Тошкент давлат юридик университети


Shuningdek, Albaniya, Bolgariya



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet286/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

Shuningdek, Albaniya, Bolgariya, 
Vengriya, Litva, Polsha, 
Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Estoniya kabi davlatlarda 
fuqarolar va davlatning ekologiya sohasidagi huquq va majburiyatlari 
aniq-ravshan belgilab berilgan. 
 
Xususan, 
Gretsiya 
Konstitutsiyasi (1975 y.) 24-moddasida “Tabiiy 
va madaniy atrof muhitni muhofaza qilish davlatning majburiyati 
hisoblanadi”, deb belgilangan.
Avstriyad
a
 
esa, “Atrof muhitni har tomonlama muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi Federal Konstitutsiyaviy qonun (1920 y.) amal qilishi ushbu 
mamlakatning 
atrof 
muhitni 
kompleks 
muhofaza 
qilishga 
intilayotganligidan dalolat beradi.
1949 yilgi GFR Konstitutsiyasi 20a-moddasida ham davlat atrof 
tabiiy muhitni muhofaza qilishi, bugungi avlod kelajak avlod oldida 
mas’ul ekanligi uqtirilgan
125
.
Italiyaning
1947 yilgi Konstitutsiyasining 9-moddasida mamlakat 
tabiatini muhofaza qilish davlatning majburiyatlaridan biri sifatida belgilab 
quyilgan. Shuningdek, ushbu norma mazmunidan kelib chiqib, Italiya 
Konstitutsiyasining 117-moddasida ham atrof muhitni va ekotizimni 
muhofaza qilish sohasidagi qonunlar qabul qilish Respublikaning, atrof 
muhitni qayta tiklash sohasidagi qonunlarni ishlab chiqish esa, mahalliy 
hokimiyat organlarining vakolati ekanligi belgilangan.
Bolgariya Respublikasining
1991 yilgi Konstitutsiyasining 15-
moddasida esa, Bolgariya Respublikasi atrof muhitni muhofaza qilish va 
qayta tiklashni, tirik tabiatni va uning xilma-xilligini hamda tabiiy 
boyliklar va mamlakat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, 
deb belgilangan. Bolgariya Konstitutsiyasining 18-moddasiga ko‘ra, yer 
osti boyliklari, sohil bo‘yi qirg‘oqlar, respublika yo‘llari, Shuningdek, 
125
Гертруда Люббе – Вольф Основные характеристики права окружающей среды Германии // Государство и 
право. – Москва, 2000. – № 11. – С. 90. 


348 
milliy ahamiyatga ega bo‘lgan suv, o‘rmon va parklar, tabiiy rezervatlar 
faqatgina davlatning mulki hisoblanadi. Davlat kontinental shelfda va 
iqtisodiy zonada ushbu dengiz hududidagi biologik, mineral va energetika 
resurslariga nisbatan suveren huquqlarga ega. Davlat ushbu mulklardan 
fuqarolar va jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanadi va boshqaradi. Uning 
55-moddasida esa, fuqarolarning belgilangan standart va me’yorlarga 
muvofiq bo‘lgan qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqlari kafolatlangan 
hamda bir vaqtning o‘zida fuqarolar zimmasiga atrof muhitni asrab-
avaylash majburiyati yuklangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 61-
moddasida fuqarolarning davlat va jamiyatga tabiiy ofatlar sharoitida 
yordam ko‘rsatish majburiyati ham belgilab quyilgan.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish