Miqdorini aniqlash.
Sirka kislota miqdorini aniqlashda neytrallash usulidan foydalaniladi.
Kislotaning havodagi miqdorini aniqlashda esa yodometrik usul qo‘llanadi. Usulning mohiyati
quyidagicha: KI va KIO3 moddalari sirka kislotasi bilan reaksiyaga kirishib, ekvivalent miqdorda yod
ajratib chiqaradi.
6CH
3
COOH+ 5KI + KIO
3
→
6CH
3
COOK + 3I
2
+ 3H
2
O
Ajralib chiqqan yodni kraxmal ishtirokida natriy tiosulfatni aniq konsentratsiyali eritmasi bilan
titrlanadi.
АЦЕТОН
CH
3
C CH
3
O
Atseton (dimetilketon) yog‘och va tosh ko‘mirdan quruq haydab olinadi. Kimyoviy toza atseton
rangsiz, tiniq suyuqlik. O‘ziga xos xarakterli hidga ega. 56,3
0
C
da qaynaydi, suvdan engil. Suv va
barcha organik erituvchilar (efir, xloroform va b.) bilan har qanday nisbatda aralashadi. Suvdagi
eritmasi osh tuzi, kalsiy xlorid, kaliy karbonat kabi tuzlar bilan to‘yintirilsa ikki qatlam bo‘lib ajraladi.
Har xil aralashmalar tarkibidan suv bug‘i bilan yaxshi haydaladi. Atseton prekursorlar ro‘yxatiga
kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |