Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi


XIII-BOB.  Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning roli



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

XIII-BOB. 
Xalqaro nizolarni hal etishda xalqaro tashkilotlarning roli 
 
Birlashgan millat tashkilotining Xalqaro sudi. Xalqaro jinoyat sudi. 
Jahon Savdo tashkiloti doirasida xalqaro nizolarni hal etilishi. 
Investitsiya nizolarini tartibga solish bo'yicha xalqaro agentlik.
Xalqaro Sud (XS) Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) bosh 
sud organi hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1945 yil 
26 iyunda San-Frantsiskoda imzolangan Ustavi bilan, BMTning eng 
asosiy maqsadlaridan biri: “tinchlikning buzilishiga olib kelishi mumkin 
bo'lgan xalqaro bahs va vaziyatlarni tinch yo'l bilan, adolat va xalqaro 
huquq prinsplariga mos holda hal etish”ga erishish uchun ta'sis etilgan. 
Sud Ustavning bir qismi bo'lgan Statutga hamda o'zining 
Reglamentiga muvofiq faoliyat yuritadi. U 1920 yilda Millatlar Ligasi 
qoshida ta'sis etilgan Xalqaro odil sudlov doimiy palatasi (XSDP) 
o'rnida, 1946 yildan ishini boshlagan 
 
Sud muhri 
Sud Gaagada (Niderlandiya) Tinchlik saroyida joylashgan. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti oltita bosh organi ichida Sud, Nyu-York 
shahridan tashqarida joylashgan yagona organ hisoblanadi. Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining qolgan beshta bosh organi – bu Bosh 
Assambleya, Havfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, 
Homiylik bo'yicha kengash va Kotibiyat. 


169 
Sudga ikkita asosiy funksiya yuklatilgan: davlat tomonidan unga 
o'tkazilgan yuridik nizolarni xalqaro huquqqa muvofiq hal etish, va 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakolatli organlari va maxsus 
muassasalari tomonidan yuridik masalalar bo'yicha belgilangan tartibda 
kiritilgan so'rovlari yuzasidan maslahatlashuv xulosalarini chiqarish. 
Sud 15 sud`yadan tarkib topgan, uning ma'muriy organi – 
Kotibiyat unga xizmat ko'rsatadi. Uning rasmiy tillari – ingliz va 
frantsuz tillari. 
Xalqaro Sudning tashkil etilishi uzoq davom etgan jarayonning 
kulminatsiyasi bo'lib, uning davomida asta-sekinlik bilan xalqaro 
nizolarni tinch hal etish usullari rivoj topgan. 
Muzokaralar, vositachilik va yarashuvlardan tashqari nizoni huquq 
asosida hal etish uchun xolis organga murojaat qilish g'oyasi qadimdan 
ma'lum. U arbitraj sifatida tanilgan. 
Umumiy e'tirofga ko'ra,zamonaviy arbitraj o'z tarixini 1794 yilda 
Amerika Qo'shma Shtatlari va Buyuk Britaniya o'rtasida tuzilgan Djey 
shartnomasidan boshlaydi. Mazkur Do'stlik, savdo va kemalar harakati 
haqidagi shartnomada, ayrim hal qilinmagan masalalarni tartibga solish 
uchun teng ravishda AQSH va Britaniya fuqarolaridan tarkib topgan 
aralash komissiyalarni tashkil etish ko'zda tutilgan. Ushbu aralash 
komissiyalar ishi tufayli o'n to'qqizinchi asrda arbitraj instituti rivoj 
topgan. 
1872 yilgi “Alabama” kemasi haqidagi ish bo'yicha 
arbitrajmuhokamasi keyingi hal qiluv bosqichi bo'ldi. Qo'shma Shtatlar 
va Buyuk Britaniyaarbitraj muhokamasiga, Qo'shma Shtatlarning 
Amerikadagi fuqarolik urushi davrida Buyuk Britaniya betaraflikni 
buzganligi xususidagi qoidabuzarliklar bilan bog'liq e'tirozlarni 
o'tkazgan. Taraflar va uchta boshqa boshqa mamlakat tomonidan 
tayinlangan a'zolardan iborat Arbitraj tribunali, Buyuk Britaniya 
kompensatsiya to'lashi lozimligi haqida qaror chiqardi. Buyuk Britaniya 
tomonidan arbitraj qarorini namunali ijro etgani katta nizoni hal etishda
arbitrajning samarasini namoyon etdi. 
Arbitraj tartibida hal etilishi mumkin bo'lgan har bir alohida nizoni 
maxsus sud organlarini tuzish zaruratini bartaraf etish uchun, davlatlarni 
nizolarni tinch yo'l bilan hal etishga mas'ul bo'lgan doimiy xalqaro sud 
haqida o'ylashga undadi. 
Bu taklif 1899 va 1907 yillarda Rossiya podshohi Nikolay II 
tashabbusi bilan chaqirilgan Gaaga tinchlik konferensiyalarida haqiqatga 
yaqin shaklga ega bo'la boshladi. Birinchi konferensiyada ishtirok etgan 


170 
26 ta davlat Xalqaro to'qnashuvlarni tinch yo'l bilan hal qilish 
to'g'risidagi Konvensiyani imzoladi, shuningdek Hakamlik sudi doimiy 
palatasi (HSDP), bu toifadagi ilk ko'p tomonlama muassasa tashkil 
etildi. 
1902 yilda ishini boshlagan HSDP, hanuzgacha mavjud. U boshqa 
barcha xalqaro tashkilotlardan mustaqil bo'lib, 2000 yil holatiga 
Konvensiya taraflari sifatida 89 ta davlat qayd etilgan. Garchi u Gaagada 
joylashgan va sud devonxonasi funksiyalariga xos funksiyalarni 
bajaradigan Xalqaro byuroga ega bo'lsada, amalda u doimiy sud yoki 
arbitraj organi hisoblanmaydi. Byuro huquqshunoslar ro'yhatini yuritadi 
(har bir ishtirokchi davlatdan to'rt nafardan, birgalikda ular ushbu 
davlatning “milliy guruhini” tashkil etadi), undan nizoning tegishli 
taraflari arbitraj tribunali a'zolarini tanlashi mumkin. 
Gaagada Tinchlik saroyida Sud bilan qo'shni bo'lgan Hakamlik 
sudi doimiypalatasi, hozirda faqatgina davlatlar o'rtasidagi nizolar bilan 
shug'ullanmaydi. Yillar o'tib, u ko'rsatadigan xizmatlar ko'lami jiddiy 
ravishda kengaydi. 
Bugungi kunda u davlatlar va davlat bo'lmagan (masalan, xalqaro 
tashkilotlar, xususiy yuridikyokijismoniy shaxslar) taraflar uchun 
nizolarni hal etish tartib-taomillari (faktlarni aniqlash, yarashuv va 
arbitrajning xilma-xil turlari) keng turkumini taklif etadi. Shu tufayli u 
tobora ko'proq tijorat va moliyaviy nizolarni hal etishda ishtirok qiladi. 
HSDP Xalqaro byurosi shuningdek turli arbitraj muhokamalari (misol 
uchun, Eritreya va Yemen o'rtasida Qizil dengizdagi orollarga nisbatan 
huquqlar xususidagi nizo bo'yicha arbitraj muhokamasi, u 1999 yilda 
tamomlangan) vaqtida kotibiyat vazifalarini ado etadi hamda HSDP 
doirasidan tashqari ta'sis etilgan arbitraj tribunallarga (masalan, Eron va 
Qo'shma Shtatlar e'tirozlarini ko'rib chiqish bo'yicha tribunal, u 1979 
yilda Qo'shma Shtatlarning Tehrondagi elchixonasida 52 Amerika 
fuqarosi garovga olinishi munosabati bilan vujudga kelgan tanglik 
natijasi ushbu ikki mamlakat tomonidan Amerika fuqarolarining Eronga 
va Eron fuqarolarining Qo'shma Shtatlarga nisbatan e'tirozlariniko'rish 
uchun ta'sis etilgan) texnik va ma'muriy ko'mak beradi. 
HSDP taomillari faqatgina taraflar kelishuviga asoslanib, ular turli 
xil amaliy bandlar va taomillar bo'yicha (masalan, arbitraj muhokamasi 
uchun kiritilishi lozim bo'ladigan masalalarni shakllantirish, arbitrlarni 
tayinlash) arbitraj boshlanguniga qadar kelishib oladi. 
Bu — 1907 yilda ikkinchi Gaaga tinchlik konferensiyasida bir 
nechta davlat, arbitrajdan farqli o'laroq, nizolarni asosan majburiylik 


171 
elementi mavjud sud taomilarini qo'llagan holda hal etadigan doimiy 
xalqaro tribunalni ta'sis etish chaqirig'i bilan chiqish qilgan. 
Biroq sudyalarni tanlash tartibi borasidagi fikrlarda farq mavjudligi 
1907 yilgi Konferensiya delegatlarini 1899 yilgi Konvensiyaga 
o'zgartishlar kiritish va arbitraj ish yurituvini tartibga soladigan 
normalarni takomillashtirish bilan cheklanishga majbur qildi. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish