Toshkent davlat yuridik universiteti xalqaro tashkilotlar huquqi



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/112
Sana02.03.2022
Hajmi1,03 Mb.
#477594
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112
Bog'liq
XALQARO TASHKILOTLAR HUQUQI -

Iqtisodiy va ijtimoiy kengash
43
. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy 
muammolar, shuningdek, atrof-muhit masalalarini ko'rib chiqish 
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash vakolatiga kiradi. Kengash BMT Ustaviga 
muvofiq bunday muammolarni muhokama etish va siyosiy tavsiyalar 
ishlab chiqish uchun markaziy forum sifatida 1946yil ta'sis etilgan. 
BMT Ustaviga muvofiq Iqtisodiy va ijtimoiy kengash: 
43
БМТ Иқтисодий ва ижтимоий кенгаш ҳақида батафсил маълумот билан 
http://www.un.org/ru/ecosoc/
 сайти 
орқали танишиш мумкин.


71 
- iqtisodiy, ijtimoiy, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash sohasidagi 
xalqaro masalalar bo’yicha tadqiqotlar o'tkazadi va ma'ruzalar 
tayorlaydi, shuningdek, ushbu har qanday masala yuzasidan Bosh 
assambleyaga, Tashkilot a'zolari va manfaatdor ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlarga tavsiyalar beradi; 
- inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish va ularga 
rioya etish rag'batlantirish maqsadida barcha uchun tavsiyalar beradi; 
- o'z vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo’yichakonvensiyalar 
loyihalarini Bosh Assambleyaga taqdim etish uchun tayorlaydi; 
- o'z vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan xalqaro 
anjumanlar tashkil etadi; 
- ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
- ixtisoslashtirilgan muassasalardan doimiy ma'ruzalarni olish 
uchun tegishli choralar ko'radi; 
- BMT a'zolari va ixtisoslashtirilgan muassasalardan Kengash 
tavsiyalari va Bosh assambleya tavsiyalari ijrosini ta'minlash borasida 
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida ma'ruzalar olish 
maqsadida ular bilan bitimlar tuzadi va boshqa vazifalarni amalga 
oshiradi. 
(Qarang: Iqtisodiy va ijtimoiy kengashning 2013 yilgi 
ma'ruzasi. BMT. Nyu-York, 2014.)
2005yilbo'lib o'tgan Jahon sammitida davlatlar va hukumatlar 
rahbarlari Iqtisodiy va ijtimoiy kengash zimmasiga yangi majburiyat — 
vazirlar darajasida Yilllik sharhlar tayyorlash va ikki yilda bir marta 
Rivojlanish maqsadida hamkorlik forumini o'tkazish vazifasini yukladi 
(Qarang: 2005 yilgi Jahon sammiti yakuniy hujjatining 155-bandi,
Bosh assambleyaning 61/16 «Iqtisodiy va ijtimoiy kengashni 
mustahkamlash» rezolyutsiyasi). 
Shu munosabat bilan davlatlar va hukumatlar rahbarlari Kengashga 
quyidagi aajburiyatlarni yukladi: 
- BMT oliy darajasida o'tkazilgan Yilrik konferensiya va 
uchrashuvlar 
qarorlarining, 
jumladan, 
xalqaro 
darajada 
muvofiqlashtirilgan 
rivojlanish 
sohasidagi 
maqsadlar 
amalga 
oshirilishini ta'minlash; 
- taraqqiyotni baholash bo’yicha ko'rgazmali sharhlar tayyorlash 
uchun vazirlar darajasida Yilllik majlislar o'tkazish. 
2015 yilgi vazirlar darajasida tayyorlangan yillik sharh «Ming 
yillik rivojlanish maqsadlaridan Barqaror rivojlanish maqsadlariga 
o'tishni boshqarish» mavzusiga bag'ishlangan. 


72 
Rivojlanish maqsadida hamkorlik bo’yicha oliy darajadagi forumni 
ikki Yilllik asosda o'tkazish xalqaro darajada muvofiqlashtirilgan 
maqsadlarni, shu jumladan MingYilllik rivojlanish maqsadlari 
deklaratsiyasini amalga oshirishni faollashtirish, Forumni qo'llab-
quvvatlash bo’yicha samarali yo'llarni topish uchun muloqot qilishga 
ko'maklashishga qaratilgan. Forum 2007 yilning iyul oyida Jenevada 
ta'sis etilgan. 
Kengashga a'zo 54 davlat Bosh assambleya tomonidan uch yilga 
saylanadi. Kengashda o'rinlar geografik vakillik prinspi asosida 
taqsimlanadi. Bunda Afrika davlatlariga 14, Osiyo mamlakatlariga 11, 
Sharqiy 
Yevropa davlatlariga 6, Lotin Amerikasi Karib havzasi 
davlatlariga 10, G'arbiy Yevropa va boshqa mamlakatlarga 13 o'rin 
ajratiladi. 
Profedura qoidalariga muvofiq, Kengash tashkiliy sessiya va bir 
Yillda bitta asosiy sessiya o'tkazadi. Sessiyalar BMTning Markaziy 
muassasalarida bo'lib o'tadi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy kengashning har bir a'zosi bittadan ovozga 
ega.
Iqtisodiy va ijtimoiy kengashning qarorlari ovoz berishda ishtirok 
etadigan a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
Kengash Sessiya va yordamchi organlar tashkil etib, ularning 
tarkibi va vakolatlari muddatini belgilashi mumkin (funktsional va 
mintaqaviy komissiyalar, sessiya qo'mitalari, doimiy va maxsus 
qo'mitalar). 
Iqtisodiy va ijtimoiy kengash prezidiumi Kengashning bacha 
a'zolari tomonidan har Yilllik sessiya boshida saylanadi. Prezidumning 
asosiy vazifalari BMT Kotibiyati yordamida kun tartibi va ish dasturini 
tayyorlash, sessiyalar tashkil qilishdan iborat.
Qarama-qarshiliklarni boshdan kechirgan Afrika davlatlari 
muammolari bo’yicha maxsus maslahat guruhi, Gaiti bo’yicha maxsus 
maslahat guruhi, BMTning Qishloq tumanlarini rivojlantirish maqsadida 
davlat va xususiy sektorlar ittifoqi va boshqalar Iqtisodiy va ijtimoiy 
kengashning maxsus mexanizmlaridir. 

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish