Тошкент давлат юридик университети


Eron Islom Respublikasining



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet287/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Eron Islom Respublikasining
1979 yilgi Konstitutsiyasining 50-
moddasida ham tabiatni asrab avaylash hozirgi va kelajak avlodning qulay 
atrof muhitga ega bo‘lishi va ijtimoiy mavjudligining kafolati sifatida 
Islom Respublikasining ommaviy burchi hisoblanadi. Tabiatning 
ifloslanishi yoki unga qayta tiklab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin 
bo‘lgan har qanday iqtisodiy va boshqa faoliyatlar ta’qiqlanadi, deb 
belgilab quyilgan.
Hindistonda 
atrof 
tabiiy 
muhitni 
muhofaza 
qilishning 
konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza 
qilish va uni yaxshilashga harakat qilishga majbur ekanligini hamda bu har 
bir Hindiston fuqarosidan talab qilinishini belgilaydi. Hindiston 
Konstitutsiyasining 48a-moddasida ham davlatning atrof muhitni 
muhofaza qilish va yaxshilash bo‘yicha majburiyati belgilab berilgan. 
Unga ko‘ra, davlat atrof muhitni muhofaza qilish va yaxshilash, 
o‘rmonlarni va tirik tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar 
ko‘radi. Shuningdek, uning 51a-moddasida atrof tabiiy muhitni, shu 
jumladan, o‘rmon, ko‘l, daryo va tirik tabiatni muhofaza qilish va 
yaxshilash hamda tirik mavjudotlarga g‘amxo‘rlik qilish fuqarolarning 
majburiyati sifatida ko‘rsatilgan.
Misr Arab Respublikasi 
Konstitutsiyasining 123-moddasida tabiiy 
boyliklardan foydalanish uchun ularni konsessiyaga va tashkilotlarga 
jamoat maqsadlarida foydalanish uchun berish tartibi va qoidalari qonun 
bilan belgilanishi ko‘rsatilgan. Qonunda davlatga tegishli ko‘chmas 
mulkdan tekin foydalanish, Shuningdek, davlat tomonidan o‘z ko‘char 
mulkini topshirishi holatlari va ushbu tadbirlarni amalga oshirish tartibi 
belgilanadi.
Koreya Respublikasining 
1948 yilgi Konstitutsiyasida tabiiy 
resurslardan foydalanishga oid masalalar ancha keng tartibga solingan. 
Xususan, uning 120-moddasi tabiiy boyliklarga, 121-moddasi qishloq 


349 
xo‘jaligiga, 122-moddasi yer mulkchiligiga oid qonunlarga hamda 123-
moddasi fermer xo‘jaligi va baliqchilikka bag‘ishlangan. Uning 120-
moddasida belgilanishicha, minerallar va boshqa muhim foydali 
qazilmalardan, dengiz resurslaridan, suv energiyasdan, Shuningdek, 
iqtisodiy jihatdan foydalanish mumkin bo‘lgan tabiat kuchlaridan 
foydalanishga, qayta ishlashga va iste’mol qilishga qonunchilikda 
belgilangan shartlar doirasida muayyan vaqt oralig‘ida ruxsat berilishi 
mumkin. Yer va tabiiy boyliklar davlat muhofazasida bo‘lib, davlat 
ulardan muvofiqlashgan holda foydalanish va qayta ishlash rejalarini 
belgilaydi.
Koreya 
Konstitutsiyasining 
121-moddasida 
qishloq xo‘jaligi 
sohasidagi munosabatlar tartibga solingan. Unga muvofiq, qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan davlat “yer – dehqon” 
prinsipini amalga oshirishga harakat qiladi. Qishloq xo‘jaligi ijarasi 
ta’qiqlanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hosildorligini oshirish va 
ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida qishloq xo‘jaligi 
yerlarining ijarasiga va ularni cheklangan tarzda tasarruf etishga qonun 
bilan ko‘zda tutilgan shartlar doirasida ruxsat beriladi.
Uning 122-moddasi erga oid mulkchilik to‘g‘risidagi qonunlarga 
bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, davlat qonunchilikda ko‘zda tutilgan shartlar 
doirasida barcha fuqarolarning kundalik hayotida millat yer resurslarini 
muhofaza qilish, ulardan muvofiqlashgan holda va samarali foydalanish 
uchun zarur bo‘lgan cheklov va majburiyatlarni belgilaydi.
Koreya Konstitutsiyasining fermer xo‘jaligi va baliqchilikka 
bag‘ishlangan 123-moddasida belgilanishicha esa, davlat qishloq xo‘jaligi 
va baliq ovlashni rag‘batlantirish maqsadida fermer va baliq xo‘jaliklarini 
kompleks rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqadi va 
tatbiq etadi. Fermer va baliqchilarning manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida davlat qishloq xo‘jaligi va baliq mahsulotlari narxini 
barqarorlashtirish
 
uchun talab va ushbu mahsulotlarni yetkazib berish 
o‘rtasidagi muvozanatni qo‘llab-quvvatlash, Shuningdek, ularni bozorga 
olib chiqish tizimini yaxshilash orqali barcha choralarni ko‘radi. Davlat 
fermerlar, baliqchilar va kichik va
 
o‘rtacha ishlab chiqarishni amalga 
oshirayotgan xususiy tadbirkorlarni tashkil etishga ko‘maklashadi va 
ularning mustaqil faoliyat yuritishini kafolatlaydi.
Shuningdek, Koreya Konstitutsiyasida fuqarolarning ekologiya 
sohasidagi huquqlariga oid munosabatlar ham tartibga solingan. 
Chunonchi, uning 35-moddasiga muvofiq, barcha fuqarolar hayot uchun 
qulay va inson sog‘lig‘i uchun maqbul bo‘lgan atrof muhit huquqiga ega, 
davlat va uning barcha fuqarolari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish 


350 
uchun barcha zarur choralarni ko‘radilar. Insonning atrof muhitga nisbatan 
huquqlari qonun bilan belgilanadi.
Shu o‘rinda 
AQSH
Konstitutsiyasiga atrof tabiiy muhitni muhofaza 
qilish bo‘yicha biror bir talab belgilanmaganligiga e’tibor qaratish lozim. 
Amerikalik huquqShunoslar mamlakat oliy qonunini ekologiya huquqi 
normalari shakllanadigan huquqiy tizim uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi 
“bavosita manba” sifatida ta’riflaydilar. AQSHning ekologik qonunchilikni 
ishlab chiqishda inobatga olinishi lozim bo‘lgan barcha konstitutsiyaviy 
normalarini uch yirik guruhga ajratishimiz mumkin: 1) atrof tabiiy muhitni 
muhofaza qilish sohasida huquqiy tartibga solishni amalga oshirish 
bo‘yicha Kongress vakolatlarini belgilovchi normalar; 2) ushbu vakolatni 
chegaralovchi normalar; 3) atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasini 
huquqiy tartibga solishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan fuqarolarning 
huquqlariga oid normalar. AQSH ekologik qonunchiligida asosiy o‘rinni 
konstitutsiyaviy qoidalarni sud sharhi egallaydi hamda u ekologik 
munosabatlarni har qanday sohada qo‘llashni nazarda tutadi
126
.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish