Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

«Davlatlar istagan paytida shunday majburiyatni qabul qilgan 
boshqa har qanday davlat Sud Statutining ipso facto ishtirokchisi ekani 
va quyidagi masalalarga taalluqli barcha huquqiy bahs-munozaralar 
bo’yicha Sud yurisdiktsiyasining majburiyligini tan oladi: 
a) shartnomani sharhlash;
b ) xalqaro huquqning har qanday masalasi; 
s ) xalqaro majburiyatlar buzilishiga sabab bo'lgan va aniqlangan 
dalillar mavjudligi;
d ) xalqaro majburiyatlarni buzganlik uchun undiriladigan zararni 
qoplash xususiyati va hajmi.
Sud yurisdiktsiyasi majburiyligini tan olish haqidagi bayonot 
tegishli davlatning bir yoqlama hujjati shaklida bo'ladi. 
BMT a'zosi bo'lmagan davlat muayyan sharoitlarda Sud Statuti 
ishtirokchisiga aylanishi mumkin (Qarang: Sud Statuti 93-moddasi).
Sud ma'lum bir holatlarda Sud Statuti ishtirokchisi hisoblanmagan 
davlatlar murojaat qilishi uchun ochiq bo'lishi mumkin. Masalan, BMT 
Xavfsizlik kengashining 9 (1946)-rezolyutsiyasiga muvofiq: 
«Xalqaro sud Xalqaro sud Statuti ishtirokchilari bo'lmagan barcha 
davlatlar uchun muayyan shartlar asosida ochiqdir, ya'ni aynan mazkur 
davlat oldindan Sud kotibiga ariza taqdim etishi shart. Ushbu arizaga 
binoan bu davlat BMT Ustavi va Sud Statuti va Reglamenti shartlariga 
muvofiq Sud yurisdiktsiyasini tan oladi hamda Sud qarori yoki 
qarorlarini vijdonan bajarish, Ustavning 94-moddasi bilanBMTning 
barcha a'zolari zimmasiga yuklanadigan barcha majburiyatlarni qabul 
qilishga va'da beradi. Bunday ariza shaxsiy yoki umumiy xususiyatga 
ega bo'lishi mumkin». 
Sud yurisdiksiyasi davlat roziligiga asoslanadi. 
1. Har bir muayyan holatda Sud, agarda tomonlar o'z bahs-
munozaralarini Sudda hal qilishga rozilik bersa, yurisdiktsiyaga ega 
bo'ladi. Bunday rozilik bir tomonlama arizalar orqali ifoda etilishi 
mumkin. Bugungi kunda 65 davlat Statutning 35-moddasi 2-bandiga 
muvofiq Sud yurisdiktsiyasini tan olishi haqida ariza taqdim etgan. 
2. Sud Statutining 36-modda 1-bandida ish qo'zg'atilgan sanada 
amal qilinadigan shartnoma va konvensiyalarda alohida nazarda tutilgan 
barcha masalalar Sud tasarrufiga kirishi ko'zda tutilgan. Bunday hollarda 


78 
Sud yurisdiktsiyasi shartnomaviy asosga ega va Sud ishni yozma (bir 
tomonlama) ariza asosida ko'rib chiqish uchun qabul qilishi 
mumkin.Ko'pgina shartnoma va konvensiyalar a'zo davlatlarga Xalqaro 
sud yurisdiktsiyasidan foydalanish vakolatini beradi. Ayni paytda 
Xalqaro sud yurisdiktsiyasida ko'zda tutilgan uch yuzdan ortiq ko'p 
tomonlama va ikki tomonlama shartnomalarga amal qilinmoqda.
3. Sud Statutining 36-moddasi 1-bandiga muvofiq, tomonlarga 
unga taqdim etadigan barcha ishlar Sud tasarrufiga kiradi. Bunday 
ishlarda tomonlar oldindan kelishilgan muayyan tortishuvni ko'rib 
chiqish haqida Sudga iltimos bilan murojaat qilish imkonini beradigan 
maxsus shartnoma orqali o'zining roziligini ifoda etadi. Sud 
yurisdiktsiyasi Sudga taqdim etiladigan ushbu maxsus shartnoma 
notifikatsiya qilingan paytdan tan olinadi. Tuziladigan maxsus 
shartnomaning yagona maqsadi muayyan tortishuvni Sudga taqdim 
etishdir (Qarang: Ligitan va Sipadan orollari suvereniteti to'g'risida 
Malayziya va Indoneziya o'rtasida tortishuvni Xalqaro sudga taqdim 
etish haqida maxsus shartnoma (1997yil31 may) hamda Niderlandiya
Qirolligi va Germaniya Federativ Respublikasi o'rtasida Shimoliy 
dengizdagi kontinental shel`fni ushbu davlatlar o'rtasida delimitatsiya 
qilishga taalluqli nizoni Xalqaro sudga taqdim etish haqidagi maxsus 
shartnoma (1967yil 2 fevral). 
4. Xalqaro sud yurisdiktsiyasini unga murojaat qilgandan so'ng 
ham tan olish mumkin (forum prorogatum). 
(Qarang: Jinoyat ishlari 
bo’yicha o'zaro yordam berishning ayrim masalalari (Jibuti Fransiyaga 
qarshi) va Fransiyadagi ayrim jinoyat-protsessual harakatlar (Kongo 
Respublikasi Fransiyaga qarshi»
ishi bilan www.icj-cij.org saytida 
tanishish mumkin). 
Kotibiyat
47
— bu butun dunyodagi muassasalarda ishlaydigan va 
Tashkilotning kundalik turli vazifalarini bajaradigan xalqaro xodimdir. 
Kotibiyatga Xavfsizlik kengashi tavsiyaga binoan Bosh Assambleya 
tomonidan yangi muddatga saylanish imkoniyati berilgan holda 5 yilga 
tayinlanadigan Bosh kotib rahbarlik qiladi. Bosh kotib Tashkilotning 
asosiy ma'muriy mansabdor shaxsi hisoblanadi.
Bosh kotib BMTning eng yuksak namunasi bo'lib, dunyo xalqlari, 
xususan, aholining kam ta'minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari 
manfaatlarini ifoda etadi. Hozirgi sakkizinchi Bosh kotib Koreya 
47
БМТ 
Котибияти 
ҳақида 
батафсил 
маълумот 
билан 
http://www.un.org/ru/sections/about-
un/secretariat/index.html
 сайти орқали танишиш мумкин. 


79 
Respublikasidan Pan Gi Mun 2007 yilning 1 yanvarida o'z 
majburiyatlarini bajarishga kirishgan.
Bosh kotib Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va 
ijtimoiy kengash, Vasiylik kengashining barcha majlislarida ishtirok 
etadi va ushbu organlar uning zimmasiga yuklaydigan boshqa 
vazifalarni amalga oshiradi. Bosh kotib Bosh assambleyaga Tashkilot 
faoliyati to'g'risida Yilllik hisobot taqdim etadi.
Bosh kotib Xavfsizlik kengashini, uning fikricha, xalqaro tinchlik 
va xavfsizlikni saqlashga tahdid soladigan har qanday masala haqida 
xabardor qilish huquqiga egadir.
Bosh kotib har yili Tashkilot faoliyatiga bahor berilgan va 
kelajakdagi ustuvor vazifalar bayon etilgan ma'ruzani taqdim etadi. 
Shuningdek, 
Bosh 
kotib 
BMT 
Tizimi 
rahbarlarining 
muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi hisoblanadi. U kengashning BMT 
tizimi oldida turgan moddiy va boshqaruv masalalari bo’yicha o'zaro 
muvofiqlik hamda hamkorlikni mustahkamlash maqsadida bir yilda ikki 
marta o'tkaziladigan majlislarida barcha jamg'armalar, dasturlar va 
ixtisoslashtirilgan muassasalar rahbarlari qatnashadi.
Bosh kotibning “xayrli xizmatlar”– xalqaro tortishuvlarning paydo 
bo'lishi, avj olish yoki ko'lami kengaYilshining oldini olish uchun 
mustaqilllik, xolislik hamda halollik asosida oshkora va maxfiy tartibda 
amalga oshiriladigan ishlardan foydalanishi uning faoliyatining asosiy 
yo'nalishlaridan biridir.
Kotibiyat xoimlari Bosh kotib tomonidan Bosh assambleya 
belgilagan qoidalarga muvofiq taYilnlanadi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish