Тошкент давлат юридик университети


Davlat tomonidan konchilik munosabatlarining tartibga



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet170/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
Davlat tomonidan konchilik munosabatlarining tartibga 
solinishi 
 
O‘zbekiston Respublikasi xalqi davlat mulkining subyektidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 214-moddasiga muvofiq 
mulkiy huquqni xalq nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat 
boshqaruvi organlari amalga oshiradi.
“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonunning II bobi konchilik 
munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishiga bag‘ishlangan. 
Qonunning 7-moddasida konchilik munosabatlari sohasidagi davlat 
boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy 
davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari 
tomonidan amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, 
konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib 
borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
 konchilik munosabatlari 
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanishi belgilangan.
Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning 
tashkiliy-huquqiy jihatdan ta’minlash bu sohadagi davlat boshqaruvining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu vazifani bajarishda davlat boshqaruvi 
quyidagi insturimentlarni qo‘llaydi: 


192 

yer qa’ridan foydalanishni litsenziyalash; 

zaruriyat tug‘ilganda yer qa’ridan foydalanishni cheklash; 

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobini 
yuritish; 

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish; 

yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish ishlarining davlat hisobini 
yuritish; 

foydali qazilma konlarining va foydali qazilma konlarining 
aniqlanish ehtimoli bo‘lgan istiqbolli yer qa’ri uchastkalarining davlat 
reyestrini olib borish; 

foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen 
mineral hosilalarning davlat kadastrini yuritish; 

foydali qazilmalar zaxiralarining davlat balansini yuritish; 

foydali 
qazilmalar 
zaxiralarini 
tasdiqlash 
va 
geologik 
materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish; 

foydali qazilmalar zaxiralarini hisobdan chiqarish; 

yer qa’ri monitoringini yuritish.
Ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
vakolatlariga quyidagilar kiradi: 

yer osti boyliklari davlat fondini tasarruf etish;

mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, 
yer qa’rini muhofaza etish davlat dasturlarini tasdiqlash hamda ularning 
amalga oshirilishini nazorat qilish; 

yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish va yer qa’ri 
monitoringining amalga oshirish tartibini belgilash; 

foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi 
yuritilishini va yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil qilish; 

foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali 
qazilmalar zaxiralari davlat balansi, foydali qazilma konlari, foydali 
qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalarning davlat kadastri 
yuritilish tartibini belgilash; 

keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxatini tasdiqlash;

yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni 
muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.


193 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining konchilik munosabatlari 
sohasidagi vakolatlari quyidagilardan tashkil topadi: 

tegishli hududda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va 
takror hosil qilish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlarining ishlab 
chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etish hamda ularning bajarilishi 
ustidan nazoratni amalga oshirish; 

keng tarqalgan foydali qazilmalar kovlab olinayotganda yer 
qa’ridan foydalanish shartlarini kelishib olish; 

yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Konchilik munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishida 
yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati 
alohida o‘rin tutadi. “Yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan 
foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risida
”gi
Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, 
konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib 
borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda mahalliy davlat 
hokimiyati organlari yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan 
foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiruvchi organlar hisoblanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish