o‘simliklar orsida maxsus o‘ringa ega. Limonnik, kofur, rovoch, zanjabil, hind
ko‘knorisi, yosh bambuk kurtaklari, choy, piyoz, sarimsoq, smola, akonit,
ipekakuana, qarag‘ay, qalampir, chinnigullar va boshqalar ham ishlatilgan.
Mandragora, opiy, nasha va boshqalardan olingan ajratmalar og‘riqsizlantiruvchi
sifatida foydalanilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud.
Hayvonlardan olingan dori vositalariga yo‘lbars tirnog‘i, qoni, jigari va yuragi,
fil terisi, toshbaqa boshi, quritilgan kaltakesaklar va boshqalardan tashqari bir
qatorda yangi vositalar - pantlar (rag‘batlantiruvchi sifatida ishlatilgan yosh xolli
kiyiklarning shoxi) va mushk anbarlar ishlatilgan.
Mamlakatning jo‘g‘rofiy landshafti va florasining xilma-xilligi ishlatiladigan
dori vositalarining assortimentiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Jen'shen' ildizi bizning
eramizgacha 5-6-asrlardan kechikmay qo‘llanila boshlandi. Dengizchilar va
baliqchilar qadimdan bo‘qoqni dengiz suvo‘tlari yordamida davolashgan. Tung
yog‘i teri kasalliklarini, betel yong‘oqlari - qurtlarga qarshi, tuya (kameliya) gullari
- kuyishlarda, shaftoli gullari - siydik xaydovchi sifatida, ich qotishida va
o‘smalarni davolashda ishlatilgan. Zupturum, lotos, qirqquloq, momaqaymoq,
kofur, hind ko‘knorisi, zanjabil, limonnik, ipekakuana urug‘lari tibbiyotda keng
qo‘llanilgan. Xitoyda amilofil o‘simliklarining 300 dan ortiq turi mavjud. Ulardan
ko‘pchiligi (guruch, gaolyan, shakar qamish) kasalliklarni daolovchi vosita sifatida
xizmat qilgan. Mushk bilan yurak kasalliklarini, ipak qurti pillasi bilan bolalar
tutqanog‘ini, toshbaqa qobig‘i bilan singani, dengiz baliqlarining yangi jigari bilan
shabko‘rlikni davolashgan.
O‘simlik bo‘yoqlari ko‘plab teri kasalliklari, bezgak va qon kasalliklarini
davolashda ishlatilgan. Surma, tuz, kalay, qo‘rg‘oshin, mis, kumush va ayniqsa,
simob (kinovar') birikmalari juda ko‘p ishlatilgan. Qadimgi qabristonlarda topilgan
"Simob toshlar" nafaqat muqaddas nomga ega bo‘lgan, balki sifilisni davolashda
ham ishlatilgan. Miloddan avvalgi bir necha asrlar ichida dori vositalarini ularning
farmakologik xususiyatlariga ko‘ra tasniflash ishlari olib borildi. 365 ta dorivor
o‘simliklarning ta'rifini o‘z ichiga olgan, dunyodagi eng qadimiy
farmakopeyalardan biri "Ildizlar va o‘tlar to‘g‘risida traktat" ("Shen'-nuna",
miloddan avvalgi 11 asrdan ilgari bo‘lmagan va besh asrdan kechikmagan)da
shifokorlar qonni tozalovchi, ich suruvchi, aksirtiruvchi vositalarni alohida
guruhlarga ajratishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: