Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


Dastur MDHga a'zo davlatlarning kelishilgan migratsiya siyosatini



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Dastur MDHga a'zo davlatlarning kelishilgan migratsiya siyosatini 
ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan
.
Hujjatda ushbu 
sohada a'zo davlatlar hamkorligining huquqiy bazasini takomillashtirish 
va rivojlantirish bo'yicha kompleks choralar ko'zda tutilgan.
Hukumat rahbarlari kengashi (HRK) ijro hokimiyati organlarining 
iqtisdiy, ijtimoiy va umumiy manfaatlarga taalluqli boshqa sohalardagi 
hamkorligini muvofiqlashtiradi. Uning majlislarida a'zo davlatlarning 
muhim iqtisodiy, gumanitar, ijtimoiy, harbiy hamkorlik masalalari 
muhokama etilib, muhim hujjatlar loyihalari o'zaro kelishiladi va 
keyinchalik HRKga ko'rib chiqish uchun taqdim etiladi. 
HRK bir yilda ikki marta majlis o'tkazadi. Kengashning navbatdan 
tashqari majlisi a'zo davlatlardan birining tashabbusi bilan chaqirilishi 
mumkin. DRK va HRK doimiy va vaqtincha faoliyat ko'rsatadigan 
ishchi hamda yordamchi organlarni tashkil qiladi. Ayrim sohalarda 
hamkorlik masalalarini hal etish va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida 


152 
DRK va HRK uchun tegishli davlat organlari rahbarlarining majlisi 
chaqiriladi.
Mustaqil davlatlar hamdo'stligi DRK va HRK o'rtasida vakolatlarni 
belgilash to'g'risida 2004 yil 16 sentyabrdagi qarorga muvofiq, Davlat 
rahbarlari kengashi DRK va HRK o'rtasida vakolatlarni belgilashni 
tasdiqladi. Ushbu qarorga ko'ra, DRK Hamdo'stlikning oliy organi 
sifatida Hamdo'stlikning har qanday prinptsipial masalasini muhokama 
va hal etadi. DRK o'z majlislarida MDH Ustaviga tuzatishlar kiritish, 
Hamdo'stlikning yangi organlarini tashkil etish yoki mavjudlarini 
tugatish, Hamdo'stlik organlari faoliyatini takomillashtirish, MDH 
organlari faoliyati haqidagi hisobotlarni eshitish, o'z vakolatiga ko'ra 
organ rahbarlarini tayinlash (tasdiqlash), quyi organlar vakolatlarini 
taqsimlash, MDH organlari to'g'risidagi Ustavlarni tasdiqlashga taalluqli 
qarorlarni ham qabul qiladi. 
HRK ijro hokimiyatining organlarining iqtisodiy, ijtimoiy va 
boshqa sohalardagi hamkorligini muvofiqlashtiradi. HRK Davlat 
rahbarlari kengashining HRKga bergan topshiriqlarini bajarish, Iqtisodiy 
ittifoqni tashkil etish to'g'risidagi shartnomada qayd etilgan, shuningdek, 
erkin savdo zonasining amalda faoliyat ko'rsatishi qoidalarini amalga 
oshirish, sanoat, qishloq xo'jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini 
rivojlantirish hamda ularni moliyalashtirish bo'yicha qo'shma dasturlar 
qabul qilish, transport, aloqa, energetika tizimlarini rivojlantirish, tarif, 
pul-kredit va soliq siyosati masalasida hamkorlik qilish, ilmiy-texnik 
makonni shakllantirishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqish, 
Hamdo'stlik vakolati doirasida ugning organlarini tashkil qilish, 
Hamdo'stlik organlari faoliyatini moliyaviy ta'minlash, ijtimoiy siyosat 
sohasida hamkorlik qilish, MDH organlari faoliyatini nazorat qilish, 
Tashqi ishlar vazirlari kengashi va Iqtisodiy kengashga o'z vakolatlarini 
berish kabi masalalarni hal etadi. MDH Davlat rahbarlari kengashi 
tomonidan berilgan vakolatlar bundan mustasno.
MDH Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari 
kengashining qarorlarini bajarish maqsadida «MDH Davlat rahbarlari 
kengashi va Hukumat rahbarlari kengashining qarorlarini amalga 
oshirish mexanizmi to'g'risida»gi qarorga muvofiq MDH Davlat 
rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashining qarorlarini 
bajarish mexanizmini tasdiqladi. Mazkur mexanizmdap quyidagilar 
ko'zda tutilgan:
- a'zo davlatlarning o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini milliy 
nazorat mexanizmlari va davlatning ichki ishlarigaaralashmaslik 


153 
inobatga olingan holda qabul qilingan qarorga asosan ixtiyoriy va 
vijdonan bajarishi; 
- Hamdo'stlik organlarining qarorlarni o'z vaqtida majburiy 
bajarishi; 
- MDH Ijroiya qo'mitasining Hamsdo'tlik davlatlari uchun 
qarorlarni bajarish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishi va boshqalar. 
Tashqi ishlar vazirlar kengashi (TIVK) Davlat rahbarlari kengashi 
va Hukumat rahbarlari kengashi majlislari orasidagi davrda MDHga a'zo 
davlatlarning o'zaro manfaatli masalalar bo'yicha tashqi siyosiy 
faoliyatida hamkorligini ta'minlaydigan asosiy ijro organidir. TIVK 
DRK va HRK qarorlari asosida a'zo davlatlarning tashqi siyosiy 
faoliyatini, 
jumladan, 
xalqaro 
tashkilotlardagi 
faoliyatini 
muvofiqlashtiradi va jahon siyosati masalalari bo'yicha maslahatlar 
tashkil etadi. 
MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi to'g'risidagi Ustav va Davlat 
rahbarlari kengashining 2004 yil 16 sentyabrdagi «MDH Tashqi ishlar 
vazirlari kengashi to'g'risida»gi qaroriga muvofiq, Hamdo'stlikka a'zo 
davlatlarning tashqi ishlar vazirlari TIVK a'zolari hisoblanadi. TIVK 
majlislarida MDH Ijroiya qo'mitasi raisi, a'zo davlatlarning Hamdo'stlik 
Ustav va boshqa organlari huzuridagi doimiy vakolatli vakillari ishtirok 
etadi. TIVK majlislarida, shuningdek, TIVK a'zolarining umumiy 
roziligi bilan boshqa davlatlar tashqi ishlar vazirlari yoik shaxslar, 
ularning vakolatli vakillari ham kuzatuvchi sifatida qatnashishi 
mumkin. MDH Ijroiya qo'mitasi TIVKning ishchi organi hisoblanadi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish