Тошкент давлат юридик университети


Favqulodda vaziyatlar hududlari va ekologik ofat hududlarining



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet271/297
Sana20.06.2022
Hajmi5,01 Kb.
#679052
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   297
Bog'liq
Ekologiya huquq yangi 24.10.2017

 
Favqulodda vaziyatlar hududlari va ekologik ofat hududlarining 
huquqiy rejimini o‘ziga xosligi
 
Ekologik xavf hodisasining sodir etilishi va uning oqibatlarini 
bartaraf etish mazkur halokat sodir etilgan joy (obyekt) va halokat ta’sir 
doirasi qamrab olingan hududga alohida huquqiy rejim berilishini talab 
etadi va bu hududda maxsus huquq qo‘llanilishi amalga oshiriladi. Maxsus 
huquq qo‘llanilishi favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilgani va 
subyektlar uchun favqulodda huquq va majburiyatlar keltirib chiqargani 
uchun ham ushbu sohadagi tartibga soluvchi huquqlar tizimini favqulodda 
huquqlar, deb tushunish lozim.
Oqibatlarining og‘irligi va tarqalish miqyosiga qarab favqulodda 
ekologiya vaziyati quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin: 
1. 
Mahalliy-
bitta viloyatdagi bir yoki bir necha aholi yashash 
hududlari (qishloqlar, posyolkalar, tumanlar yoki shahar) miqyosida yuz 
beradi.
2. 
Hududiy-
markazi bir viloyat hududida bo‘lgan va boshqa 
viloyatlar hududiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan hodisa.
3. 
Milliy-
bir necha viloyatlarni qamrab olgan, lekin oqibatlari bitta 
davlat hududidan chetga chiqmaydigan favqulodda vaziyat.
4. 
Global-
bir davlat hududidan chiqib boshqa davlatlar hududiga 
ta’sir qiladigan favqulodda hodisalar.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom 
Karimovning BMT sammiti ming yillik rivojlanish maqsadlariga 
bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutqida ushbu muammoga oid quyidagi 
fikrni bayon etgan edi.
“Bunday sharoitda 30-40 yil avval, sobiq sovet davrida ishlab 
chiqilgan, mazkur daryolar yuqori qismida ulkan gidroinshootlarni qurish 
bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga har qanday urinishlar, boz ustiga, 
ushbu inshootlar barpo etiladigan zonalarning seysmik xavfi 8-9 ballni 
tashkil etishini hisobga olsak, bularning barchasi ekologiyaga o‘nglab 
bo‘lmaydigan zarar yetkazishi va xavfli texnogen halokatlarga olib kelishi 
mumkinligi ayon bo‘ladi”
121
.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida ekologik xavf hodisasi sodir 
121
Karimov I.A. BMT sammiti ming yillik rivojlanish maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisdagi nutqi. 20 sentyabr 
2010 yil. www.press-service.uz 


327 
etilgan hududda maxsus rejim ta’sis etilishi ko‘zda tutilib, uni favqulodda 
vaziyat (favqulodda ofat) mintaqalari, deb e’lon qilish belgilangan
122
.
Maxsus rejimni ta’sis etishdan asosiy maqsad ekologik xavf sodir 
etilgan hududda uning oqibatlaridan aholini va jamiyatni himoya qilish, 
talafot ko‘rganlarga yordam berish, zarar ko‘lamini kamaytirish, tabiat 
obyektlarini nobud bo‘lishidan saqlab qolish, ularni qayta tiklash va atrof 
muhitni sog‘lomlashtirishdan iborat bo‘ladi. Maxsus rejimli hudud 
maqsadlariga alohida tarzda huquq qo‘llash va tashkiliy-huquqiy ishlarni 
amalga oshirish orqali erishiladi.
“Favqulodda huquq” qo‘llanishi uchun ekologik xavf hodisasi 
(halokat) sodir bo‘lishi natijasida favqulodda vaziyat vujudga kelganligi va 
buning oqibatida tegishli hududni “favqulodda ekologiya vaziyati” yuzaga 
kelgan yoki “favqulodda ekologiya ofati” mintaqasi, deb e’lon qilinishi 
asos bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda 
texnogen 
xususiyatli 
favqulodda 
vaziyatlardan 
muhofaza 
qilish 
to‘g‘risida”gi Qonunida favqulodda vaziyat tushunchasiga ta’rif berilgan. 
Unga ko‘ra “favqulodda vaziyat - odamlar qurbon bo‘lishi, ularning 
sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishi, jiddiy moddiy talafotlar 
keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishga 
olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy 
hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan 
vaziyat; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish - 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, 
usullari, vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmuyidir”
123
.
Ekologik xavf hodisalarida xavf favqulodda (to‘satdan) yuz beradi, 
lekin uning oqibatlari og‘ir va davomli bo‘ladi. Favqulodda ekologik 
halokat yuz berganda eng muhimi yuz bergan hodisani idrok etish, kelib 
chiqqan oqibatlarni tezda bartaraf etib jabrlangan aholini normal hayotga 
qaytishidir.
Ma’lumki, ekologik xavf hodisalari ikki xil shaklda sodir etiladi: 
tabiiy va texnogen. Tabiiy hodisalar inson erkiga bog‘liq bo‘lmagan holda 
sodir etiladi, texnogenlari esa insonning xo‘jalik faoliyati va uning natijasi 
bilan bog‘liq bo‘ladi.
Biroq havo, suv va yer uchastkalarini qasddan zaharlash, yer va 
o‘rmon uchastkalaridan oqibati halokatga olib keladigan darajada 
foydalanish, ekologik terrorizm va boshqalarni ham ekologik xavfsizlik 
hodisalariga kiritish lozim.
122
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengash Axborotnomasi 1993 y. 1-son, 38-modda 
123
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1999. – № 9. – 221-modda. 


328 
Texnogen xaraktyerdagi ekologik xavfsizlik hodisalari - avariyalar 
asosan sanoat, transport, energetika, qurilish, suv xo‘jaligi va boshqa 
korxona va obyektlarda sodir etiladi. Shuningdek, terroristik harakat va 
zararkunandalik oqibatida avariyalar sodir etish, atrof tabiiy muhitni 
zaharlash ham xuddi Shunday obyektlarda sodir etilishi mumkin.
Texnogen ko‘rinishda sodir etiladigan halokatlarning oldini olish 
ekologik xavfsizlikni ta’minlash jarayonining asosiy negizini tashkil etadi.
Shu o‘rinda Rossiya tajribasidan foydalanish balki, ma’qsadga 
muvoffiq bo‘lar edi. Bu davlatda “Ishlab chiqarish obyektlarining sanoat 
xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda 
texnogen 
xususiyatli 
favqulodda 
vaziyatlardan 
muhofaza 
qilish 
to‘g‘risida”gi Qonunida korxonalar, tashkilotlar va muassasalar “xavf 
manbai yuqori bo‘lgan obyektlar xavfsizligi to‘g‘risida belgilangan 
tartibda deklaratsiya taqdim etishlari” shartligi belgilangan
124
.
Favqulodda ekologik xavli falokat yoki halokat natijasida vujudga 
kelgan vaziyat ma’lum bir hududni qamrab oladi. Bunday hududning 
ko‘lami (o‘lchami) kelib chiqqan oqibatlarning tarqalishiga qarab 
belgilanadi. Demak, maxsus huquqiy munosabatlar o‘lchamlari aniq 
bo‘lgan tegishli hudud doirasida vujudga keladi va tartibga solinadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish