Dori shakllari va ularni organizmga yuborish yo‗llari
Ko‗p qirrali o‗tkazilgan tadqiqotlar natijasida dori shaklining terapevtik biofaollikka
ta‘siri dori vositasining muayyan dori shaklini yaratilishiga bog‗liqligi aniqlangan. Undan
tashqari, bunda organizmga dori vositalarining ko‗pgina nojo‗ya ta‘sirini oldini olish
imkoniyatini beradi. Dori shakli – farmakologik nuqtai nazardan ratsional, qabul qilishga va
saqlaninishga qulay, minimal nojo‗ya ta‘sir ostida muayyan terapevtik effektini ta‘minlaydi.
Dori shakli –dorivor modda yoki dorivor o„simlik xom ashyosini ishlatish uchun qulay
holga keltirilgan shakli bo„lib kerakli biofaollikni ta‟minlovchi shaklga aytiladi.
Dori shaklining zamonaviy talqini – biofaol va yordamchi moddalarning dialektik
birligini paydo qiluvchi hisoblanadi, shuningdek dori preparatlarinig optimal terapevtik ta‘sirini
ta‘minlaydigan texnologik operatsiyadir.
Dori shakli farmakoterapiya, hamda sanoat ishlab chiqarishning strukturaviy birligini
namoyon qiladi. Dori shaklining mukamallashuvi va tayyorlanishida asosiy vazifa
19
substansiyaning ajralib chiqishi va so‗rilishi uchun optimal sharoit yaratish xisoblanadi. Dori
shakli javob berishi kerak bo‗lgan boshqa hamma talablar bu sharoitga bo‗ysinadi.
Farmatsiya dori shaklini organizmga dori moddalarining transportirovka vositasi sifatida
ko‗rib chiqadi. SHu sababli tabiiy yo‗l orqali dori moddalaring organizmga yuborilishi osonligi
e‘tiborga olingan va dori vositalarning 70-80% peroral yo‗l orqali yuboriladi. U yoki bu dori
shaklining solishtirma tadqiqoti keltirilmadi, amaliyotda esa dori shakllaridan eng keng
tarqalgani tabletkalar hisoblanadi (hamma TDP ning 80%dan yuqorisi). Pediatriya amaliyotida
70% gacha suyuq dorilar tashkil etadi. Buni shunday qilib tushuntirish mumkin, peroral yo‗l –
eng qulay, lekin har doim ham samarali ta‘sirga ega emas. Dori preparatini ―per os‖ yuborilishi
natijasida ko‗pgina dori vositalar enzimatik parchalanishga duch keladi, faolligini yo‗qotadi,
oshqozon-ichak traktining silliq qatlamini yallig‗lantirishi mumkin, pH muhiti 2 dan 8 gacha
kimyoviy ta‘siriga uchraydi. Bunda hosil bo‗lgan mahsulotlar har xil asoratlarga olib keladi.
Xar bir preparatning alohidaligi va bemor patologiyasiga rezorbsiya jarayonning ta‘siri
turlicha, shunig uchun dori vositalari har xil biosamaradorlikga ega.
Dori shaklining biosamaradorlik darajasi faol dori vositasining ajralib chiqish va
so‗rilishi tezligiga va oshqozon-ichak traktiga bilan ta‘siriga uchrashi bilan aniqlanadi. Dori
vositasining dori preparatidan ajralib chiqish tezligi va mos holda biologik samaradorligi asosida
barcha peroral dori shakllarini quyidagi qatorga joylashtirish mumkin:
eritmalar – emulsiyalar –
suspenziyalar – kukunlar- granulalar – tabletkalar
.
Dorining shakli boshqa farmatsevtiek faktorlar bilan birgalikda terapevtik faollikka ta‘sir
ko‗rsatadi.
Muayyan dori shaklini tanlash dori preparatlarining terapevtik ta‘siriga samarasini
belgilaydi. Masalan,teofillin, eufillin, diprofillin, digoksinlarning tabletka dori shaklini shamcha
holatiga almashtirilishi ularning biologik samaradorligini oshishiga olib keladi.
SHuningdek, bu preparatlarning rektal shaklining qo‗llanilishi ularning dozasini
kamayishiga olib keladi. V.V. Nagornov, V.O. Golovkin, I.L. Kechin ma‘lumotlariga ko‗ra
in‘eksiya dori shakllarini rektal dori shakllari bilan almashtirish mumkin, chunki ularning
samaradorlik darajasi ine‘ksiya dori shakllariga teng va ularn tanani jarohatlash oldini oladi.
Bundan tashqari, qon tomiri orqali yuborilgan preparatlar organizmdan tez chiqib ketadi, ayrim
dori preparatlarining suppozitoriya va miroklizma (masalan, ksantiverin) ko‗rinishida
tayinlanishi ularing ta‘sirini uzaytirishi bilan baholanadi. Nitroglitserinning ta‘sirini uzaytirish
maqsadida ―Nitroderm‖ malhamini tabletka o‗rnida ishlataish tavsiya qilinadi. Ishemik
kasalliklarni davolashda keng ishlatiladigan ―Trinitrolong‖ preparatini plastinka ko‗rinishida
yuborgan yaxshiroq. Bu dori shakli preparatlarini individual dozalash imkonini beradi, uzluksiz
va maksimal terapevtik ta‘sirini ta‘minlaydi. Statistik ma‘lumotlarga asosan tahminan
bemorlarning 30% tabletkalar va kapsulalar qabul qilganda qiyinchilikni xis etadi, shuning
uchun ular tabletkalarni maydalaydi va kapsulalarni ochadi. Bemorlarning 23% eruvchan dori
shakllarini ma‘qul ko‗radilar. Buni inobatga olib sanoatda oxirgi shakldagilarni ishlab chiqish
joriy qilinyapti. YA‘ni, masalan, oddiy amoksillin (biosamaradorligi 75%) o‗rniga ―Flemoksin
solyutab‖ (biosamaradorligi 95%) preparati ishlab chiqarilayapti.
Dori shakli tanlanganda bir vaqtning o‗zida organizmga dori preparatining yuborilishi yo‗li
ham aniqlanadi.
Organizmga dori preparatining yuborilish yo‗lining har biri o‗zining afzalligiga ega, lekin
ularning hammasi ham doimo effektiv emas.U yoki bu sabablarga ko‗ra ayrim paytlarda preparat
vena qon tomiri orqali yuborilganda ham biomasaradorlikni ta‘minlamaydi. Masalan,
20
xoriogoninni in‘eksiya ko‗rinishida qo‗llanilganda bemor holatining emotsional o‗zgarishi,
allergik reaksiyalar kuzatilgan, rektal dori shaklida yuborilganda aks ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar
bo‗lmagan.
SHunday qilib, dori shakli
qo„llash uchun qulay, foydali va ratsional bo„lishi nafaqat
iqtisodiy, estetik tomondan, balki eng asosiysi praparatning farmakodinamik va
farmokoterapevtik nuqtai nazardan zamonaviy talablarni to„la ta‟minlashi kerak
.
Do'stlaringiz bilan baham: |