Тошкент давлат юридик университети


Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida 
maxsus vakolatli davlat organlari 
Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanishni 
ta’minlashga oid vazifalarni hal etishda maxsus boshqaruv organlari o‘ziga 
xos ahamiyat kasb etadi. Ularga ekologik rejalashtirish, me’yorlash, 
ekspertiza, litsenziyalash, sertifikatsiyalash, nazorat va shu kabi boshqa bir 
qator ekologik boshqaruv sohasidagi muhim funksiyalarni amalga oshirish 
vazifasi yuklatilgan. Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya 
sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat 
qo‘mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik 
munosabatlarni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli maxsus 
vakolatli organlar hisoblanadi. 
Maxsus vakolatli davlat organlari tarmoqlararo, ya’ni bir necha 
tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga 
hamda tarmoqqa oid, ya’ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi 
organlarga bo‘linadi.
 
Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tarmoqlararo maxsus vakolatli davlat organi hisoblansa, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, 
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tarmoqqa oid maxsus vakolatli davlat 
organi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasi 
tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 


77 
foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda 
tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ 
hisoblanadi. 
Qo‘mita o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 21-aprel “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 
PF–5024-son Farmoniga muvofiq olib boradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyati 
haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza 
qilish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari etib quyidagilar 
belgilangan: 

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; 

atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, 
tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik 
sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; 

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga 
oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni 
yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida 
ta’sirchan tizimni tashkil etish; 

yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza qilinadigan 
tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi 
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish; 

ekologiya 
va 
atrof-muhitni 
muhofaza 
qilish 
ishlarini 
muvofiqlashtirish, tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida 
yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab 
chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash; 

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
kadastrini 
yuritish, 
shuningdek, 
yovvoyi 
hayvonlarni, 
yovvoyi 
o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va 
botanikaga oid kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish; 

ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta’limni, shuningdek, ekologiya 
va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta 
tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. 
(O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 21-aprel “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5024-son farmonining 2-bandi).


78 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish