Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi


Soliqlarning tushunchasi va ahamiyati



Download 0,77 Mb.
bet30/198
Sana08.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#332210
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   198
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik universiteti soliq huquqi

1.2. Soliqlarning tushunchasi va ahamiyati
Hozirgi vaqtda davlatning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida eng dolzarb muammolardan biri – bu soliq munosabatlarini tartibga solish masalasidir. Biron bir davlat soliqlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Soliqlar, ma’lum bir ma’noda, davlatning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov soliqlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, inqirozga qarshi choralar dasturini hayotga tatbiq qilish borasida ta’kidlaganidek, “Dastur doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim tadbirimiz – soliq yukini yengillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish bo‘yicha xo‘jalik tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rilganidir”4.

Iqtisodiy nuqtayi nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat bo‘lib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan, davlat bilan davlat mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha munosabatlar amalga oshirilgan. Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining asosiy qismi shakllantiriladi, ular Davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Soliqlar – Davlat budjetining daromad qismiga o‘tkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beg‘araz, muayyan miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovdir.5

Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim xususiyatlar soliq to‘lovlarining beg‘arazligi, majburiyligi, ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq miqdorini hamda uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan iborat6.

Soliq to‘lovlarining beg‘arazliligi shuni anglatadiki, soliqlar shaklida budjetga kiritiladigan pul mablag‘lari maqsadli yo‘nalishga ega emas. Ular yuridik va jismoniy shaxslardan davlat mulkiga beg‘araz o‘tkaziladi hamda davlat tomonidan iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudofaani moliyalashtirish, davlat apparatini saqlash uchun yo‘naltiriladi.

Davlat soliq to‘lovchilarga ular tomonidan budjetga kiritilgan mablag‘lar uchun hech qanday bevosita kompensatsiyalarni bermaydi, ya’ni soliq to‘lovchi davlatga soliq to‘laganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hech qanday manfaat kutmaydi.

Ammo soliq to‘lovlarining beg‘arazlilik xususiyati davlat soliqlarni olib, ularni to‘lovchilarga muayyan moddiy ne’matlarni bermaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Soliqlar boshqa shaklda insonlarning o‘zlariga qaytariladi.
Masalan, bepul ta’lim olish, tibbiy xizmat ko‘rsatish, pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy ta’minlash va h.k. uchun mablag‘lar asosan Davlat budjetining soliqlar hisobidan shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi.
Har bir soliq to‘lovchi uchun davlatga to‘lanadigan soliqlar hajmi bilan undan olinadigan moddiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri, ko‘zga ko‘rinadigan aloqaning yo‘qligi uning soliqqa go‘yoki zimmasiga tushadigan bir yuk sifatida qarashi uchun sabab bo‘ladi, zeroki soliq to‘lovchilar ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalanadigan davlat xarajatlari yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Ayrim to‘lovchilarning soliq to‘lashdan qochishi, o‘z daromadlarini kamaytirib ko‘rsatishga intilishi mana shundandir.

Soliq yuridik mohiyatining majburiylik xususiyati shundan iboratki, soliq to‘lovchilar qonun kuchi bilan muayyan shart-sharoitlarda soliqlarni to‘lashi shart. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 51-moddasiga muvofiq soliqlarni to‘lash bo‘yicha majburiyat konstitutsiyaviydir.

Soliqlar majburiyati hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tegishli organlar orqali davlat kuchi bilan ta’minlanadi va shu sababli soliqlarni to‘lash ixtiyoriy emas, balki majburiylik xususiyatiga ega.

Pol Mari Godmening fikriga ko‘ra “soliq tushunchasida majburiylik elementi shunchalik buyukki, bu majburiylik xususiyatiga ega bo‘lmagan tushumlarning soliq sohasidan istisno etilishiga olib keladi”.

Ayrim mamlakatlarning hozirgi zamon soliq tizimida qonun kuchi bilan majburiy bo‘lmagan soliqlar ham mavjud bo‘lib, bu cherkov solig‘i hisoblanadi. Ularni ijro etish diniy me’yorlar bilan ta’minlanadi.
Masalan, musulmon davlatlari (Yaman, Saudiya Arabistoni, Pokiston va boshqalar)da davlat dini yetarlicha rivojlangan bo‘lib, davlat tomonidan sanksiyalangan diniy soliq me’yorlari umumdavlat me’yorlari bo‘lib qolmoqda. Xususan, bunday to‘lovlardan bo‘lgan islom soliqlari (zakot, zakot al-fitr, ushr) Qur’onga muvofiq ravishda undirib olinadi va ular chet ellardagi musulmon jamoalarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlanganlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi7.
Soliqlarning muhim yuridik belgisi ularni belgilash va joriy etish tartibi hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har qanday majburiy to‘lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas.

Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir belgisi shundan iboratki, ularni to‘lash orqali oldindan qonunchilikda belgilangan tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib olinadi. Davlat davlatning budjet tizimining daromad qismiga o‘tkaziladigan soliqlar miqdori va ularni to‘lash muddatlarini belgilaydi, qonunda belgilangan ko‘rsatmalarni buzgan soliq munosabatlari subyektlariga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llaydi.

Ko‘pgina mamlakatlar qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham, soliqlarni va ularning miqdorlarini belgilash vakolati faqat yuqori qonunchilik hokimiyatiga tegishli ekanligi belgilangan. Hech kim qonunda belgilanmagan tartibda o‘z xohishiga ko‘ra soliqlarni yoki boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatishi, ularning miqdorini belgilashi mumkin emas.

Mamalakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish zarurligi muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Birinchi Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida soliq to‘lovchiga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligini barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamalakatlarning ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar8.


Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib, soliq tushunchasiga 2007-yil 25-dekabrda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida quyidagicha ta’rif berilgan.




Soliqlar – Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari.

Shu bilan bir qatorda, Soliq kodeksida boshqa majburiy to‘lovlarning tushunchasi ham mustahkamlab qo‘yildi:


Boshqa majburiy to‘lovlar – Soliq kodeksida belgilangan davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji.



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish