Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Dori shakllari va ularni organizmga yuborish yo‗llari



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/172
Sana04.01.2023
Hajmi4,05 Mb.
#897577
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   172
Bog'liq
БФ мажмуа 2020й pdf — копия

 
Dori shakllari va ularni organizmga yuborish yo‗llari 
Ko‗p qirrali o‗tkazilgan tadqiqotlar natijasida dori shaklining terapevtik biofaollikka 
ta‘siri dori vositasining muayyan dori shaklini yaratilishiga bog‗liqligi aniqlangan. Undan 
tashqari, bunda organizmga dori vositalarining ko‗pgina nojo‗ya ta‘sirini oldini olish 
imkoniyatini beradi. Dori shakli – farmakologik nuqtai nazardan ratsional, qabul qilishga va 
saqlaninishga qulay, minimal nojo‗ya ta‘sir ostida muayyan terapevtik effektini ta‘minlaydi. 
Dori shakli –dorivor modda yoki dorivor o„simlik xom ashyosini ishlatish uchun qulay 
holga keltirilgan shakli bo„lib kerakli biofaollikni ta‟minlovchi shaklga aytiladi. 
Dori shaklining zamonaviy talqini – biofaol va yordamchi moddalarning dialektik 
birligini paydo qiluvchi hisoblanadi, shuningdek dori preparatlarinig optimal terapevtik ta‘sirini 
ta‘minlaydigan texnologik operatsiyadir. 
Dori shakli farmakoterapiya, hamda sanoat ishlab chiqarishning strukturaviy birligini 
namoyon qiladi. Dori shaklining mukamallashuvi va tayyorlanishida asosiy vazifa 


19 
substansiyaning ajralib chiqishi va so‗rilishi uchun optimal sharoit yaratish xisoblanadi. Dori 
shakli javob berishi kerak bo‗lgan boshqa hamma talablar bu sharoitga bo‗ysinadi. 
Farmatsiya dori shaklini organizmga dori moddalarining transportirovka vositasi sifatida 
ko‗rib chiqadi. SHu sababli tabiiy yo‗l orqali dori moddalaring organizmga yuborilishi osonligi
e‘tiborga olingan va dori vositalarning 70-80% peroral yo‗l orqali yuboriladi. U yoki bu dori 
shaklining solishtirma tadqiqoti keltirilmadi, amaliyotda esa dori shakllaridan eng keng 
tarqalgani tabletkalar hisoblanadi (hamma TDP ning 80%dan yuqorisi). Pediatriya amaliyotida 
70% gacha suyuq dorilar tashkil etadi. Buni shunday qilib tushuntirish mumkin, peroral yo‗l – 
eng qulay, lekin har doim ham samarali ta‘sirga ega emas. Dori preparatini ―per os‖ yuborilishi 
natijasida ko‗pgina dori vositalar enzimatik parchalanishga duch keladi, faolligini yo‗qotadi, 
oshqozon-ichak traktining silliq qatlamini yallig‗lantirishi mumkin, pH muhiti 2 dan 8 gacha
kimyoviy ta‘siriga uchraydi. Bunda hosil bo‗lgan mahsulotlar har xil asoratlarga olib keladi. 
Xar bir preparatning alohidaligi va bemor patologiyasiga rezorbsiya jarayonning ta‘siri 
turlicha, shunig uchun dori vositalari har xil biosamaradorlikga ega. 
Dori shaklining biosamaradorlik darajasi faol dori vositasining ajralib chiqish va 
so‗rilishi tezligiga va oshqozon-ichak traktiga bilan ta‘siriga uchrashi bilan aniqlanadi. Dori 
vositasining dori preparatidan ajralib chiqish tezligi va mos holda biologik samaradorligi asosida 
barcha peroral dori shakllarini quyidagi qatorga joylashtirish mumkin: 
eritmalar – emulsiyalar – 
suspenziyalar – kukunlar- granulalar – tabletkalar
.
Dorining shakli boshqa farmatsevtiek faktorlar bilan birgalikda terapevtik faollikka ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Muayyan dori shaklini tanlash dori preparatlarining terapevtik ta‘siriga samarasini 
belgilaydi. Masalan,teofillin, eufillin, diprofillin, digoksinlarning tabletka dori shaklini shamcha 
holatiga almashtirilishi ularning biologik samaradorligini oshishiga olib keladi.
SHuningdek, bu preparatlarning rektal shaklining qo‗llanilishi ularning dozasini 
kamayishiga olib keladi. V.V. Nagornov, V.O. Golovkin, I.L. Kechin ma‘lumotlariga ko‗ra 
in‘eksiya dori shakllarini rektal dori shakllari bilan almashtirish mumkin, chunki ularning 
samaradorlik darajasi ine‘ksiya dori shakllariga teng va ularn tanani jarohatlash oldini oladi. 
Bundan tashqari, qon tomiri orqali yuborilgan preparatlar organizmdan tez chiqib ketadi, ayrim 
dori preparatlarining suppozitoriya va miroklizma (masalan, ksantiverin) ko‗rinishida
tayinlanishi ularing ta‘sirini uzaytirishi bilan baholanadi. Nitroglitserinning ta‘sirini uzaytirish 
maqsadida ―Nitroderm‖ malhamini tabletka o‗rnida ishlataish tavsiya qilinadi. Ishemik 
kasalliklarni davolashda keng ishlatiladigan ―Trinitrolong‖ preparatini plastinka ko‗rinishida 
yuborgan yaxshiroq. Bu dori shakli preparatlarini individual dozalash imkonini beradi, uzluksiz 
va maksimal terapevtik ta‘sirini ta‘minlaydi. Statistik ma‘lumotlarga asosan tahminan 
bemorlarning 30% tabletkalar va kapsulalar qabul qilganda qiyinchilikni xis etadi, shuning 
uchun ular tabletkalarni maydalaydi va kapsulalarni ochadi. Bemorlarning 23% eruvchan dori 
shakllarini ma‘qul ko‗radilar. Buni inobatga olib sanoatda oxirgi shakldagilarni ishlab chiqish 
joriy qilinyapti. YA‘ni, masalan, oddiy amoksillin (biosamaradorligi 75%) o‗rniga ―Flemoksin 
solyutab‖ (biosamaradorligi 95%) preparati ishlab chiqarilayapti. 
Dori shakli tanlanganda bir vaqtning o‗zida organizmga dori preparatining yuborilishi yo‗li 
ham aniqlanadi. 
Organizmga dori preparatining yuborilish yo‗lining har biri o‗zining afzalligiga ega, lekin 
ularning hammasi ham doimo effektiv emas.U yoki bu sabablarga ko‗ra ayrim paytlarda preparat 
vena qon tomiri orqali yuborilganda ham biomasaradorlikni ta‘minlamaydi. Masalan, 


20 
xoriogoninni in‘eksiya ko‗rinishida qo‗llanilganda bemor holatining emotsional o‗zgarishi, 
allergik reaksiyalar kuzatilgan, rektal dori shaklida yuborilganda aks ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar 
bo‗lmagan.
SHunday qilib, dori shakli
qo„llash uchun qulay, foydali va ratsional bo„lishi nafaqat 
iqtisodiy, estetik tomondan, balki eng asosiysi praparatning farmakodinamik va 
farmokoterapevtik nuqtai nazardan zamonaviy talablarni to„la ta‟minlashi kerak


Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish