Bosh Assambleya
BMTning asosiy majlis o'tkazuvchi va vakillik
organi hisoblanadi
41
. Bosh assambleya uning sessiyalarida besh kishidan
ortiq bo'lmagan vakili ishtirok etadigan barcha a'zo davlatlardan tashkil
topgan. Har bir davlat o'z vakili sonidan qat'i nazar, bitta ovozga ega.
Tinchlik va xavfsizlik bo’yicha tavsiyalar, Xavfsizlik kengashi a'zolarini
saylash kabi ayrim muhim masalalar yuzasidan qarorlar a'zo
davlatlarning uchdan ikki qismi tomonidan qabul qilinadi. Boshqa
masalalar bo’yicha qarorlar esa ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Bosh Assambleyaning umumiy vakolatlari BMT Ustavining 10-
moddasida ko'zda tutilgan.
Ustavga muvofiq, BMT Bosh Assambleyasi quyidagi keng vazifa
vakolatlarga egadir:
- xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, qurolsizlantirish sohasida
hamkorlikning umumiy prinsplarini ko'rib chiqadi va tegishli tavsiyalar
beradi;
- xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashga doir har qanday
masalani muhokama etadi va bunday masalalar yuzasidan tavsiyalar
41
БМТ Бош Ассамблеяси ҳақида батафсил маълумот билан
http://www.un.org/ru/ga/
сайти орқали танишиш
мумкин.
64
beradi, biron-bir bahs yoki vaziyat Xavfsizlik kengashi tomonidan ko'rib
chiqiladigan holatlar bundan mustasno;
- Ustav doirasidagi yoki BMTning organlari vazifalariga taalluqli
har qanday muhokama etadi;
- siyosat sohasida xalqaro hamkorlikka ko'maklashadi, xalqaro
huquqni rivojlantirish va kodifikatsiya qilish maqsadida tadqiqotlar
tashkil etadi hamda tavsiyalar beradi;
- inson huquqlari va asosiy erkinliklarini amalga oshirish,
iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, madaniy, ta'lim va sog'liqni saqlash
sohalarida xalqaro hamkorlikka ko'maklashadi;
- millatlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarga putur yetkazishi
mumkin bo'lgan har qanday vaziyatni tinch yo'l bilan hal etish
choralarini tavsiya qiladi;
- Xavfsizlik kengashi va BMTning boshqa organlari ma'ruzalarini
qabul qiladi va ko'rib chiqadi;
- BMT byudjetini ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi, a'zo davlatlar
badallari hajmini belgilaydi;
- Xavfsizlik kengashining muvaqqat a'zolari va BMTning boshqa
kengash hamda organlari a'zolarini saylaydi, Xavfsizlik kengashining
tavsiyasi bilan Bosh kotibni taYilnlaydi.
Bosh assambleyaning 1950yilnoyabrda qabul qilingan
“Tinchlik
yo'lidagi birdamlik
” rezolyutsiyasiga (377 (V)-rezolyutsiya) muvofiq,
assambleya tinchlikka raxna soladigan xavf, tinchlikning buzilishi yoki
tajovvuzkorlik xuruji mavjudligi aniqlangan hollarda, Xavfsizlik
kengashi doimiy a'zolardan biriga qarshi ovoz berishi sababli harakat
qilishga qodir bo'lmaganda ham choralar ko'rishi mumkin. Assambleya
bu masalani Tashkilot a'zolariga xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash
yoki qayta tiklash uchun kollektiv choralarga nisbatan zarur tavsiyalar
berish maqsadida zudlik bilan ko'rib chiqishi mumkin.
Demak, BMT Ustavida BMT Bosh assambleyasi va Xavfsizlik
kengashining
tinchlik
hamda
xavfsizlikni
saqlash
sohasidagi
vakolatlarini ajratish uchun ikki cheklov ko'zda tutilgan:
- Xavfsizlik Kengashi har qanday tortishuv yoki vaziyat bo’yicha
o'z vazifalarini bajarayotgan bo'lsa, BMT Bosh assambleyasi ushbu
masalalar yuzasidan agarda kengashning o'zi bu haqida so'ramasa, biron-
bir tavsiya berishi mumkin emas (12-modda);
- Bosh assambleya BMT nomidan harakat qila olmaydi: chora
ko'rishni talab qiladigan har qanday masala muhokama etiluniga qadar
65
yoki muhokama qilingandan so'ng Xavfsizlik kengashiga taqdim etiladi
(11-modda).
Bosh Assambleya sessiyalar o'tkazish tartibida faoliyat ko'rsatadi.
Bosh assambleya asosiy faoliyatini navbatdagi yillik sessiyalar,
shuningdek, maxsus va maxsus favqulodda sessiyalar davomida amalga
oshiradi.
Bundan
tashqari,
ishlarning
muayyan
qismi
Bosh
assambleyaning keng tarmoqli yordamchi organlari tomonidan
bajariladi. Bunday yordamchi organlar qo'mitalar, komissiyalar,
boshqarmalar, kengashlar, guruhlar, ishchi guruhlari va boshqa
toifalarga ajratiladi. Yordamchi organlar kun tartibidagi masalalarni
muhokama etib, turli davlatlar yondashuvlarini muvofiqlashtirish
yo'llarini topgach, Assambleyaning yalpi majlislarida muhokama etish
uchun o'z tavsiyalarini rezolyutsiya va qarorlar loyihalari shaklida
taqdim etadi.
Bosh Assambleya ikki turdagi qarorlar, ya'ni protseduraga taalluqli
va taalluqli bo'lmagan masalalar bo’yicha qarorlar qabul qiladi.
Protseduraga taalluqli masala yuzasidan qabul qilingan qaror a'zo
davlatlar uchun bajarilishi shart bo'lgan xususiyatga ega. Negaki, bu
qarorlar Tashkilot ichki huquqini tashkil etadi. Bunday qarorlar
ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Protseduraga taalluqli bo'lmagan
masalalar bo’yicha qarorlar tavsiya xususiyatiga ega bo'lib, malakali
ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Bosh Assambleya o'z protsedura qoidalarini o'zi belgilaydi. U har
bir sessiyada o'z raisini saylaydi.
Assambleya sessiya doirasida umumiy tortishuvlardan so'ng o'z
kun tartibida belgilangan asosiy bandlarni ko'rib chiqadi. Assambleya
ko'plab masalalarni ko'rib chiqishi lozimligi sababli ushbu masalalarni
olti asosiy qo'mita o'rtasida ularning ishlash xususiyatini inobatga olgan
holda taqsimlaydi. Qo'mitalar bu bandlarni mumkin bo'lgan holatlarda
davlatlarning turli yondashuvlarini moslashtirishga harakat qilgan holda
muhokama etadi va Assambleya yalpi majlislarida ko'rib chiqish hamda
qarorlar qabul qilish uchun rezolyutsiyalar va qarorlar loyihalari
shaklida o'z tavsiyalarini taqdim etadi. Har bir asosiy qo'mita va ta'sis
etilishi mumkin bo'lgan hamda Tashkilotning har bir a'zosi vakil bo'lish
huquqiga ega boshqa barcha qo'mitalarda Tashkilotning har bir a'zosi
nomidan bitta shaxs ish yuritadi.
Qurolsizlantirish muammosi va xalqaro xavfsizlikning bir-biri
bilan boliq masalalari bilan shug'ullanadigan Qurolsizlantirish va
66
xalqaro xavfsizlik masalalari qo'mitasi (Birinchi qo'mita), iqtisodiy
masalalarni ko'rib chiqadigan
Iqtisodiy va moliya masalalari qo'mitasi (Ikkinchi qo'mita),
ijtimoiy va gumanitar masalalarni ko'rib chiqadigan Ijtimoiy, gumanitar
va madaniyat masalalari qo'mitasi (Uchinchi qo'mita), boshqa qo'mitalar
majlislari
va
Assambleyaning
yalpi
majlislarida
ham
ko'rib
chiqilmaydigan
turli
siyosiy
muammolar,
shuningdek,
mustamlakachilikka qarshi masalalar, BMTning falastinlik qochqinlarga
yordam berish, ishlarni tashkil etish va falastin xalqining inson huquqlari
bo’yicha Yaqin sharq agentligi faoliyati bilan shug'ullanadigan Maxsus
siyosiy masalalar va mustamlakachilikka qarshi masalalar qo'mitasi
(To'rtinchi qo'mita), ma'muriy masalalar va BMT byudjeti masalalari
bilan shug'ullanadigan Ma'muriy va byudjet masalalari qo'mitasi
(Beshinchi qo'mita) hamda huquq masalalarini ko'rib chiqadigan Huquq
masalalari qo'mitasi (Oltinchi qo'mita) asosiy olti qo'mita hisoblanadi.
BMT ishlari ma'lum darajada Bosh assambleya qarorlari bilan
belgilanadi va ularni amalga oshirish uchun quyidagilar mas'uldir:
- muayyan muammolarni o'rganish va turli sohalar bo’yicha
ma'ruzalar taqdim etish uchun Assambleya tomonidan ta'sis etiladigan
qo'mitalar va boshqa organlar;
- BMT Kotibiyati — Bosh kotib va uning xalqaro fuqaro
xizmatchilar shtati.
1964 yil Xavfsizlik kengashi tomonidan ilk bor qo'llanilgan va
Bosh assambleya keng foydalanayotgan kelishuv (konsensus) prinspi
asosida rezolyutsiyalar ishlab chiqish hamda qabul qilish, ya'ni tegishli
qarorlar yuzasidan ovoz bermasdan umumiy kelishuvga erishish uslubi
BMT va umuman, uning barcha organlari faoliyatida katta ahamiyat
kasb etayotgani so'nggi yillarda Bosh assambleya faoliyatining o'ziga
xos xususiyati hisoblanadi.
Bosh Assambleya rezolyutsiyalari davlatlar uchun huquqiy
jihatdan majburiy hisoblanmaydi va shunchaki da'vat yoki istaklar
sifatida ham tasniflanishi mumkin emas. Davlatlar Bosh assambleya
rezolyutsiyalarini diqqat bilan vijdonan ko'rib chiqishi zarur.
Bosh Assambleya rezolyutsiya va deklaratsiyalari xalqaro huquqni
shakllantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. BMTda xalqaro huquq
hujjatlarini ishlab chiqish borasida quyidagi amaliyot shakllangan.
Dastlab, biron-bir masala yuzasidan deklaratsiya (masalan, Inson
huquqlari umumiy deklaratsiyasi) qabul qilinadi va so'ngra bunday
deklaratsiyalar asosida xalqaro shartnomalar va konvensiyalar ishlab
67
chiqiladi (Inson huquqlari to'g'risida ikkita xalqaro hujjat, Yadro qurolini
tarqatmaslik to'g'risida bitim va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |