Тошкент давлат юридик университети



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet280/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

ko‘p millatli daryolar
va boshqa suv havzalari 
davlatlar tomonidan asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 
foydalanilmoqda.
Shuning uchun ham, ko‘p millatli daryolarning suvlaridan 
foydalanishning barcha masalalari hamma manfaatdor (qirg‘oq bo‘yi) 
davlatlarning kelishib yondashishi va hamkorligini taqozo etadi. Xalqaro 
shartnoma amaliyoti xuddi mana shu yildan borayotir. Xalqaro huquqda 
hozircha 
ko‘p millatli daryolardan 
kema qatnovi, sanoat, qishloq 
xo‘jaligi va boshqa maqsadlarda foydalanishni tartibga soluvchi tamoyillar 
va me’yorlarni kodifikatsiyalovchi universal xalqaro konvensiya yo‘q. 
Bunday foydalanishning barcha turlari (yoki ularning ayrimlari)ni tartibga 
soluvchi me’yorlar qirg‘oqbo‘yi davlatlar tomonidan turli daryo havzalari 
uchun xos bo‘lgan omillarni, tabiiy, iqtisodiy va boshqa sharoitlar hisobga 
olingan holda tuziladigan maxsus xalqaro bitimlarda ifodalanadi. Bu 
bitimlarning asosini suvdan teng huquqli odil foydalanish tamoyili tashkil 
etadi va boshqa davlatlarga suvni ifloslantirish yoki biron bir boshqa yo‘l 
bilan ziyon yetkazishdan tiyilish majburiyatini yuklaydi.
Xalqaro ekologiya huquqi muammosi sifatida Orol muammosi 
alohida ahamiyatga ega.
Binobarin, ekologik vaziyatlar, atrof-muhit muhofazasi chegara 
bilmaydi. Ayniqsa, bizning mintaqadagi davlatlar barcha ekologik 
muammolarni birgalikda, hamkorlikda hal etishlari zarur. Chunki, ular bir 
daryodan suv ichadilar, bir havodan nafas oladilar, bir zaminda 
yashaydilar. Shuning uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 
xalqaro 
hamkorlik 
respublikamiz 
tashqi 
siyosatining 
asosiy 
yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Xalqaro hamkorlik esa asosan Orol 
havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash, o‘simlik va hayvonot dunyosi 
genetik fondini saqlab qolish, yer, suv, atmosfera havosi ifloslanishini
oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish doirasida olib 
borilmoqda.
Shuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi 
prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqida 
“Orol muammosi Markaziy Osiyo hududi doirasidan chiqib ketdi va 
jahonshumil ahamiyat kasb etmoqda. Uning salbiy oqibatlari bugungi 
kunda iqlim sharoiti, biologik muvozanatning o‘zgarishida, aholi 
salomatligi va bo‘lg‘usi avlod genefondiga ta’sirida ko‘rinishi mumkin”, - 
deb juda to‘g‘ri ta’kidlagan edi.


340 
Hozirgi paytda Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston, balki butun 
dunyo oldida turgan eng dolzarb ekologik muammodir. Shuning uchun bu 
masalani hal qilishda Markaziy Osiyo davlatlari, boshqa xorijiy davlatlar, 
keng jamoatchilik, turli tashkilotlar birgalikda faoliyat ko‘rsatmoqdalar. 
Shu masala yuzasidan 1993 yilda Toshkent va Qizilo‘rda, 1994 yilda 
Nukus shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yuqori 
darajadagi uchrashuvida Orol dengizini qutqarish xalqaro fondini hamda 
Orol dengizi va Orol bo‘yi mintaqasi muammolari bo‘yicha davlatlararo 
Kengash tuzish haqida qaror qabul qilindi.
Shuning uchun ham Orol va Orolbo‘yi muammolarini hal qilishda 
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. AQSH, 
Yaponiya, GDR, Fransiya va boshqa rivojlangan davlatlar, Birlashgan 
Millatlar tashkiloti, Jahon banki va boshqa turli davlat va nodavlat xalqaro 
tashkilotlari bu asr muammosini ijobiy hal qilishga o‘z hissalarini 
qo‘shmoqdalar.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, jahon ummoni daryo, dengiz va 
suv boyliklarini xalqaro huquqiy ekologik muhofaza qilish barcha halq, 
millat va elat hamda barcha davlatlarning o‘zaro hamqorligini 
mustahkamlashni taqozo qiladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish