Bazel konvensiyasi
(1996 yil 7 may).
336
muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida
Turkiya Respublikasi (1996 yil 8 may) va Xitoy Halq Respublikasi (1997
yil 11 dekabr) bilan ikki tomonlama hamkorlik bitimlari imzolangan.
Bunday bitimlarni boshqa davlatlar bilan tuzish uchun ham tayyorgarlik
mavjud.
2. Ikkinchi kategoriya manbalarga BMT Bosh Assambleyasining
bir qator rezolyusiya, deklaratsiya va xartiyalari kiradi.
a) ushbu kategoriyadagi manbalar ichida BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan tashkil etilgan va chaqirilgan Stokgolm deklaratsiyasi (1972
yil) katta ahamiyatga ega.
b) BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1980 yil sentyabr oyida
qabul qilingan “Barcha davlatlarning hozirgi va kelajak avlod uchun yer
(kurrasini) zamininini saqlash uchun tarixiy javobgarligi” to‘g‘risidagi
rezolyusiyasi ahamiyatlidir. Mazkur rezolyusiya dunyo halqlari va barcha
davlatlarning harbiy qurollanishni qisqartirishga va tabiatni muhofaza
qilishga oid aniq tadbirlarini belgilaydi.
v) BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1982 yil tasdiqlangan
“Butun jahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi”.
Ushbu, hujjat 28 oktyabr 1982 yil BMT Bosh Assambleyasi 37-
sessiyasining rezolyusiyasi bilan tasdiqlangan.
Xartiyada tabiatni muhofaza qilishning 24 asosiy prinsiplari ko‘rsatib
berilgan. Mazkur hujjatda ekologik ta’lim va tarbiya masalasiga alohida
e’tibor berilgan.
Jahon ummoni daryolar, dengiz va suv boyliklarini xalqaro
huquqiy ekologik muhofaza qilish
Xalqaro huquqda jahon ummoni – daryo, dengiz, okean va boshqa
suv resurslarini xalqaro ekologik muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
Chunki inson va boshqa tirik mavjudotlarni normal yashashi,
ko‘payishi hamda saqlanishi uchun suv boyliklari ma’lum mutanosiblikda
saqlanishi zarur.
Dengiz muhitini himoya qilish bo‘yicha davlatlarning birgalikdagi
harakati qoida tariqasida universal (amalda barcha manfaatdor davlatlar
ishtiroki bilan) yoki mintaqaviy (aniq dengizlar - Boltiq, O‘rta yer va
boshqa dengizlar bo‘yi davlatlarning ishtiroki bilan) darajalarda amalga
oshirildi. Bunday xalqaro hamkorlik rivojlanishi asosan dengizlarning
kema qatnovi oqibatida, kemalar va quruqlikdagi manbalardan
chiqindilarni chiqarib tashlash tufayli, dengiz tubi imkoniyatlarini tadqiq
qilish va foydalanish natijasida ifloslanishini oldini olish ko‘zda tutiladi.
337
Dengiz muhitini muhofaza qilishga qaratilgan ko‘plab xalqaro
hujjatlar orasida, 1954 yildagi dengizlarni neft bilan ifloslanishining oldini
olish to‘g‘risidagi London konvensiyasi (1962, 1969 va 1971 yillardagi
tuzatishlar bilan), 1973 yildagi kemalardan dengizlar ifloslanishining
oldini olish bo‘yicha xalqaro konvensiya, 1972 yildagi Chiqitlar va boshqa
materiallar bilan dengizlar ifloslanishining oldini olish bo‘yicha
konvensiya singari ko‘p tomonlama xalqaro bitimlar markaziy o‘rinni
egallaydi.
1954 yilgi London konvensiyasi (1958 yili kuchga kirgan)
davlatlarning zimmasiga dengiz muhitining ifloslanishi oldini olish
bo‘yicha muayyan majburiyatlar yuklovchi dastlabki xalqaro bitim bo‘lgan
edi. Konvensiya kemalardan neft va neft-suv aralashmasini to‘kishni
taqiqlaydi. Dastlab to‘kish uchun taqiqlanmagan maxsus zonalar
belgilangandi, lekin keyinchalik (1969 yilgi tuzatishga muvofiq) juda oz
darajadagi istisnoni hisobga olmaganda, jahon ummonining butun
akvatoriyasida bunday to‘kish taqiqlab quyildi. Konvensiya ishtirokchi
davlatlar zimmasiga portlarda kemalar va tankyerlardan neft qoldiqlari va
aralashmalarini qabul qilib oluvchi qurilmalar qurish majburiyatini
yuklaydi.
Jahon ummoni suvlarini ifloslanishdan saqlash bilan birga jonli
dengiz boyliklarini kamayishdan saqlash va ulardan oqilona foydalanish
ham g‘oyat muhim vazifa hisoblanadi. London konvensiyasi dengiz
baliqchiligini xalqaro huquqiy tartibga solishning asosiy g‘oyasini tashkil
etadi. 1958 yilgi ochiq dengizda baliq ovlash va tirik jonivorlarni
muhofaza qilish to‘g‘risidagi Jeneva Konvensiyasi (1966 yili kuchga
kirgan) ochiq dengizda baliq ovlash erkinligi tamoyilini e’lon qildi. Shu
bilan birga davlatlarga jonli resurslarni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar
ko‘rish va bu yo‘nalishdagi jamoaviy tadbirlarda ishtirok etish
majburiyatini yuklaydi. Xalqaro huquqning keng tan olingan qoidalari
bunday masalalar bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlarda aniqlashtiriladi va
rivojlantiriladi. Bular:
- davlatlarning jonli dengiz boyliklarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanishda mintaqaviy hamkorlikni tashkil etish (1949 yildagi
Atlantika ummonining shimoliy-g‘arbiy qismida baliq ovlash to‘g‘risidagi
konvensiya, 1959 yildagi Atlantika ummonining shimoliy-sharqiy qismida
baliq ovlash to‘g‘risidagi konvensiya, 1959 yildagi Qora dengizda baliq
ovlash to‘g‘risidagi bitim, Boltiq dengizida baliq ovlash va jonli
resurslarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi 1973 yilgi konvensiya va
boshqalar);
338
- ovni tartibga solish va dengizdagi jonivorlarning ayrim turlarini
muhofaza qilish (1962 yilgi Boltiq dengizidagi jonivorlarni muhofaza
qilish to‘g‘risidagi bitim, 1946 yildagi Kit ovlashni tartibga solish bo‘yicha
xalqaro konvensiya, 1972 yildagi Antarktida tyulenlarni saqlash bo‘yicha
konvensiya) va boshqalar.
Chiqitlar va boshqa materiallar bilan dengizlarni ifloslantirishning
oldini olish ifodalagan 1972 yilgi konvensiya (1975 yili kuchga kirgan)
barcha xavfli moddalar va materiallarni jahon ummoniga cho‘ktirib
yuborishni tartibga soladi. Konvensiyada ko‘zda tutilganidek, eng xavfli
moddalar bunday tartibda cho‘ktirib yoki ko‘mib yuborilmaydi. Bunday
moddalarni ko‘mib yoki cho‘ktirib yuborish uchun maxsus ruxsatnoma
zarur. Unchalik xavfli bo‘lmagan moddalarni ko‘mish yoki cho‘ktirish
uchun esa umumiy ruxsat beriladi. Bunday modda va materiallarning
ro‘yxati konvensiyada ilovalarda ko‘rsatib berilgan. Xususan, ishlanmagan
yoki yoqilg‘i nefti, og‘ir dizel yoqilg‘isi va moyi, yuqori radiaktiv
Chiqitlar, simob va simob birikmalari, mu’tadil plastmassalar,
Shuningdek, biologik va urushda foydalanish uchun tayyorlagan kimyoviy
materiallarni dengiz va ummonga tashlash butunlay taqiqlanadi.
Kemalardan dengizlarni ifloslanishi oldini olishga qaratilgan 1973
yilgi konvensiya (hali kuchga kirmagan) dengiz muhitini kemalardan
dengizga chiqarilib tashlanuvchi har qanday moddalar: neft, zaharli suyuq
moddalar, oqava suvlar va axlat bilan ifloslanishining barcha turlariga
chek qo’yish zaruriyatidan kelib chiqadi. Uning qoidalari amalda barcha
turdagi dengiz kemalariga, Shu jumladan havo “yostig‘i” bo‘lgan kemalar,
suvosti kemalari, doim bir joyda turuvchi va suzib yuruvchi kichik
stansiyalarga taalluqli bo‘ladi. Faqat harbiy, harbiy-yordam kemalari va
hukumat savdo kemalari bundan mustasnodirlar. Konvensiyaga muvofiq
neft va suyuq zaharli moddalar tashish uchun xizmat qiluvchi barcha
tankyer va boshqa kemalar vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi va tegishli
xalqaro guvohnoma olishi kerak bo‘ladi.
Xalqaro tarzdagi choralar davlatlarning mintaqaviy hamkorligi bilan
to‘ldirilmas, u yoki bu dengiz mintaqalarining o‘ziga xosligi va
xususiyatlari hisobga olinmas ekan, jahon ummoni muhitini muhofaza
qilish etarli darajada bo‘lmaydi. Keyingi yillarda bir qator mintaqaviy
xalqaro bitimlar xuddi mana shu maqsadlarni ko‘zlab tuzildi. Bular: 1974
yildagi Boltiq dengizi mintaqasi muhitini muhofaza qilish bo‘yicha
konvensiya, 1976 yildagi O‘rta yer dengizini ifloslanishdan muhofaza
qilish to‘g‘risidagi konvensiya, shimoliy dengizni ifloslanishdan saqlashga
qaratilgan bir qator bitimlar, dengiz muhitini ifloslanishdan muhofaza
339
qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi 1978 yilda qabul qilingan
Quvayt mintaqaviy konvensiyasi shular jumlasidandir.
Hozirgi paytda
Do'stlaringiz bilan baham: |