Тошкент давлат юридик университети


Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni moliyalashtirish



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet114/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni moliyalashtirish
– bu 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari hamda dasturlarini respublika va 
boshqa ma’muriy hududiy birliklar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyat, shahar va tuman) byudjeti, korxona, tashkilot va muassasalar 
mablag‘lari, davlat va nodavlat ekologik jamg‘armalar, ekologik sug‘urta 
jamg‘armalari, bank kreditlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek 
chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy badallari, mablag‘lari 
hisobidan pul yoki moddiy texnika resurslari bilan ta’minlanishidir.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanishni rejalashtirish va moliyalashtirish atrof tabiiy muhitni 
muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy mexanizmining boshlang‘ich bosqichi 
bo‘lib, uni samarali yo‘lga qo‘yilganligi hamda maqsadli yo‘naltirilganligi 
bevosita atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy-huquqiy 
mexanizmining boshqa bosqichlari faoliyatining oqilona tashkil etilishi va 
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi, shuningdek ulardan ko‘zlangan 
natijalarga erishishga xizmat qiladi.
Ekologik to‘lovlar. 
Haq to‘lash tabiatdan foydalanishning muhim 
tamoyillaridan bo‘lib, u bir qator maqsadlarga erishishni ta’minlaydi: 
birinchidan, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq to‘lash davlat va 
mahalliy byudjetni to‘ldirish manbasi bo‘lib xizmat qiladi; ikkinchidan, 
to‘lovlarning muhim maqsadi – tabiatdan foydalanuvchilarni o‘zlari 
foydalanganliklari uchun haq to‘laydigan resurslardan oqilona 
foydalanishlarini rag‘batlantirish hamda ularning tabiatni muhofaza qilish 
faoliyatining samaradorligini oshirish.
O‘zbekiston 
Respublikasining 
“Tabiatni 
muhofaza 
qilish 
to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasiga ko‘ra tabiiy resurslardan maxsus 
foydalanganlik va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun to‘lovlar 
tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar hamda boshqa majburiy 
to‘lovlardan, shuningdek atrof-muhitni ifloslantirganlik (ifloslantiruvchi 
moddalarni chiqarganlik, oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik) 
uchun kompensatsiya to‘lovlaridan, tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik 
va qayta tiklaganlik uchun to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va boshqa 
majburiy to‘lovlarning miqdorlari, shu jumladan ijara to‘lovining miqdori 
tabiiy resurslarning qay darajada keng tarqalganligi, sifati, ularni qayta 
tiklash imkoniyatlari, ulardan foydalanishning qay darajada qulayligi, 
kompleksliligi, samaradorligi, ularning joylashgan yeri, chiqindilarni qayta 


128 
ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatlari hamda boshqa jihatlarni 
inobatga olgan holda aniqlanadi va tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar 
joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
qaroriga muvofiq, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya 
to‘lovlarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiiy resurslarni muhofaza qilganlik va qayta tiklaganlik uchun 
to‘lovlarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar 
tabiatdan foydalanuvchi korxonalar mahsulotlarining (bajargan ishlarining, 
ko‘rsatgan xizmatlarining) tannarxiga qo‘shiladi.
Atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik 
hamda chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarining 
summalari tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalariga tushadi.
Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlarni va atrof-
muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘laganlik 
yuridik va jismoniy shaxslarni ekologiya tadbirlarini bajarishdan va 
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
Tabiatdan foydalanganlik va unga zararli ta’sir etganlik uchun haq 
to‘lashni quyidagi bir qator mezonlarga ko‘ra tasniflash mumkin:

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish