Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet166/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Foydali qazilmalar 
– yer qa’ridagi kelib chiqishi noorganik va 
organik bo‘lgan qattiq, suyuq yoki gaz holidagi tabiiy mineral hosilalar, 
shu jumladan, sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, sho‘r ko‘llarning 
tuz eritmalari va rapalari hisoblanadi (“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 
Qonunning 2-moddasi). 
Yer qa’ri 
– yer qobig‘ining tuproq qatlamidan quyida joylashgan, 
tuproq qatlami bo‘lmaganida esa yer yuzasidan yoki suv obyektlari 
tubidan quyida joylashgan, geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish 
mumkin bo‘lgan chuqurlikkacha yastangan qismi tushuniladi.
Yer osti boyliklarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan qonunlarda 
to‘g‘ridan to‘g‘ri “yer osti boyliklari” tushunchasiga ta’rif berib o‘tilmagan 
bo‘lsa-da, yuridik adabiyotlarda yer osti boyliklariga ta’rif berilgan, ya’ni 


187 
Yer osti boyliklari o‘z ichiga organik va noorganik tabiiy birikmalarni 
oladigan, geologik o‘rganish va o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan tuproq 
qatlamidan pastdagi, suv havzalari tubidagi hamda yerning ustki 
qatlamidagi tabiiy boyliklardir.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ba’zi adabiyotlarda “yer osti 
boyliklari” va “foydali qazilmalar” degan tushuncha bir ma’noda 
qo‘llanadi. “Yer osti boyliklari” tushunchasi “foydali qazilmalar” 
tushunchasiga nisbatan keng bo‘lib, foydali qazilmalar yer osti 
boyliklarining bir qismini tashkil etadi va sanoat uchun xomashyo 
vazifasini o‘tash foydali qazilmalarning muhim belgisi hisoblanadi. 
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasida “yer 
osti boyliklari” va “foydali qazilmalar” tushunchalariga berilgan 
ta’riflardan ham bu ikki tushuncha turli ma’nolarni kasb etishi ko‘rinib 
turibdi.
Yer osti boyliklari insonning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy va 
boshqa hayotiy zarur ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlatilayotgan 
yoki shu maqsadlarga mo‘ljallangan tabiat obyekti sifatida tabiiy resurslar 
deb ham ataladi. Tabiiy resurslar tiklanishiga ko‘ra tiklanadigan 
(tugamaydigan) yoki tiklanmaydigan (tugaydigan) turlarga ajratiladi. 
Yаqin yillarda yoki uzoq muddat davrida tamom bo‘ladigan resurslar 
tugaydigan resurslar deb ataladi. Yer osti boyliklari tugaydigan va qayta 
tiklanmaydigan tabiiy resurslar toifasiga kiradi. Bularning barchasi yer osti 
boyliklaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi.
Ma’lumot uchun!
Bugungi kunda O‘zbekistonda 1800 dan ortiq kon hamda 
taxminan 1000 taga yaqin istiqbolli qazilma boyliklari, 118 turdagi mineral xomashyo mavjud 
bo‘lib, shundan 65 turi o‘zlashtirilmoqda
53
. 1500 dan ortiq kon razvedka qilindi, shu jumladan 188 
ta neft, gaz va kondensat; 48 ta nodir metall, 43 ta rangli, noyob va radioaktiv metall; 5 ta qora 
metall; 3 ta ko‘mir; 37 ta tog‘-kon rudasi, 22 ta tog‘-kon kimyo va 30 ta rangdor tosh xomashyosi; 
525 ta turli xildagi qurilish materiallari hamda 357 ta chuchuk va mineral yer osti suvlari 
manbalari mavjud. Razvedka qilingan konlarning 40 foizidan ortig‘i o‘zlashtirishga jalb qilingan. 
Respublikada 400 dan ortiq rudnik, shaxta, karyer va neftgazsanoati va boshqa korxonalar, 450 ta 
suv chiqarish korxonasi, shifoxona va kasalxona, shifobaxsh va shifobaxsh-iste’mol suvlarining 
quyish sexi va zavodi faoliyat yuritadi.
Nodir, rangli metallar, uran va noyob elementlar rudalarini qazib 
olish bo‘yicha respublikadagi yetakchi korxonalar – Navoiy va Olmaliq 
kon-metallurgiya kombinatlari sanaladi. Nodir, rangli va boshqa metallar 
rudalarida qo‘shimcha komponentlar sifatida konlar qimmatini ancha 
53
Ushbu ma’lumotlar “O’zbekiston Respublikasida atrof-muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish to’g’risida”gi 
milliy ma’ruza (–Toshkent: Chinor ENK, 2012. –B. 98.) dan olindi.


188 
oshiradigan noyob va kam uchraydigan elementlarning katta zaxiralari 
jamlangan. Oltinning tasdiqlangan zaxiralari bo‘yicha Respublikamiz 
dunyoda birinchi beshlikka kiradi, qazib olish darajasi bo‘yicha esa 
to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi. Uchta tog‘-kon iqtisodiy tuman: Qizilqum 
(Muruntog‘, Mutenboy, Triada, Basapantog‘, Amaytaytog‘, Kokpatas, 
Dougiztog‘ va boshqalar), Nurota (Zarmiton, Gujumsoy, Sarmish, Biran, 
Marjonbuloq va boshqalar) va Toshkentbo‘yi (Kochbuloq, Qarag‘och, 
Qizilolmasoy, Kauldi, Pirmirab, Guzaksoy va boshqalar) da joylashgan tub 
konlar asosiy ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz hukumati tomonidan yer osti boyliklarini huquqiy 
holatini belgilash va mustahkamlash masalasiga alohida e’tibor berib 
kelinmoqda. Hozirda yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza 
qilishga qaratilgan o‘nlab qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. 
Bularga, 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish