Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

Texnologik jarayon 
Texnologik jarayon – ishlab chiqarish jarayoning bir bo‗lagi bo‗lib, ilmiy asoslangan 
hujjatlar asosida maqsadga erishish uchun o‗tkaziladigan jarayon. Ishlab chiqarish bosqichlari – 
texnologik jarayonlar yig‗indisi bo‗lib, jarayon so‗ngida tayyor sifatli mahsulot olinadi. 
Texnologik (ishlab chiqarish) jarayonlar – bu shunday usulki, u aniq texnologik qabul va 
operatsiyalardan tashkil topadi. XX asrning 60-yillarigacha dori preparatlarini tayyorlash usuli 
preparat terapevtik faolligiga ta‘sir ko‗rsatuvchi omil ekanligiga e‘tibor berilmagan. Dori 
preparatlari tovarshunoslik nuqtai nazardan baholangan. 
Dori preparatlarga bunday yondashuvda dori vositasining organizmdagi holati 
farmatsevtik texnologiyaga bog‗liqligi e‘tiborga olinmagan. Dorixona va sanoat ishlab chiqarish 
miqyosida dori preparatlari umumiy texnologiyalar asosida tayyorlangan va tayyor mahsulotni 
uning ko‗rinishi, massasi, konsitensiyasi, geometrik shakli, biofaol moddalarning miqdori va 
boshqalarga qarab baholangan. 
Klinika sharoitida dori preparatlarining tayyorlanish usullari ularning terapevtik ta‘siri 
bilan bog‗liq ekanligi ko‗ringach famatsevtik texnologiyalar jarayonlari prinsipial asosda 
yangicha tushunchaga ega bo‗ldi. Ko‗pincha dori moddalarining o‗zgarishini kimyoviy usullar 
bilan aniqlash mumkin emas, bu faqatgina dori vositalarning sifatini biologik nuqtai nazardan 
baholash ishonchli hisoblanadi. 
Biofarmatsevtik tadqiqotlar dorilar terapevtik faolligini oshirishda texnologik 
jarayonlarning ahamiyatini ilmiy ravishda tushuntirish imkonini berdi. Biofarmatsiya paydo 
bo‗lgungacha bu savolga deyarli ahamiyat berilmagan. 
Bugungi kunda dori preparatlarining olinish usullari dori moddalarining turg‗unligi,
ajralib chiqish tezligi, organizmda so‗rilish intensivligigi va uning terapevtik faolligini 
belgilashi isbotlangan. 
Dori shakllarining fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va boshqa xarakteristikalariga qarab 
ularning tayyorlash usullari va apparatura tanlab olinadi. Masalan, suppozitoriyalar tayyorlashda 
- maydalash, elash, asosni eritish, aralashtirish, suppozitoriya massasini shaklga quyish, 
sovutish va hakozolar; tabletkalar olinayotganda – maydalash, quritish, elash, aralashtirish, 
donadorlash, pudralash, presslash, kerak bo‗lsa qobiq bilan qoplash kabilar amalga oshiriladi.
Tabletkalarning boshqa dori shakllariga qaraganda bmr qator avzalliklarga egaligi tufayli
ular XX asr o‗rtalarida asosiy dori shakllaridan biriga aylanib qolgan va farmatsevtik va 
biofarmatsevtik nuqtai nazardan eng keng o‗rganilgan. Bundan tashqari, tabletkalar olishda 
barcha alohida jarayonlarning dori preparatining fizik-kiyoviy xossalariga terapevtik faolligiga 
ta‘siri o‗rganilgan. Ayniqsa chuqur eksperimental tadqiqotlar donadorlash, presslash, quritish va 
boshqa jarayonlarda olib borilgan. Nazariy va amaliy tomondan o‗tgan yuz yillikning 60 
yillarida tabletkalar tayyorlashda tabletka olish bosqichlarini ratsional selektiv yondashuvdan 
asosida tanlash lozimligi asoslangan.
Suspenziyalar, emulsiyalar, linimentlar, aerozollar va boshqa dori shakllarining olinishida 
texnologik jarayonlarning ta‘siri biofaollikka ta‘siri eng kam darajada o‗rganilgan. SHuni ham 


21 
esdan chiqarish kerak emaski, ba‘zi dori preparatlarni tayyorlashda bir jarayon bir necha 
marotaba qaytarilishi ham mumkin. 
Texnologik bosqichlar texnologik reglamentda keltiriladigan parametrlar va rejimlariga 
ega. Bu parametrlarga rioya qilmaslik dori moddalarining qayta ishlash vaqtida o‗ziga xos
o‗zgarishlarga olib keladi, chunki barcha turdagi mexanik, nur, issiqlik, tovush va boshqa 
ta‘sirlar orqali molekulalar strukturasining o‗zgarishi (mexanokreking)ga olib keladi.
Molekulalaring mexanokreningi natijasida bo‗sh radikallar paydo bo‗ladi, ular bo‗sh 
radikalli reaksiyalarga kirishib kislorod bilan kimyoviy zaharli peroksid bog‗lanish hosil qiladi, 
yoki i bir biriga ta‘sir ko‗rsatib, faol bo‗lmagan polimerlar hosil qiladi.
Moddalarda turli xildagi mexanik-kimyoviy o‗zgarishlar masalasi bilan yangi fan soha

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish