Тошкент давлат юридик университети


O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya 
va davlat kadastri davlat qo‘mitasi
ham ekologiya sohasidagi maxsus 
vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi. “Yergeodezkadastr” davlat 
qo‘mitasi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasiga hisobot beradi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi 
tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar 
yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer 
resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) yer tuzish va ko‘chmas 
mulk kadastri davlat korxonalari, Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi, 
Markaziy va Samarqand aerogeodeziya korxonalari, Geodeziya va 
kartografiya milliy markazi, “Kartografiya” davlat ilmiy-loyihalash 
korxonasi, O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti — 
“O‘zdaverloyiha”, “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi hamda 
Kompyutyer va geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish 
markazi kiradi. Hududiy bo‘linmalar “Yergeodezkadastr” davlat 
qo‘mitasiga bo‘ysunadi va tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga 
hisobot beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va 
davlat kadastri davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 
2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri 
davlat qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizom asosida yuritadi.
Quyidagilar “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining asosiy 
vazifalari hisoblanadi: 

yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer munosabatlarini 
tartibga solish, yer tuzishni va yerlar monitoringini tashkil qilish, tuproq 
unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo‘yicha yagona davlat 
siyosati amalga oshirilishini ta’minlash; 

tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va 
ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga 
oshirish;

yerlardan oqilona foydalanilishi va ular muhofaza qilinishi 
ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

geodeziya va kartografiya faoliyatini boshqarish; 

davlat geodeziya nazoratini tashkil etish; 

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining 
davlat 
kadastrlarini 
yuritish 
sohasidagi 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish; 


79 

davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, 
binolar va inshootlar davlat kadastrini, shuningdek Davlat kadastrlari 
yagona tizimini yuritish.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish