Toshkent farmatsevtika instituti


Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

Qadimgi Misrda farmasevtikaning rivojlanishi 
   Qadimgi Misrda tibbiyot holati haqidagi bilim  manbalari bizning davrimizgacha 
yetib  kelgan  9  ta  papiruslar,  sarkofaglar,  piramidalar,  ibodatxonalar  ustunlari  va 
turli  xil  madaniyat  yodgorliklaridagi  ieroglif  yozuvlari  bo‘lgan.  Tibbiy-gigienik 
xarakterdagi  ba'zi  ma'lumotlar,  shuningdek,  tibbiyotning  rivojlanish  darajasi  va 
qadimgi  Misrda  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  darajasi  to‘g‘risida  bilvosita  dalillar 
diniy, hukumat va diplomatik hujjatlar, adabiy asarlarda mavjud. 
Har  xil  kasalliklar  va  ularni  davolash  haqida  ma'lumot  bir  qator  papiruslarda 
mavjud.  Hozirda  Leypsig  universitetida  saqlanayotgan  Misrdan  topilgan  Ebers 
papirusi alohida ahamiyatga ega. Papirus har biri 22 qatordagi yozuv bo‘lgan 110 
betdan iborat bo‘lib, "Tananing barcha qismlari uchun dorilarni tayyorlash kitobi" 
degan yozuv mavjud. Ebers papirusi miloddan avvalgi XVII asrda tuzilgan. Ushbu 
misrliklar  tibbiyotidagi  darslikda  taxminan  800  resept  mavjud  bo‘lib,  ularning 
ko‘pchiligi  qusish,  ichakni  bo‘shatish,  siydik  ajratish,  terlash,  kekirish  va  gaz 
chiqarishni chaqiruvchi vositalari to‘g‘risidagi ma'lumotlardir. 
   Miloddan  avvalgi  3  -  4  ming  yillar  davomida  qadimgi  misrliklarda,  dori 
vositalarini  tayyorlash  huquqi  faqat  ruhoniylarning  eng  yuqori  qatlamiga  mansub 
kishilarda bo‘lib, ularning e'tiqodlari bo‘yicha barcha davolash ishlari “tot” xudosi 
homiyligida  olib  borilgan  va  uni  “farmaki”,  ya'ni  "qutqaruvchi",  "himoyachi", 
"davolovchi"  deb  nomlangan.  “farma”  o‘zagiga  ega  bo‘lgan  so‘zlar  aynan  shu 
davrda  hosil  bo‘lgan  va  bizning  kunlarimizgacha  yetib  kelgan.  Misrliklar  orasida 
dorilarni  tayyorlash  nisbatan  yuqori  darajada  bo‘lgan.  Misrliklar,  ayniqsa 
yiringlashga  qarshi,  teriga  surtiladigan  va  kosmetik  mahsulotlarni  juda  yaxshi 
tayyorlashgan. 
   Qadimgi Misrda teri kasalliklariga qarshi ishlatiladigan katta  miqdorda  vositalar 
tufayli,  u  yerni  tibbiyot  tarixchilari  dermatologiyaning  tug‘ilgan  joyi  deb 
hisoblashadi.  Misrliklar  hozirda  ham  tayyorlanayotgan  pilyulalar,  damlamalar, 
qaynatmalar  tayyorlashni,  o‘simliklar  sharbatini  siqishni,  surtmalar,  plastirlar, 
chekish vositalarini, malhamlarni, bug‘lashlarni tayyorlashga muvaffaq bo‘lgan. 


Shuningdek, ularning afyun, kastor yog‘i, yong‘oq, archa yog‘i, pivo xamirturushi, 
mirta,  sharob  va  hokazolardan  foydalanishganligi  haqida  ma'lumotlar  bizgacha 
yetib kelgan. 
   Qadimgi  Misr  kosmetikaning  tug‘ilgan  joyi  hisoblanadi.  Qadimgi  misrlik 
kosmetikalarning yuqori chidamlilikka ega ekanligi, terini bezovta qilmaganiga va 
ba'zi  holatlarda  yallig‘lanishga  qarshi  va  fotoprotektiv  ta'sirga  ega  ekanligiga 
guvohlik beradigan yozuvlar bizgacha yetib kelgan. 
   Jarrohlik  amaliyoti  yuqori  rivojlangan.  Qadimgi  Misr  shifokorlari  zamonaviy 
shinalar,  longetlar  va  hattoki  gipsli  bog‘lamlarga  o‘xshash  vositalardan  singan 
suyaklarni  davolashda  foydalanishgan.  Ma'lumki,  qadimgi  Misrda  amputasiya, 
bosh  suyagi  trepanatsiyasi,  kataraktani  olib  tashlash,  umurtqa  suyagi,  eshitish 
organi  jarrohliklari  va  boshqalar  o‘tkazilgan.  Operatsiya  davomida  og‘riq 
qoldiruvchi vositalar ishlatilgan. Qadimgi Misr shifokorlari yaralarning infeksiyasi 
xavfli  ekanini  bilishgan  va  yallig‘lanishli  hodisalarga  qarshi  kurashishga 
urinishgan, jarohatlarda tol daraxti barglarini yopishgan va yallig‘lanish jarayonini 
kuydirish orqali oldini olishni tavsiya qilganlar. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish