Тошкент давлат юридик университети


Yer qa’ridan foydalanish huquqi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
Yer qa’ridan foydalanish huquqi 
O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 
Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 


195 
Karimovning 2007-yil 7-iyundagi PQ–649-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish tartibi va shartlari 
to‘g‘risida”gi Nizomlar yer qa’ridan foydalanish turlarini belgilaydi. Yer 
qa’ri uchastkalari ulardan foydalanish huquqini beradigan litsenziya 
asosida quyidagi maqsadlar uchun beriladi: 

geologik jihatdan o‘rganish; 

foydali qazilmalarni tajriba-sanoat ko‘lamida kovlab olish; 

texnogen mineral hosilalardan foydalanish; 

foydali qazilmalarni kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer 
osti inshootlarini, shu jumladan neft, gaz, gaz kondensati (bundan buyon 
matnda uglevodorodlar deb yuritiladi), boshqa moddalar va materiallarni 
yer ostida saqlash inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, 
chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash; 

alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo qilish;

nodir tosh xom ashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni 
va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash. 
Qonunga ko‘ra tadbirkorlik tavakkalchiligi shartlari asosida geologik 
jihatdan o‘rganish uchun foydali qazilmalarni kovlab olish, texnogen 
mineral hosilalardan foydalanish va foydali qazilmalarni kovlab olish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar uchun yer qa’ri uchastkalaridan 
foydalanish huquqi yuzaga kelishining asosi litsenziya hisoblanadi. 
Litsenziya tegishli davlat organining, ya’ni Vazirlar Mahkamasi yoki 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yer qa’ridan foydalanish bilan 
bog‘liq ishlarni olib borish uchun yer uchastkasi berilishining 
kafolatlovchi qarori mavjud bo‘lganda beriladi. 
Litsenziya o‘z egasining muayyan chegaradagi yer qa’ri 
uchastkasidan belgilangan muddat mobaynida foydalanish huquqini 
tasdiqlaydi hamda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini 
belgilaydi. Qonunchilik yer qa’ridan foydalanishning biryo‘la bir necha 
turiga litsenziyalar berilishiga yo‘l qo‘yadi. Shuningdek, qonunga muvofiq 
yer egalari va yerdan foydalanuvchilar o‘zlariga berilgan yer uchastkalari 
doirasida o‘z xo‘jalik va ro‘zg‘or ehtiyojlari uchun portlatish ishlarini 
qo‘llamagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zaxiralari 
foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng 
tarqalgan foydali qazilmalarni kovlab olishni hamda yer osti inshootlarini 
qurishni litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega. 
Litsenziyalarni berish ochiq kimoshdi savdolari yoki yuridik va 
jismoniy shaxslarning litsenziya berishga vakolatli organlar bilan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralari asosida o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi.


196 
Geologik jihatdan o‘rganish, foydali qazilmalarni kovlab olish, 
texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kovlab 
olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va ulardan 
foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlarni barpo etish 
hamda nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni va 
boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun litsenziyalar 
O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi 
tomonidan beriladi.
Chiqindilarni saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida yer osti 
inshootlarini qurish va ulardan foydalanish uchun litsenziyalar 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish 
davlat qo‘mitasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar natijalari 
asosida beriladi.
Geologik jihatdan o‘rganish, tajriba-sanoat yo‘sinida kovlab olish, 
noruda foydali qazilmalarni kovlab olish, texnogen mineral hosilalardan 
foydalanish uchun noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri 
uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyalar O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Noruda foydali qazilmalarni o‘z 
ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun 
litsenziyalar berish bo‘yicha komissiyasi tomonidan beriladi.
Litsenziyaga muvofiq yer qa’ri foydali qazilmalarini kovlab olish, 
texnogen mineral hosilalardan foydalanish, foydali qazilmalarni kovlab 
olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan 
foydalanish, alohida muhofaza etiladigan geologik obyektlar barpo etish 
uchun maydon va chuqurligi cheklangan uchastkalar ko‘rinishida, ya’ni 
kon ajratmasi foydalanishga beriladi. Kon ajratmasi chegaralarida xo‘jalik 
faoliyati va boshqa faoliyat yer qa’ri kimga berilgan bo‘lsa, faqat o‘sha 
foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Kon 
ajratmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer 
qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy 
sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat 
inspeksiyasi tomonidan beriladi. Kon ajratmalarini berish tartibi Vazirlar 
Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan 
“Foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlar uchun 
kon ajratmalari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda aks etgan. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Birinchi 
Prezidenti 
Islom 
Karimovning 2007-yil 7-iyundagi “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish 
huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–649-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat 
geologiya 
va 
mineral 
resurslar 
qo‘mitasi, 


197 
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga korxonalar va tashkilotlar 
tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan 
litsenziyalarni olmasdan turib foydali qazilmalarni qazib olishga yo‘l 
qo‘ymaslik ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish vazifasi yuklandi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanuvchilar bo‘lib, 
ular yer qa’ridan haq to‘lash asosida foydalanadilar. Ya’ni yer qa’ridan 
foydalanish pullik, soliq qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan 
mustasno hisoblanadi.
Yer qa’ri muddatli (muvaqqat) va muddatsiz foydalanishga berilishi 
mumkin. Yer qa’ri uchastkalari muddatli foydalanishga: 

geologik jihatdan o‘rganish uchun — besh yilgacha muddatga;

foydali qazilmalarni kovlab olish va texnogen mineral 
hosilalardan foydalanish uchun — foydali qazilma konini yoki texnogen 
mineral hosilalarni ishga solishning texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan 
muddatiga;

nodir tosh xomashyosi namunalarini, paleontologik qoldiqlarni 
va boshqa geologik kolleksiyabop materiallarni to‘plash uchun — ikki 
yilgacha muddatga beriladi.
Yer qa’ri uchastkalari muddatsiz foydalanishga foydali qazilmalarni 
kovlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish va 
ulardan foydalanish uchun, shuningdek alohida muhofaza etiladigan 
geologik obyektlarni barpo qilish uchun berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi 
Qonunining 32- va 33-moddalari yer qa’ridan foydalanuvchilarning huquq 
va majburiyatlarini o‘rnatadi.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda 
cheklanishi, to‘xtatib turilishi yoki muddatidan ilgari tugatilishi mumkin: 

yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish bilan bog‘liq ishlar ta’siri 
doirasidagi aholi hayotiga yoki sog‘lig‘iga, atrof-muhitga tahdid yuzaga 
kelganda;

agar yer qa’ridan foydalanuvchi bir yil mobaynida yer qa’ri 
uchastkasidan foydalanishga kirishmagan bo‘lsa;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun to‘lovlar muntazam ravishda 
to‘lanmagan taqdirda;

yer qa’ridan foydalanuvchi litsenziyaning asosiy shartlarini 
buzgan taqdirda;


198 

yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga doir asosiy talablar, 
foydali qazilma konlarini ishlatishga va mineral xom ashyoni qayta 
ishlashga doir asosiy talablar, foydali qazilmalarni kovlab olish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarni qurish va ulardan foydalanish 
uchun yer qa’ridan foydalanishdagi asosiy talablar, yer qa’ridan 
foydalanish bilan bog‘liq ishlar bexatar olib borilishini ta’minlashning 
asosiy talablari bajarilmagan taqdirda.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi quyidagi hollarda 
tugatiladi: 

yer qa’ri uchastkasidan foydalanishning belgilangan muddati 
tugaganda;

yer qa’ridan foydalanuvchi yer qa’ri uchastkasidan foydalanish 
huquqidan voz kechganda;

foydalanishiga yer qa’ri uchastkasi berilgan yuridik shaxs 
tugatilgan yoki yakka tadbirkorning faoliyati tugatilgan taqdirda.
Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, to‘xtatib 
turish va tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish