BMT Xalqaro sudi
45
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy
sud organi hisoblanadi. U BMTning asosiy maqsadlaridan biri –
“tinchlikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo'lgan xalqaro nizo yoki
vaziyatlarni adolat va xalqaro huquq prinsplariga binoan tinch yo'l bilan
hal etish yoxud bartaraf qilish”ga erishish uchun 1945 yil 26 iyunda
San-Frantsiskoda imzolangan Ustaviga muvofiq ta'sis etilgan.
Sud Ustavning bir qismi bo'lgan Statut va o'z Reglamentiga
muvofiq faoliyat ko'rsatadi. Xalqaro sud o'z faoliyatini Millatlar ligasi
shafeligida 1920yilta'sis etilgan Xalqaro odil sudlovning doimiy palatasi
o'rnida 1946 yilda boshladi.
Xalqaro sud tortishuvlarni tinch yo'l bilan hal etish bo’yicha BMT
Ustavi bilan belgilangan tizimda muhim o'rin tutadi. Sud Ustavda ko'zda
45
БМТ Халқаро суди ҳақида батафсил маълумот билан
http://www.un.org/ru/icj/
сайти орқали танишиш
мумкин.
74
tutilgan qoida va maqsadlarni hayotga tatbiq etish uchun o'z zimmasiga
yuklangan vazifalarni bajarishga qodir bo'lishi darkor.
Sud Statuti BMT Ustavining XIV-bobida bayon etilgan asosiy
prinsplarni rivojlantiradi. BMT Ustavining ajralmas qismi bo'lgan ushbu
Statut
tashkilotga
a'zo
bo'lmagan
davlatlar
foydalanishini
yengillashtirish maqsadida uni to'ldiradi. Sud Statuti besh bobdan iborat:
Sudni tashkil etish (2–33-moddalar), Vakolatlar (34–38), Sud ishlarini
yuritish (39–64), Maslahatlashuv xulosalari (65–68),Tuzatishlar (69–70-
moddalar).
Sud o'z vazifalarini bajarish tartibini belgilaydigan Reglamentni
tuzadi. Sud, xususan, sud ishlarini yuritish tartibini belgilaydi.
Xalqaro sud BMT tizimining tashkilot va unga a'zo davlatlar
manfaatlariga xizmat qiladigan ajralmas qismidir.
Xalqaro sud tarkibiga Bosh assambleya va Xavfsizlik kengashi
tomonidan to'qqizyilmuddatga saylanadigan 15 sud`ya kiradi.
Statutning 31-moddasiga muvofiq, sud tarkibida o'z fuqarolaridan
birorta ham sud`ya bo'lmagan tomonlar ularga taalluqli ishni ko'rib
chiqish maqsadida ad hoc sud`yasini saylashi mumkin.
Statutning 19-moddasida “Sud a'zolari sud majburiyatlarini
bajarishda diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik huquqidan foydalanishi”
ko'zda tutilgan.
Shuningdek, sud to'zining ma'muriy vazifalarini bajarishiga
ko'maklashish uchun Byudjet-ma'muriy qo'mita, Reglament bo’yicha
qo'mita va Kutubxona qo'mitasini tashkil qildi.
BMT Sudi tashkilotning o'z ma'muriy apparatiga ega yagona
asosiy organidir (Ustavning 98-moddasi).
Kotibiyat Sudning doimiy xalqaro kotibiyati hisoblanadi. Sud ham
sud organi, ham xalqaro muassasa bo'lgani bois, Kotibiyat, bir
tomondan, sudga yordam beradi, ikkinchi tomondan, doimiy ma'muriy
organ sifatida faoliyat ko'rsatadi. Shu tariqa, Kotibiyat faoliyati
ma'muriy, sudlash va diplomatik xususiyatga egadir.
Kotibiyat majburiyatlari Kotibiyat tomonidan tuziladigan va Sud
tomonidan tasdiqlanadigan yo'riqnomalarda batafsil bayon etilgan
(Qarang: Reglament 28-moddasining 2-3-bandlari).
2012 Yillning martida Sud Kotibiyat uchun ayni paytda ham
qo'llanilayotgan yo'riqnoma variantini qabul qildi
(Qarang: A/67/4, 66-
band).
BMT Xalqaro sudi tortishuvlarni tinch yo'l bilan hal etish bo’yicha
BMT Ustavi bilan belgilangan tizimda muhim rol o'ynaydi. Sud umumiy
75
yurisdiktsiyaga va universal xususiyatga ega yagona xalqaro sud
bosqichi hisoblanadi.
2014yil 31 iyul holatiga ko'ra, 193 davlat Sud Statuti ishtirokchilari
bo'lgan. Ayni paytda 70 davlat Statut 36-moddasining 2-5
bandlariga muvofiq, Sud yurisdiktsiyasini majburiy deb tan olish
to'g'risida bayonot (ayrim qo'shimcha shartlar bilan) bergan.
BMT Ustavi va Sud Statuti Sud faoliyatini tartibga soladigan
asosiy hujjatlar hisoblanadi. Sud Reglamenti va amaliy ko'rsatmalar,
Sudning ichki sud amaliyotiga taalluqli rezolyutsiyalar ushbu hujjatlarni
to'ldiradi.
BMT Xalqaro sudi yurisdiktsiyasi ikki xil xususiyatga ega.
Birinchidan, Sud davlatlarning o'z suverenitetini amalga oshirish
tartibida sudga o'z ixtiyori bilan beradigan tortishuvlarni hal etishiga
to'g'ri keladi. Shu munosabat bilan ta'kidlash kerakki, 2012yil 31 iyul
holatiga ko'ra, 193 davlat Sud Statuti ishtirokchilari bo'lgan va 67 tasi
Statut 36-moddasining 2-5 bandlariga muvofiq, Sud yurisdiktsiyasini
majburiy deb tan olish to'g'risidagi arizasini Bosh kotibga saqlash uchun
topshirgan.
Ikkinchidan, Sudga Bosh assambleya va Xavfsizlik kengashi ham
har qanday huquqiy masala, ular faoliyatida yuzaga keladigan huquqiy
masalalar bo’yicha esa BMTning barcha organlari va Bosh assambleya
tomonidan vakolat berilgan muassasalar murojaat qilishi mumkin.
Demak, BMT Xalqaro sudi vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Xalqaro tortishuvlarni hal etish.
2. Soni BMT Ustavi bilan belgilanadigan muassasalarning rasmiy
so'rovi bo’yicha maslahat xulosalarini chiqarish. Bunday so'rovlar yosh
ravishda taqdim etilishi kerak. Maslahat xulosalari majburiy kuchga ega
emas. Xalqaro shartnomalarga taalluqli masalalar bundan mustasno.
BMT Xalqaro sudi doimiy faoliyat ko'rsatadigan organdir. Uning
majlislari, odatda, barcha a'zolari ishtirokida o'tkaziladi.
Garchi, qarorlar qabul qilish uchun to'qqiz sud`ya kvotasi
yetarlidir. Sud ishlarni hal etishni tezlashtirish maqsadida har yili
tomonlar iltimosiga binoan ishni soddalashtirilgan tartibda ko'rib
chiqadigan 3-5 sudyadan iborat kamera tashkil qiladi. Ingliz va fransuz
tillari Sud rasmiy tili hisoblanadi. Ammo, tomonlarning iltimosiga ko'ra,
boshqa tillardan foydalanish huquqi ham mavjud.
Faqat davlatlargina BMT Xalqaro sudi tomonlari bo'lishi mumkin.
Tomonlar sudda vakillari orqali qatnashib, ishonchli vakillar yoki
advokatlar yordamidan foydalanishi mumkin.
76
BMT Xalqaro sudi Statutining 38-moddasiga ko'ra, Sud
tortishuvlarni madaniyatli millatlar tomonidlan e'tirof etilgan umumiy va
maxsus konvensiyalar, xalqaro urf-odatlar, umumiy prinsplar,
shuningdek, qo'shimcha shartlar bilan sud qarorlari, malakali
mutaxassislar doktrinalari asosida hal etish huquqiga ega. Shuningdek,
sud, agar tomonlar rozi bo'lsa, ishni ex aequo et bono (adolatli) hal
etishga haqlidir. Har bir sudya o'z fikrini bildirish huquqiga ega.
Sud qarori yakuniy hisoblanadi va norozilik shikoyati qabul
qilinmaydi. Qarorni qayta ko'rib chiqish haqidagi iltimos yangi ochilgan
holatlar asosida va qaror chiqarilangan paytdan o'nyilo'tguncha
qanoatlantirilishi mumkin.
Sud qarorini ishda ishtirok etayotgan tomonlar bajirishi shart.
Bajarilmagan holda Xavfsizlik kengashi ikki tomon iltimosiga binoan
qarori ijrosini ta'minlash choralarini ko'rishi mumkin. Hozircha faqat bir
marta shunday murojaat bo'lgan.
Bugungi kunda BMT Xalqaro sudi yuzdan ziyod ishni ko'rib
chiqqan
46
.
BMT asosiy sud organi davlatlararo bahs-munozaralarni hal
etishda muhim o'rin tutishi bois butun dunyoda katta obro'ga ega. Sud
rentabelligi nuqtai nazaridan o'ziga xos bo'lib, undan turli bahs-
munozaralarni hal etish uchun tinchlik vosita sifatida foydalanmoqda.
Shunday ekan, Sud muayyan ishni ko'rib chiqish huquqiga ega
bo'lish imkonini beradigan uchta majburiy shartni ajratib ko'rsatish
mumkin:
- tortishuv o'z sababiga ko'ra, Sud o'zining ta'sis akti va tortishuvni
sudda hal qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladigan boshqa hujjatlarga
muvofiq ko'rib chiqish huquqiga ega bo'lgan ishlar toifasiga taalluqli
bo'lishi darkor;
- tortishuv tomonlari shunday subyektlar doirasiga mansub bo'lishi
kerakki, ularning tortishuvlarini Sud yuqorida qayd etilgan akt va
hujjatlarga muvofiq ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lishi lozim;
- tortishuv va bu tortishuv asoslanadigan faktlar paydo bo'lgan payt
Sudning yuqorida qayd etilgan hujjatlarda mustahkamlangan aqtinchalik
yurisdiktsiyasi joriy etiladigan davrga taalluqli bo'lishi lozim.
Sudda ko'rib chiqiladigan ish tomoni bo'lish uchun davlatlar Sudga
murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'lishi va uning yurisdiktsiyasini tan
olishi darkor.
46
БМТ Халқаро суди маърузаси (2013 йил 1 август – 2014 йил 31 июль). Бирлашган Миллатлар Ташкилоти.
Нью-Йорк, 2014. А/69/4.
77
Sudga murojaat qilish imkoniyati Sud Statuti ishtirokchisi bo'lgan
barcha davlatlarga beriladi (Sud Statutining 35-moddasi 1-bandi).
BMTning barcha a'zolari Sud Statutining ishtirokchilaridir. Bugun
193 davlat BMTga a'zo.Sud Statutining 36-modda 2-bandiga muvofiq:
Do'stlaringiz bilan baham: |