Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Ovqatni tarkibi va haroratini tasiri



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

Ovqatni tarkibi va haroratini tasiri. 
Dorivor moddalarni tasiri faolligida ovqatni tarkibi 
va harorati katta ahamiyatga ega.
Oddiy aralash ovqat o‗simlik, hayvonot va minerallardan kelib chiqqan moddalar 
saqlaydi. Bular: oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, aminokislotalar, moyli kislotalar, glitserin, 
burishtiruvchi moddalar (choyda, xurmoda), kofein (choyda, kofeda), serotonin (qichitqi o‗tda, 
er yong‗oqda, bananda, ananasda), tiramin (pishloqda, bananda, loviyada, kofeda, pivada, 
vinoda, jo‗ja jigarida), oksalatlar (shavelda,shpinatda), sterinlar, fitosterinlar, og‗ir metal ionlari 
va boshqa kimyoviy va farmokologik faol moddalardir.Bundan tashqari ovqatga quyidagi turli 
qo‗shimchalar qo‗shiladi: konservantlar (sorbin, sirka limon kislotalari), antioksidantlar, 


28 
emulgatorlar, bo‗yovchi moddalar, shirin ta‘m beruvchi moddalar. Bu moddalar dorivor 
moddalar bilan dorivor faol moddalar o‗zaro tasirga uchrab, dori moddasining biologik 
samaradorligiga tasir etadi, ba‘zi bir xil holatda eruvchanligi va so‗riluvchanligini oshirib, 
boshqa holatlarda esa erimaydigan yoki qiyin eridigan komplekslar (masalan: oksidlar bilan, 
burishtiruvchi moddalar bilan, dipeptidlar bilan) hosil qilib, ularni so‗riluvchanligini 
kamaytiradi.
Ovqatni tarkibi ovqat hazm qiluvchi traktning peristaltika va sekretor funksiyasiga tasir 
etadi va natijada dorini so‗rilish tezligidarajasi u yoki bu tomonga o‗zgaradi. 
Oqsilli ovqat (tuxum, pishloq, noxot, loviya) digitoksin, xinidin, simetidin, kofein, 
teofillin, tetratsiklin va penitsillin, yurak glikozidlari va sulfanilamid preparatlarini 
farmokologik faolligini pasaytiradi. 
YOg‗lar (asosan oliy yog‗ kislatasini saыlaydiganlar) oshqozon suyuqligini ishlab 
chiqishini kamaytiradi, oshqozon peristaltikasini sekinlashtiradi, bu esa o‗z navbatida hazm 
qilish jarayonini va ovqat massasini tashilishini (transportirovkasini) susaytiradi. YOg‗larga boy 
bo‗lgan ovqatlar tasirida ko‗pchilik dori vositalarining, ayniqsa yog‗da eriydigan vositalarning 
(antikoagulyantlar, sulfanilamid preparatlari, grizeofulvin, anaprilin, difenin, yog‗da eruvchi 
A,D,E,K vitaminlari, karbamazepin, litiy preparatlari, seduksen, metronidazol va boshqalar) 
ta‘siri sezilarli darajada ko‗payadi. Ovqatdagi yog‗ning etishmovchiligi etilmorfin gidroxloridni 
metobolizm hodisasini susaytiradi. Oldindan yog‗li ovqat istemol qilinishi salol va besalol 
faolligini kamaytiradi.
Ovqatda uglevodlar (qand, konfetlar, murabbo) miqdorini ko‗pligi oshqozon harakatini 
susaytiradi, ichakda ioniazid va kalsiy xloridni so‗rilishini susaytiradi.
Ovqatla fenoksimetilpenitsillin, ooksatsillinning natrili tuzi, ampitsillin, rifampitsin, 
linkomitsin gidroxlorid, atsetilsalitsil kislatasi, glibenklabid, izoniazid va boshqalarni so‗rilishini 
susaytiradi.Tarkibida oltingugurt saqlagan dorivor moddalar ovqat tarkibida doimiy bo‗ladigan 
og‗ir metallar ionlari bilan o‗zaro kirishib, biologik samaradorligi juda kam bo‗lgan 
erimaydigan erimaydigan birikmalar xosil qiladi. Dorivor moddalarni ovqat hazm qiluvchi 
kanalda ovqatlar gidrolizida hosil bo‗ladigan quyimolekulyar birikmalar xam susaytiradi. Bular 
glyukoza, aminokislotalar, yog‗li kislotalar, glitserin va ovqat tarkibidagi sterinlar. 
Vitamin va mineral moddalarga boy ovqat dorilarning metobolizmga sezilarli ta‘sir etadi. 
Tarkibida askarbin kislotasi bo‗lgan ovqat oksidaza funksiyasini stimullaydi va shu bilan birga
dorivor moddalarning metobolizmini tezlashtiradi, ayrim vaqtda ularning zaharliligini 
kamaytiradi. Tarkibida foliy kislotasi bor ovqatlar piridoksin gidroxloridining metabolizmini 
kuchaytirib, levodoplarni faolligini susaytiradi. Vitamin K ga boy ovqatlar (shpinat, oq karam) 
iste‘mol qilgan bemorlarda protrombinlash vaqti sezilarli o‗zgaradi va shuningdek 
antikoagulyantlar, barbituratlar, nozepam, fenatsetinlarni metabolizmlari ham o‗zgaradi. Ayrim 
hollarda ovqat ba‘zi dorilarning biologik samaradorligini oshiradi, masalan, veroshpiron, 
dikumarin, beta-adrenoblokator va boshqalarning. 
Ovqatning harorati ham ma‘lum darajada dori vosmitasining biologik samaradorligiga 
ta‘sir ko‗rsatadi. Juda sovuq (7
o
S dan past), shuningdek keragidan ortiq issiq (70
o
S dan yuqori) 
ovqat va suyuqliklar ovqat hazm qilish a‘zolariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Sovuq ovqat ta‘sirida 
ajratish jarayoni kuchayadi va oshqozonning kislotali muhiti ko‗payadi va bu o‗z navbatida 
oshqozon suyuqligining ovqatni hazm qilish xususiyatini kamayishi yoki susayishiga olib keladi. 
O‗ta qaynoq ovqatni istemol qilish oshqozon shilliq pardasini atrofiyasiga olib keladi, bu esa
OIT fermentlarini sekretsiyasini keskin pasayishiga olib keladi. OIT sekretsiyasini bu 


29 
o‗zgarishlari o‗z navbatida dorining biologik samaradorligiga kirishuvchanligiga ta‘sir 
ko‗rsatadi. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish