Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


TIVK asosiy vazifalari quyidagilar



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

TIVK asosiy vazifalari quyidagilar:
- DRK va HRK qarorlari bajarilishini ta'minlash; a'zo davlatlarning 
tashqi siyosat sohasida hamkorligini rivojlantirishga ko'maklashi;
- a'zo davlatlarning gumanitar va huquqiy hamkorligini 
rivojlantirishga ko'maklashish; 
- nizo va ziddiyatlarni tinch hal etish yo'llarini topish hamda 
Hamdo'stlikda tinchlik, totuvlik va barqarorlik holatini tashkil etish;
- do'stlik, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli xalqaro 
hamkorlikni mustahkamlashga ko'maklashish.
TIVK quyidagi vazifalarni bajaradi:
- DRK va HRK uchun taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqadi va 
kiritadi; 
- DRK va HRK qarorlari ijrosini va MDH doirasida tuzilgan 
xalqaro shartnoma hamda bitimlarni ko'rib chiqadi;


154 
-a'zo davlatlarning o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha tashqi 
siyosati sohasida maslahatlar o'tkazadi; 
- TIVK zarur hollarda ishchi va yordamchi organlar tashkil etishi 
mumkin.
TIVKning masalalar bo'yicha qarorlari konsensus bilan qabul 
qilinadi. Protsedura masalalariga oid qarorlar TIVK a'zolari majlisida 
ishtirok etuvchilarning ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. TIVKga har 
bir davlat navbat bilan bir yildan ortiq bo'lmagan muddatga raislik 
qiladi. DRK va HRK topshiriqlariga binoan qabul qilinadigan, 
shuningdek, TIVK vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qabul 
qilinadigan qarorlari, agarda ularda boshqacha tartib ko'rsatilmagan 
bo'lsa, qabul qilingan kundan kuchga kiradi. 
Iqtisodiy kengash (IK) — MDH doirasida qabul qilingan 
kelishuvlar, DRK va HRKning erkin savdo zonasini tashkil etish va 
uning faoliyati to'g'risida hamda ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikning 
boshqa masalalari bo'yicha qarorlari ijrosini ta'minlaydigan asosiy ijro 
organidir. Iqtisodiy kengash MDHga a'zo davlatlar hukumatlari 
rahbarlarining o'rinbosarlaridan tarkib topgan. 
Mudofaa vazirlari kengashi (MVK) Davlat rahbarlari kengashining 
Hamdo'stlikka a'zo davlatlar harbiy siyosati va harbiy qurilishi 
masalalari bo'yicha organi hisoblanadi.
Chegara qo'shinlari qo'mondonlari kengashi (CHQQK) Davlat 
rahbarlari kengashining Hamdo'stlik tashqi chegaralari himoyasini 
muvofiqlashtirish va ularda barqaror vaziyatni ta'minrlash masalasi 
bo'yicha organidir. 
MDHga a'zo davlatlarning Chegara qo'shinlari qo'mondonlari 
(boshliqlari) 
(yoki 
boshqa 
vakolatli 
vakillari), 
shuningdek, 
Qo'mondonlar kengashi Muvofiqlashtiruvchi xizmatining raisi CHQQK 
a'zosi hisoblanadi. 
Parlamentlararo 
assambleya 
(PA) 
Hamdo'stlik 
doirasida 
parlamentlararo 
maslahatlar 
o'tkazadi, 
hamkorlik 
masalalarini 
muhokama etadi, milliy parlamentlar faoliyati sohasida qo'shma takliflar 
ishlab chiqadi. MDH PA 1992 yil 27 martdagi MDH Parlamentlararo 
assambleyasi to'g'risidagi shartnoma va 1995 yil 26 maydagi MDH 
Parlamentlararo assambleyasi to'g'risidagi konvensiya asosida tashkil 
etilib faoliyat ko'rsatmoqda. 
MDH Iqtisodiy sudi MDHga a'zo davlatlar o'rtasida tuzilgan 
iqtisodiy shartnoma va bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarning 
bajarilishini iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan 


155 
bahslarni hal etish yo'li bilan ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. Sud 
Iqtisodiy sud to'g'risidagi shartnomaning har bir a'zo davlatidan teng 
sud`yalardan tashkil topgan. 
Shunday qilib, iqtisodiy majburiyatlarni bajarishda yuzaga 
keladigan bahslarni hal etish Iqtisodiy sud tasarrufiga kiradi. Iqtisodiy 
sud Hamdo'stlikning iqtisodiy masalalar bo'yicha shartnomalari va 
boshqa hujjatlari qoidalarini sharhlashga haqlidir. Bunday sharhlash 
ma'lum bir ishlar, shuningdek, Hamdo'stlikning davlat hokimiyati va 
boshqaruvi oliy organlari, oliy xo'jalik va hakamlik sudlari va 
davlatlarda iqtisodiy bahslarni hal etadigan boshqa oliy organlar so'rovi
yuzasidan qarorlar qabul qilishda amalga oshiriladi. 
Iqtisodiy sud DRK tomonidan tasdiqlanadigan Iqtisodiy sud 
maqomi to'g'risidagi shartnoma va Ustavga muvofiq faoliyat ko'rsatadi. 
MDH Iqtisodiy sudi to'g'risidagi Ustavga ko'ra, Iqtisodiy sudni 
tashkil etish, uning faoliyat yuritish tartibi va vakolatlari davlatlararo 
bitimlar hamda yuqorida qayd etilgan Ustav bilan belgilanadi. Bahslarni 
hal etish protsedurasi Reglament tomonidan belgilanadi.
Sudning 1997 yil 10 iyuldagi ReglamentiMDH Iqtisodiy sudi 
vakolatiga kiritlagn bahslarni va sharhlash to'g'risidagi so'rovlarni ko'rib 
chiqishda uning protsessual faoliyati tartibini belgilaydi

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish