Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

SHHT Banklararo birlashmasi.
SHHTga a'zo davlatlarning 
Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashi 2005 yil 26 oktyabrda 
SHHT Banklararo birlashmasini tashkil etish haqida qaror qabul qildi va 
SHHT doirasida Banlararo hamkorlik (birlashma) to'g'risidagi 
shartnomani imzoladi.
SHHT Banklararo birlashmasi tarkibiga Qozog'iston rivojlanish 
banki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki, Qirg'iziston Respublikasining 
Hisob-kitob-omonat kompaniyasi «HOB Bank» OAJ, Rossiya 
Federatsiyasi Tashqi iqtisodiyot banki, Tojikiston Respublikasining 
«Amonatbank» davlat jamg'arma banki, O'zbekiston Respublikasi 
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiradi. 
SHHT doirasida Banklararo birlashmani tashkil etishdan 
ko'zlangan asosiy maqsad SHHTga a'zo davlatlar hukumatlari 
tomonidan 
qo'llab-quvvatlangan 
investitsiya 
loyihalarini 
moliyalashtirish 
va 
bank 
xizmatlari 
ko'rsatish 
mexanizmini 
shakllantiridir. 
SHHT Banklararo birlashma doirasidagi hamkorlikning ustuvor 
yo'nalishlari quyidagilar: 
- loyihalarni infratuzilma qurilishi, asosiy tarmoqlar, yuqori 
texnologiyalar sohasi, iqtisodiyotning eksportga yo'nlitirilgan sektori, 
ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga e'tibor qaratgan holda amalga 
oshirish uchun mablag' ajratish; 
- kreditlarni umumqabul qilingan xalqaro bank amaliyoti hisobga 
olingan holda taqdim etish va jalb qilish; 
- SHHTga a'zo davlatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni 
rag'batlantirish maqsadida eksportdan oldingi moliyalashtirishni tashkil 
etish; 


165 
- Shartnoma doirasida maxfilikka rioya etgan holda, bo'lajak 
mijozlar va hamkorlik loyihalari to'g'risida axborot almashish; 
- kadrlar tayyorlash, delegatsiyalar bilan almashish va malaka 
oshirishni yo'lga qo'yish, amaliy simpoziumlar o'tkazish; 
- umumiy manfaatga daxldor boshqa yo'nalishlar. 
SHHT Banklararo birlashmasi a'zosi bo'lgan banklar Kengashni 
tashkil qiladi va uning tarkibiga har bir tomondan bittadan vakil (odatda, 
tomonlarnigng yuqori mansabdor shaxslari) kiritiladi.Kengash majlislari 
zarur bo'lganda Tomonlar umumiy roziligi bilan bir yilda kamida bir 
marta o'tkaziladi. 
SHHT Banklararo birlashmasi Kengashi vakolatiga quyidagilar 
kiradi: 
-Shartnoma 
doirasida 
Tomonlarning 
joriy 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 
- yangi loyihalarni aniqlash; 
-loyihalarning amalga oshirilishini ko'rib chiqish; 
- Banlararo birlashmaning faoliyati to'g'risida SHHT Bosh kotibiga 
SHHT keyinchalik rahbarga taqdim etish uchun yuboriladigan yillik 
hisobotini tasdiqlash; 
- boshqa moliya va bank institutlari hamkorlik qilish. 
Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil etilganidan buyon terrorizm, 
separatizm va ekstremizga qarshi kurashda SHHTga a'zo davlatlar 
hamkorligini tartibga soladigan va dahldor 34 dan ziyod hujjat qabul 
qilindi. 
Shundan 25 hujjat SHHTga a'zo barcha davlatlar tomonidan 
ratifikatsiya qilingan. 
SHHT faoliyati dastlab, O'rta Osiyoda terroristik xurujlar, 
shuningdek, separatizm va ekstremizning oldini olish bo'yicha o'zaro 
ichki mintaqaviy xatti-harakatlar sohasiga qaratilgan edi. Terrorizm, 
separatizm va ekstremizga qarshi kurashish to'g'risidagi Shanxay 
konvensiyasi SHHTning 2001 yil Shanxay o'tkazilgan yo'l-yo'riq 
ko'rsatadigan sammiti ishtirokchilari tomonidan imzolangan dastlabki 
hujjatlardan biridir. Konvensiya ilk bor xalqaro maydonda separatizm va 
ekstremizning jinoiy javobgarlikka tortiladigan zo'ravonlik hatti-
harakatlari sifatidagi ta'rifini mustahkamladi.
SHHTga a'zo davlatlar xalqaro terrorizmga qarshi kurashishning 
turli jihatlariga taalluqli tegishli xalqaro shartnomalar, BMT Xavfsizlik 
kengashi tegishli rezolyutsiyalarining qoidalarini to'liq qo'llab-


166 
quvvatlaydi hamda ularni o'z vaqtida amalga oshirishga doir barcha 
choralarni ko'rmoqda.
BMT Terrorizmga qarshi global strategiyasi qoidalarini izchillik bilan 
amalga oshirish bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasida mazkur Strategiyani amalga oshirish 
doirasida terrorizmga qarshi kurashda izchil choralar ko'rilmoqda. 
O'zbekiston BMTning terrorizmga qarshi kurash bo'yicha 13 
konvensiyasini imzoladi. 2011 yilda SHHTning terrorizmga qarshi 
konvensiyasi va Jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Yevroosiyo guruhi 
to'g'risidagi shartnoma (2011) ratifikatsiya qilindi.
2009 yilda O'zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik 
tashkilotiga raislik qildi. Raislik doirasida O'zbekiston tomonidan 
tashkilotga a'zo davlatlar o'rtasida samarali o'zaro hamkorlikni yanada 
mustahkamlashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yil 
11 sentyabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo 
davlatlarning Milliy muvofiqlashtiruvchilar bilan uchrashuvda ilgari 
surgan va tashkilot doirasida qarorlar qabul qilish mexanizmlarini, 
shuningdek, 
SHHT 
va 
uning 
tarkibiy 
bo'limlari 
faoliyatini 
takomillashtirishga qaratilgan takliflari g'oyat muhim ahamiyat kasb 
etdi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish