  mahalliy  aholi  orasida  yuqumli  kasalliklar:  chechak,  o‘lat,  vabo, 
sil,  zaxm,  bezgak,  rishta,  traxoma  va  boshqa  kasalliklarning  tarqalishi  harbiy 
qismlarga  ham  xavf  solar  edi.  Shu  sababli,  Turkiston  general-gubernatorligi 
o‘lkaning  yirik  shaharlari  –  Toshkent,  Samarqand  va  boshqa  shaharlarida 
kasalxonalar tashkil qilishga majbur bo‘ldi. 
    1883-1890  yillarda  mahalliy  aholini  ayollari  va  bolalari  uchun  Toshkent, 
Samarqand,  Andijon,  Qo‘qon,  Xo‘jand,  Namangan,  Marg‘ilon  va  boshqa 
shaharlarda  davolash  ambulatoriyalari  ochildi.  Bu  davolash  muassasalarida  faqat 
ayollar xizmat ko‘rsatar edilar. 
   1868  yildan  boshlab  har  bir  uezd-bo‘lisda  kasallarni  qabul  qiladigan  xonalar 
ochildi.  Kasallar  qabulxonasida  bir  nafar  shifokor  va  bir  nafar  doya  ishlar  edi. 
Undan tashqari dorixona punkti  ham bor edi. Bu dorixona punktida tayyor dorilar 
asosan pulga, o‘ta kambag‘allarga tekinga berilar edi. 
Har  bitta  uezd  kasallar  qabulxonasi  70  000  dan  130  000  gacha  aholiga  tibbiy 
yordam ko‘rsatar edi. 
     1874  yilning  may  oyida  Toshkent  shahar  hokimiyat  tomonidan  Shahar 
dorixonasi  ochildi.  Dorixonada  kambag‘al  mahalliy  va  rus  aholisiga  dori-
darmonlar  bepul  berilar  edi.  1878  yilning  sentyabr'  oyidan  Shahar  dorixonasi 
Shahar Dumasi tassarrufiga o‘tkazildi va dorilarni bepul berish man qilindi. 
    1880 yil 25 yanvarda provizor I.I.Krauze Toshkentning ruslar yashaydigan qismi 
Sobor  ko‘chasida  (Orifxo‘ja  passajibinosida)  xususiy  dorixona  ochdi.  Bu  butun 
Turkiston  o‘lkasida  birinchi    xususiy  dorixona  edi.  1901  yil  Toshkentda  provizor 
G.F.  Kaplan  xususiy  dorixona  ochadi.  Bu  dorixonaning  filiali  1903  yil 
Toshkentning Eski shahar qismida ham ochildi. 
    1878 yil iyul oyida Samarqand shahar kasalxonasi qoshida dorixona ochildi. Bu 
dorixona  ham  aholiga  dori-darmonlarni  pulga,  kambag‘al  aholiga  esa  bepul  berar 
edi. 
    1900  yilgacha  Samarqand  viloyatida  bitta  dorixona  bo‘lib,  uezdlarda  esa  aholi 
dori-darmonlarni kasallar qabulxonalari dorixonalaridan pulga sotib olar edi. 


   Farg‘ona  vodiysida  birinchi  dorixona  1892  yil  Qo‘qonda,  ikkinchisi  –  1894  yil 
may  oyida  Marg‘ilonda,  uchinchisi  –  Andijonda  1896  yil  sentyabrda,  to‘rtinchisi 
esa Namanganda 1901 yil avgustda ochildi. 
    Buxoroda birinchi dorixona 1889 yil yanvarda Buxoroning Eski shahar qismida 
ochildi.  1895  yil  esa  Buxoroning  Yangi  shahar  qismida  “Ermans  savdo  uyi” 
tomonidan  xususiy  dorixona  ochildi.  1903  yil  Buxoroning  Eski  shahar  qismida 
ikkinchi xususiy dorixona ochildi. 
1906  yilda  dorixona  ochishning  yangi  qoidasi  joriy  qilindi  va  unga  binoan  xar  10 
000 aholiga bitta dorixona ochish mumkin bo‘lgan (2.1-jadval). 
    1900  yillarda  Toshkent  temir  yo‘li  qurilishi  munosabati  bilan  Toshkentga 
Rossiyadan  ko‘pchilik  aholi  ko‘chib  keladi.  1911  yilning  may  oyida  Turkiston 
general-gubernatori  Toshkentning  ruslar  yashaydigan  qismida  yana  7  ta  dorixona 
ochishga  ruxsat  berdi  va  bu  dorixonalar  1912  yil  davomida  ochildi.  Ushbu 
dorixonalar  yangi  ochilgan  ko‘chalar  nomiga  qo‘yildi:  Privokzal'naya, 
Obuxovskaya, 
Mariinskaya, 
Romanovskaya, 
Moskovskaya, 
Sergievskaya, 
Kuylukskaya va boshqalar. 
   Shunday  qilib,  1913  yil  Toshkentning  70  000  ruslar  yashaydigan  qismida  11 
dorixona  mavjud  bo‘lgan  bo‘lsa,  170  000  aholi  yashaydigan  Eski  shahar  qismida 
faqat shu yili aprelida yagona xususiy dorixona ochildi. 
   Samarqand  viloyatining  Kattaqo‘rg‘on  shahrida  1904  yilda,  Marg‘ilonda  esa 
1908 yil may oyida xususiy dorixonalar ochildi. 
1914  yilda  O‘zbekistonning  qishloq  yerlarida  138  o‘rinli  23  shifoxona,  10 
fel'dsherlik punkti, 6 dorixona bo‘lib, ularda 19 shifokor, 48 fel'dsher, 2 doya va 6 
farmasevt ishlar edi. 
Xiva shahrida birinchi dorixona 1915 yilda ochildi. 
    Oktyabr'  to‘ntarishiga  qadar  hozirgi  O‘zbekiston  hududida  46  ta  dorixona, 
jumladan  43  ta  shaxsiy  dorixonalar  bor  edi.  Toshkent  shahar  va  viloyatida  17  ta 
dorixona, shulardan 12 ta xususiy dorixona Toshkent shahrida, 5 dorixona uezd va 
qishloqlarda  joylashgan  edi.  Shuningdek,  64  kasalxona,  65  ambulatoriya  mavjud 
bo‘lgan.  Ularda  80  farmasevt,  102  ta  shifokor:  39  tish  shifokori  va  234  o‘rta 
ma'lumotli tibbiyot xodimlari faoliyat olib borganlar. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish