Oddiy kimyoviy modifikatsiya
Dorivor moddani
oddiy kimyoviy modifikatsiyasi
deb, shunday omil tushuniladiki, unda
bir xil modda turli kimyoviy birikmalarda dori vositasi sifatida ishlatilishi mumkin (tuz, asos,
kislota, efir, kompleks brikma va boshqalar), unda farmokologik samaradorligi uchun ma‘sul
bo‗lgan modda molekulasini bir qismi to‗liq saqlanib qoladi.
Masalan: novokain – asos va novokain gidroxloridi – tuz; kodein – asos va kodein fosfati
– tuz; kofein – asos va natriy kofein benzoati – tuz. Rasmiy standartlarga asosan bir moddani
boshqa modda bilan almashtirish mumkin va terapevtik samaradorligiga ta‘sir etmasligi kerak,
chunki moddalar bir xil farmokologik ta‘sirga ega. Lekin dorivor moddalarni oddiy
modifikatsiyasini klinik foydalanilganda ularni farmakokinetikasiga asoslangan turli
ko‗rsatkichlar olinadi.
Alkaloid xinin – asos tibbiy amaliyotda turli tuzlar ko‗rinishida ishlatilishi mumkin, xinin
sulfati (eruvchanlik 1:800), xinin xloridi (eruvchanlik 1:34), xinin bromidi (eruvchanlik 1:16).
Bu moddalar asosiy ta‘sirini saqlagan xolda, turli farmakokinetikaga egadir. Askorbin kislotasida
vodorod ionini natriy ioniga almashtirilganda u organizmni elektrolit balanisini yuqori darajada
oshirish xususiyatiga ega bo‗lib va o‗zi uchun xarakterli bo‗lmagan xususiyatni keltiradi – qandli
diabet bilan kasallangan bemorlarda insullar apparat funksiyasini jabrlaydi.
Etmozin, amfoteritsin B va partusisten eritmalarini izotonik eritmada tayyorlash mumkin
emas, chunki tuzlanish xodisasi ro‗y beradi. Ishqor xarakterli modda eritmasini tayyorlashda
glyukoza eritmasidan erituvchi sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi. U rN muxitini o‗zgarishi
xisobga eufillik, geksamitilentetramin natriy kofein-benzonati va boshqa dorivor preparatlarni
faolligini kamaytiradi. YUrak glikozidlarini glyukoza eritmasi bilan suyultirish mumkin emas,
chunki ular oson gidrolizlanadi. Gulyukoza eritmasi va natriy xloridini inyaksiya uchun
essensiale bilan birga ishlatish mumkin emas (eritmani opalessensiyasi kuzatiladi). Oddiy
kimyoviy modifikatsiya (kationli tuz ko‗rinishidagi preparatni kimyoviy jixatdan bir xil bo‗lgan
boshqa kationli tuz ko‗rinishidagi preparat yoki kislota efir va boshqalar ko‗rinishidagi
preparatlar bilan almashtirish) zavodlardagi ishlab chiqarishda o‗rinlidir.
Bioformatsiya oddiy kimyoviy modifikatsiya faktorini o‗rganishga jiddiy axamiyat
beradi, chunki dorivor moddalarni farmokokinetikasiga uni ta‘siri davolovchi aralashuvini
samaradorligini oshirishga, dorivor modda sarfini kamaytirishga, dorivor modda va ularni
preparatlarini stabilliligini keskin oshirishga imkon beradi.
Bioformatsevtik tadqiqotlar asosida isbotlanganki: texnologik yoki iqtisodiy xisoblarga
asoslangan xolda, dorivor modda molekulyasida biror ionni o‗ziga almashtirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |