Toshkent farmatsevtika instituti


  yildagi  Toshkent  shahridagi  dorixonalar,  xodimlari  va  ular  tovar



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/127
Sana29.07.2021
Hajmi2,34 Mb.
#132091
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127
Bog'liq
маруза матни ЛОТИН

1906  yildagi  Toshkent  shahridagi  dorixonalar,  xodimlari  va  ular  tovar 
aylanmasi to‘g‘risida ma'lumot 


Dorixona nomi 
Dor
is
h
u
n
os
lar 
son

Dor
ixon

oq
u
vc
h
ilar 
son

Pullik 
retseptlar 
soni 
Ulardan 
tushadigan 
tushum 
Qolda 
sotil-
gandan 
tushgan 
tushum 
Рубль, тийин 
Toshkent shahri jamoat 
boshqarmasi 
dorixonasi 


50427 
32077,44 
40921,28 
Провизор 
Г.Ф. 
Каплан dorixonasi 


19001 
12052,01 
12939,28 
И.И. Краузе  
dorixonasi  


19374 
12815,19 
5503,96 
Кобильницкий 
dorixonasi  


10890 
1993,41 
6310,37 
Циперсон 
dorixonasi  


3072 
2014,65 
2820,75 
Головач 
dorixonasi  


10009 
5856,16 
3388,61 
Веркуцкий 
dorixonasi  


5285 
3188,99 
4662,10 
Морголин 
dorixonasi  


3535 
2141,89 
2618,07 
Шелигран 
dorixonasi  


5178 
3197,19 
1984,96 
Ляшевский 
dorixonasi  


7174 
3685,23 
4037,78 
Мовшович 
dorixonasi  


6570 
3900,01 
2554,92 


Гольдберг 
dorixonasi  


541 
382,21 
2500 
 
    Farg‘ona  viloyatida  13  ta  dorixona  bo‘lib,  shulardan  9  tasi  shaharlarda: 
Qo‘qonda  –  2  ta,  Andijonda  –  2  ta,  Namanganda  –  2  ta,  Farg‘onada  –  1  ta, 
Marg‘ilonda  –  1  ta,  O‘shda  –  1  ta,  4  tasi esa  Chust,  Asaka,  Shahrixon,  Jalolobod 
qishloqlarida joylashgan edi. 
    Samarqand  viloyatida  10  ta  dorixona  bor  edi,  shulardan  4  ta  dorixona 
shaharlarda, 6 tasi qishloqlarda joylashgan edi. 
    Buxoro  shahrida  –  3  ta,  Surxondaryo  viloyatida  –  1  ta,  Qashqadaryo  viloyati 
Bekbudi shahrida – 1 ta dorixona bo‘lgan.” 
   “1920  yilning  sentyabr'  oyidan  boshlab,  shaharning  markaziy  dorixonasi  dori-
darmon  saqlanadigan  omborxona  vazifasini  ham  bajargan.  Barcha  turdagi  dorilar 
va boshqa tibbiyot  mollari shu  markaziy dorixonada  mujassamlangan edi. Boshqa 
hamma  dorixonalar  dori  va  boshqa  mollarni  farmasiya  bo‘linmasi  ruhmsati  bilan 
shu yerdan olishgan. 
   O‘lkadagi  iqtisodiy  tangliklar  va  mamlakatning  “Yangi  iqtisodiy  siyosat” 
(NEP)ga  o‘tishi  munosabati  bilan  dorixonalar  ishini  yangicha  tashkil  qilishni 
taqozo qilar edi. 
     1922  yil  1  avgustda  Toshkent  shahrida  Turkiston  ASSRning  Sog‘liqni  saqlash 
halq komissariyati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil etildi. 
    1924 yil 27 oktyabr' oyida O‘zbekiston SSR tashkil topdi, 1925 yilning fevralida 
esa  Sog‘liqni  saqlash  xalq  komissariyati  qoshida  Dorixona  boshqarmasi  ochildi. 
Unga  xo‘jalik  hisobidagi  34  dorixona,  markaziy  dorixona  omborxonasi,  nazorat-
tahlil laboratoriya va galen-qadoqlash laboratoriyasi kirar edi. 
    Dorixonalar  tizimi  taraqqiy  etishi  natijasida  1938  yili  Dorixona  boshqarmasi 
O‘zbekistonning Bosh dorixona boshqarmasiga aylantirildi. 
   Dori-darmon  xizmatini  aholiga  yaqinlashtirish  maqsadida,  O‘zbekistonda, 
qishloq  tibbiyot  muassasalari  qoshida  1938  yildan  boshlab  dorixona  punktlari 
tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172 ga yetdi. 1940 yilning oxirida 
O‘zbekistonda  172  dorixona,  398  dorixona  punktlari,  20  dorixona  do‘konlari,  76 
dorixona  kiosklari,  5  omborxona,  6  nazorat-tahlil  laboratoriyasi  va  bitta  galen-
qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi.” 


“1942 yilning oxirida O‘zbekistonda 113 ta evakuasiya gospitali joylashgan edi. 
   Urushning  dastlabki  kunlaridanoq  O‘zbekiston  Dorixonalari  bosh  boshqarmasi 
o‘z  ishini  xarbiy  holatga  moslashtirdi.  Urushgacha  O‘zbekistonda  kimyo-
farmasevtika  sanoati  bo‘lmagan  edi.  Zudlik  bilan  mahalliy  resurslardan  dori-
darmonlar ishlab chiqarish zarur bo‘lib qoldi. Tez  fursatda kimyogar olimlar kam 
uchraydigan  materiallar  o‘rnini  bosuvchi  va  turli  chiqindi  materiallaridan 
qimmatbaho  mahsulotlar  ishlab  chiqarish  usullarini  topdilar.  Dorixonalar 
boshqarmasi  korxonalarida  turli  xil  sanoat  chiqindilari,  yarim  tayyor  mahsulotlar 
va o‘simliklar xom ashyosidan bir qator dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab 
chi  Dori-darmon  ishlab  chiqarish  sohasidagi  ishlar  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 
Urush  yillari  xarakatdagi  harbiy  qismlarga  392,7  tonna  narkoz  uchun  efir,  18,7 
ming  tonna  gips,  166,7  ming  tonna  xo‘jalik  sovuni,  46,6  ming  sanitariya 
palatkalari, 9630 dezinfeksiya vositalari va boshqalar yetkazib turildi. Ushbu tibbiy 
yordamga  O‘zbekiston  farmasevt-olimlari  ham  o‘z  ulushlarini  qo‘shishdi. 
Hususan,  1942  yilning  boshida  Toshkentda  dezinfeksiya  vositalari  ishlab 
chiqaruvchi  zavod  ishga  tushdi.  So‘ngra  galen  farmasevtik  laboratoriya  asosida 
Toshkent kimyo-farmasevtika zavodi tashkil etildi, unda  narkoz uchun efir, xlorid 
kal'siy,  kofein-benzoat  natriy,  fitin,  glyukoza  poroshogi,  keyinchalik  xolosas, 
astmatol, qora qand  (barbaris) ekstrakti  ishlab chiqraish  yo‘lga qo‘yildi. Maxalliy 
sanoatda gips, shina, qo‘ltiqtayoq, sanitariya zambillari ishlab chiqarildi. 
   O‘rta  Osiy  universitetining  kimyo  fakul'tetida  urush  davri  tibbiyoti  uchun  zarur 
bo‘lgan  narkoz  efiri,  xlorli  kal'siy,  kofein,  streptosid,  sul'fisin,  nikotin  kislotasi 
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
   Samarqand viloyatida yodning spirtli eritmasi, yalpiz, valeriana, evkalipt, ermon 
nastoykalari,  nao‘atir  anis  tomchisi,  kamfora,  ixtiol  va  Vil'kinson  surtmasi,  ruxli, 
borli,  skipidarli  malhamlar,  kamforaning  moyli  eritmasi,  xantal,  chumoli,  sovun 
spirtlari va lakrichniy kukun dorilari va boshqalar ishlab chiqarildi. 
   Urush  yillari  Respublika  dorixonalar  Bosh  boshqarmasi  aossiy  e'tiborni  harbiy 
evakogospitallar,  bolalarni  davolash  muassasalari  va  sanoat  korxonalarining 
tibbiyot-sanitariya  bo‘limlarida  ochilgan  dorixona  va  uning  shahobchalarini 
dorilarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishga qaratdi. 
   1942  yil  28  avgustda  “Pravda  Vostoka”  gazetasi  Toshkent  farmasevtika 
institutining  xodimlari  mahalliy  xom  ashyodan  15  ta  yangi  dori  preparatlarini 
ishlab chiqarishga topshirdilar, deb yozgan edi. 


   Urush  yillari kimyo-farmasevtika  vositalarining tanqisligini  inobatga  olib  Ittifoq 
Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  uni  o‘simliklar  xom  ashyosi  bilan  to‘ldirishni  ma'qul 
deb topdi. 
   Respublika  Fanlar  Akademiyasi  akademigi  S.Yu.  Yunusov  rahbarligida 
o‘zbekiston  alkoloidli  o‘simliklarning  hususiyatlarini  o‘rganish  yuzasidan  katta 
ishlar olib borildi. 
   Respublika  botaniklari  yovvoyi  tarzda  o‘sadigan  kauchukli  o‘simliklarning  boy 
changalzorlarini  topdilar,  bedadan  va  sholining  tozalash  sanoati  chiqindilaridan 
vitaminlar  olish  usullarini  ishlab  chiqdilar.  Yengil  sanoatni  rivojlantirish  uchun 
keng  imkoniyatlar  ochib  beradigan  o‘simliklar  xom  ashyosi  bo‘yicha 
ma'lumotlarni umumlashtirdilar. 
   “Urushdan  keyingi  yillarda  O‘zbekistonda  dorixonalar  tizimi  tez  sur'atlar  bilan 
rivojlana boshladi. Faqt 1959-1975 yillar mobaynida respublikamizda 888 ta yangi 
dorixonalar ochildi, ulardan 652 tasi qishloq joylarda edi.” 
   Yangi  dorixonalar  asosan  namunali  loyihalar  asosida  qurilib,  1971  yildan  1977 
yilgacha  Respublikamizda  140  namunali  dorixona  qurilib  foydalanishga 
topshirilgan, 130 dorixona yangitdan ta'mirlangan binolarga ko‘chirildi. 
   1981  yil  boshlarida,  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  qoshidagi  dorixonalar  Bosh 
boshqarmasi tizimida 1500 dorixona (ulardan 1016 dorixona qishloq joylarda), 25 
dorixona  do‘konlari,  14  dorixona  omborxonalari  va  14  nazora-tahlil 
laboratoriyalari mavjud bo‘lgan [6]. 
   Dorixona tarmoqlarini yanada rivojlantirish va dori-darmon yordamining siqatini 
oshirishda,  farmasevt  kadrlarni  tayyorlab  berish  xal  qiluvchi  ahamiyatga  ega 
bo‘ldi.  Chunonchi,  1958  yilda  Respublika  dolrixona  tizimida  1490  farmasevt 
faoliyat olib bordi. Ulardan 553 nafari oliy ma'lumotli farmasevt edi. 
   1981  yilga  kelib,  O‘zbekistonda  3150  oliy  ma'lumotli  va  2970  o‘rta  ma'lumotli 
farmasevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar. 
   1984  yildan  boshlab  har  bir  rayonda  markaziy  rayon  dolrixonasi  tashkil  qilindi. 
Shu jumladan, Toshkentda 9 ta Markaziy rayon dorixonalari barpo etildi. 
   1987 yili respublikamizda 1995 ho‘jalik hisobidagi dorixona. Shu jumladan 1333 
qishloq joylarida va 6477 dorixona filiallari mavjud bo‘lgan. 
   1988  yil  Respublikaning  Bosh  dorixona  boshqarmasi  “Farmasiya”  Respublika 
ishlab chiqarish birlashmasiga o‘zgartirildi. 


   O‘zbekiston  mustaqillikni  qo‘lga  kiritganidan  keyin,  dorixona  korxonalarining 
ish  faoliyati  tubdan  o‘zgara  boshladi.  Dorixona  faoliyatini  tartibga  soluvchi, 
O‘zbekiston  Respublikasining  “Dori  vositalari  va  farmasevtik  faoliyat 
to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan, hukumat tomonidan, dori-
darmonlar  muomalasini  tartibga  soluvchi  va  dorixona  faoliyatini  bir  tizimga 
keltiruvchi, bir qator farmonlar qabul qilindi. 
   1994  yil  11  martda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan, 
“O‘zbekiston  Respublikasi  sog‘liqni  saqlash  vazirligiga  qarashli  dorixonalarni 
davlat  tassarufidan  chiqarish  va  xusussiylashtirish  to‘g‘risida”gi  139-sonli  qarori 
qabul qilindi. 
   Xususiylashtirishning    boshida  O‘zbekistonda  2552  davlat  dorixonalari  faoliyat 
ko‘rsatgan.  1994  yilning  oxirida,  shular  asosida,  352  kasalxona  ichidagi 
dorixonalar,  239  ochiq  aksiyadorlik  jamiyati,  290  jamoa  dorixonalari  va  1059 
xususiy  dorixonalar  tashkil  qilindi.  1995  yili  O‘zbekistonda  2571  farmasevt 
faoliyat olib borgan. 1996 yilga kelib, ularning soni 3980 dan oshib ketdi. 
  1992  yili  O‘zbekistonda  farmakologiya  va  farmakopeya  qo‘mitalari  tashkil 
qilindi.  Ularning  faoliyati  tibbiyotga  zarur  bo‘lgan  uskunalarni  ishlab  chiqarishga 
yo‘naltirilgan. 1993 yili “O‘zfarmsanoat” konserni tashkil etildi. 
   1996  yilga  kelib  Respublikamizda  2200  dorixona  hususiylashtirildi,  839 
dorixona aksionerlik jamiyatiga aylantirildi. 
   2002  yilga  kelib,  farmasevtik  faoliyat  bilan  shug‘ullanish  uchun,  3945  yuridik 
shaxslarda  lisenziya  bo‘lgan.  Shu  jumladan,  61  ishlab  chiqarish  korxonalari, 
ulgurji muassasalar 171, 3712 dorixona va 1286 dorixona filiallari.” (Farmasevtika 
jurnali, №1, 2009 yil). 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish