Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

stereofarmakokinetika” 
rivojlanyapti. 
V.K.Piotrovskiy va A.A.Firsov ma‘lumotlariga ko‗ra tibbiyot amaliyotida, tuzilishida bir 
yoki bir nechta optik faol markazlarga ega (enantiomer aralashmasi), xiral preparatlarini 
ishlatishda farmakologik faollik sezilarli o‗zgaradi. Oddiy kimyoviy modifikatsiya ham
metabolizmga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Organizmda bo‗ladigan kimyoviy reaksiyalar asosida 
moddaning molekulasi tarkibiga yangi funksional guruhning kirishi uning terapevtik ta‘siri 
harakterini va kuchini oshirishi va shu bilan birga kamaytirishi mumkin.Bunda juda ko‗p dori 
preparatlarini metabolizmida asosiy organ bo‗lgan jigaprdan o‗tishidagi birlamchi faolligi 
o‗zgaradi va natijada metabolizmga uchragan birikmalar kimyoviy tabiati jihatidan 
elektrofillanadi va biologik makromolekulalar bilan o‗zaro ta‘sirga uchrab, zaharlanish, 
mutagenez, kanserogenez kabi holatlarini namoyon qiladi.
Dori preparatlarini biokimyoviy turg‗unligini o‗rganish yoki ularning transformatsiyasini 


24 
yo‗lini aniqlash uchun turli matematik usullar ishlab chiqilgan. Dori moddalarining terapevtik 
ta‘sirini uzoqligi ko‗pgina omillarga bog‗liq bo‗ladi. Jumladan, moddaning plazmadagi 
sirkulyasiya davomiyligi. Dori moddasining plazma oqsillari bilan bog‗lanishi uning 
to‗qimalardagi konsentratsiyasini , hamda ta‘sirini chegaralaydi. Bunda ularning membranadan 
o‗tishi qiyinlashadi va o‗z navbatida spetsefik ta‘siri yo‗qoladi. Bundan tashqari, terapevtik 
faollikning uzoqligi o‗zgarib turuvchi farmatsevtik omillarga ham bog‗liq bo‗ladi. Masalan, 
qiyin eriydigan moddalar susneziya kabi dori turida ta‘sirini uzoqlantirilishi mumkin. 
Ammo, alohida texnologik jarayon va yordamchi moddalar qo‗llab, faollikni bir zumda 
namoyon qilish mumkin, lekin shuni ham esdan chiqarish kerak emaski bunday dori preparatlari 
organizmdan tez chiqib ketadi. SHunday qilib, dori preparati organizmda polyarroq (suvda 
eriydigan) metabolitlar hosil qilib fizik-kimyoviy va biokimyoviy o‗zgarishlarga uchraydi. 
Bunday hosilalarning organizmdan chiqishi osonlashadi. 
Dori preparati organizmdan metabolit ko‗rinishida yoki o‗zgarmagan holda chiqib ketishi 
mumkin.Dori moddaplarning eliminatsiyasi buyrak, ter orqali, tupuk va sut bezlari vqa ahlat 
bilan chiqib ketishi mumkin.Juda ko‗p dori preparatlari buyrak va oshqozon-ichak orqali 
organizmdan chiqarib yuboriladi. Dori preparatlarini organizmdan chiqishida farmatsevtik 
omillarni ham hisobga olish kerak bo‗ladi. 
Dori preparatining fizik-kimyoviy xossolaridan tashqari ekskre-siyaga uning molekulyar 
massasi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, Hirom hammualliflari bilan (1972) tadqiqotlari 
natijalari bo‗yicha aytishicha, peshob orqali molekulyar massasi 300 dan kam bo‗lgan dori 
moddalari chiqarib yuborilar ekan. Agarda molekulyar massa 300 dan ortiq bo‗lsa, dorivor 
moddalarning proporsional qismi o‗t suyuqligi orqali chiqarib yuborilar ekan.
Dori preparatlarining biologik transformatsiyasi , qonuniy holda, ularning siydik 
kanallaridagi epiteliydagi reabsorbsiyasini va organizmdan chiqib ketishini pasaytiruvchi
gidrofilligini oshirishga ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday birikmalar o‗t suyuqligi yoki ichak epiteliylari 
orqali chiqib ketishi mumkin bo‗ladi. Tupuk va o‗pka orqali uchuvchan moddalar chiqib ketadi. 
Buni aerozol preparatlarini berganda hisobga olish zarur. 
SHuningdek, ekskretsiyaga peshob va dori preparatlarining rN muhiti ham ta‘sir 
ko‗rsatadi. Kislotali muhitga ega preparatlar peshobning kislotali reaksiyasida chiqarib 
yuboriladi, va aksincha, kuchsiz ishqoriy muhitdagilari ishqoriy muhitda organizmdan chiqarib 
yuboriladi. Masalan, morfin gidroxlorid, kodein fosfat, xinin sulfat, novokainning eliminatsiyasi
kislota muhitli peshobda kuchayadi, ishqoriy muhitda esa barbitur hosilalari, salitsilatlar va 
sulfanilamid preparatlari tezroq chiqib ketadi.
Dori preparatlarining organizmdan chiqib ketishiga organizmning turli patologik holatlari 
ham ta‘sir ko‗rsatadi. Farmakokinetik tadqiqotlarda barcha dori moddalari kimyoviy tuzilishiga 
mos holda shartli ravishda ―qattiq‖ va ―yumshoq‖ dori vositalariga bo‗linadi. ―Qattiq‖ dorilar 
fermentlar bilan o‗zaro ta‘sirga uchrab, ksenobiotiklarni metabolizmida kataliz vazifasini 
bajaradi. Bu preparatlar bilan ishlash qulay, chunki ular uchun algoritmlar mavjud. YUmshoq
dorilar metabolizmga uchrashga moyil hisoblanadi. Bunday dori preparatlarini yaratishda asosiy 
masala ularning metabolizmi yo‗lini topish va unga sharoit yaratish hisoblanadi va bu jarayonni 
boshqarish imkoni yaratiladi. SHu maqsadda bir qator analitik tahlil usullari ishlab chiqilgan. 
Ammo keltirilgan usullar dori moddalarining metabolizmiga yalpi skrining bo‗la olmaydi. 
Birikmalarning metabolik transformatsiyasida asosiy muammo molekulalarning bioximik 
turg‗unligini bashorat qilish. Bu muammoni echish uchun fermentologiya (enzimlarning faol 
markazlari) va kimyo (moddalarning strukturasi va fizik-kimyoviy xossasi) sohasi bo‗yicha 


25 
bilimga ega bo‗lish lozim. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish