Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Tergov bo‘limining rahbari



Download 0,94 Mb.
bet56/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Tergov bo‘limining rahbari ham dastlabki tergovni olib borish huquqiga ega. Tergovchining faoliyati ustidan tashkiliy-protsessual rahbarlikni amalga oshiruvchi shaxslar ro‘yxati Jinoyat-protsessual kodeksining 37-moddasida belgilangan: tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhi boshlig‘i va uning o‘rinbosari. O‘zining mazmuni va hajmiga ko‘ra ularning vakolatlari murakkab xarakterga ega. Bu vakolatlar, birinchi tarafdan tergov bo‘linmasining boshlig‘iga tegishli bo‘lib, ular tergovchining faoliyatini boshqarish va nazorat qilishni ko‘zda tutsa, ikkinchi tarafdan tergov bo‘limi boshlig‘i jinoyat ishini shaxsan tergov qilish vaqtida foydalanadigan tergovchining vakolatlaridir. Tergovchi o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lsa-da, unga tergov boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i rahbarlik qiladi. Ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlarida tergov boshqarmasi boshlig‘i alohida mansabdor shaxslar bo‘lsa, prokuratura idoralarida tergov boshqarmasi boshlig‘i prokuror hisoblanadi. Tergov boshqarmasi, bo‘limi, bo‘linmasi, guruhning boshlig‘i va uning o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida jinoyatlarni ochish va ularni oldini olish yuzasidan tergovchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat qilib turadilar, jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni to‘la, xolisona va har tomonlama olib borish choralarini ko‘radilar. Tergov organining boshlig‘i va uning o‘rinbosari ishlarni tekshirib ko‘rishga, shuningdek dastlabki tergov o‘tkazish, shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etish, jinoyatni tavsif qilish va ayblovning hajmi hamda ishning yo‘nalishini belgilash, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazish haqida tergovchiga ko‘rsatmalar berishga, ishni bir tergovchidan ikkinchisiga topshirishga, shuningdek tergovchini vakolatlaridan foydalanib, dastlabki tergovni olib borishda qatnashishga va dastlabki tergovni shaxsan o‘zi olib borishga haqlidir. Tergov organi boshlig‘i va uning o‘rinbosari ish yuzasidan tergovchiga bergan yozma ko‘rsatmalari tergovchi uchun majburiydir.
Shu bilan birga, tergov boshqarmasi (bo‘lim) boshlig‘i o‘z qarorlari bilan tergovchining qarorlarini bekor qila olmaydi, bunday huquq faqat prokurorga berilgan. Agar jinoyat ishi ko‘p mehnat talab qilsa va juda murakkab bo‘lsa, dastlabki tergov tergovchilar guruhi tomonidan ham olib borilishi mumkin. Bu hollarda prokuror yoki tergov bo‘limining boshlig‘i ushbu ish bo‘yicha dastlabki tergov yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan tergov guruhiga topshirishi mumkin. Tergovchilar guruhi ustidan rahbar tayinlanadi va u ham tegishli vakolatlarga ega.
Demak, jinoyat protsessida dastlabki tergovni olib borishga vakolatli organlar va mansabdor shaxslar ro‘yxati keng hamda ular tergovni muvaffaqiyatli olib borishlari uchun qonunda belgilangan ko‘plab vakolatlardan foydalanadilar.
Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organi va mansabdor shaxslarning qatoriga tergovga qadar tekshiruv organlari ham kiradi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasi, shu jumladan jinoyat alomatlarini va jinoyat sodir etgan shaxslarni topish, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq tekshirib chiqilganidan so‘ng jinoyat ishi yuzasidan dalil tariqasida foydalanish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash maqsadida ilmiy-texnika vositalaridan foydalangan holda, zarur choralar ko‘rish vazifasi yuklatiladi. Ichki ishlar, milliy xavfsizlik xizmati, davlat bojxona xizmati organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va ularning joylardagi bo‘linmalari shu maqsadda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga haqli.
Tezkor-qidiruv faoliyatini o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 391-moddasida belgilangan quyidagilar tergovga qadar tekshiruv organlari hisoblanadi:
1) ichki ishlar organlari;
2) harbiy qismlar, qo‘shilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy o‘quv yurtlarining boshliqlari — ularga bo‘ysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek o‘quv mashqlari o‘tkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bog‘liq jinoyatlari yoki qism, qo‘shilma, muassasa yoxud o‘quv yurti joylashgan erda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha;
3) milliy xavfsizlik xizmati organlari — qonunga ko‘ra ularning yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha;
4) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha;
5) davlat yong‘indan nazorat qilish organlari — yong‘inlarga doir va yong‘inga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
6) chegarani qo‘riqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
7) olis safarda bo‘lgan dengiz kemalarining kapitanlari;
8) davlat bojxona xizmati organlari — bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari — soliq va valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar bo‘yicha;
10) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha;
11) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha.
JPKning 392-moddasida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘ining va uning mansabdor shaxsining vakolatlari keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra Kodeksning 391-moddasida sanab o‘tilgan har bir organning rahbarlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning boshlig‘i sifatida harakat qila turib, tergovga qadar tekshiruvni boshlashga yoki o‘ziga bo‘ysunuvchi boshqa mansabdor shaxsga uni yuritishni topshirishga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga yoki ish qo‘zg‘atishni rad etishga yoxud arizani, xabarni tergovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazishga haqlidir.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaxs zimmasiga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishga doir vazifalarni yuklatish tartibi mazkur organ tomonidan belgilanadi.
Boshliqning topshirig‘iga binoan va uning rahbarligida ishlayotgan mansabdor shaxs jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli etkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, kechiktirib bo‘lmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart.
Tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi zimmasiga tergovchi, surishtiruvchi yuritayotgan ish bo‘yicha ayrim protsessual harakatlarni va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqlarini bajarish hamda tergovchiga, surishtiruvchiga protsessual harakatlarni bajarishida ko‘maklashish majburiyati ham yuklatiladi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotganda, xuddi shuningdek tergovchining, surishtiruvchining topshirig‘ini bajarayotganda, ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga amal qilgan holda protsessual harakatlarni amalga oshiradi va qarorlar qabul qiladi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qarorlari mazkur organ boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi lozim. Boshliqning yozma ko‘rsatmalari ularni bajarishni to‘xtatmay turib, ushbu ko‘rsatmalar ustidan prokurorga shikoyat qilishga haqli bo‘lgan unga bo‘ysunuvchi mansabdor shaxs uchun majburiydir.
Prokurorning yozma ko‘rsatmalari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshlig‘i va uning mansabdor shaxsi uchun majburiydir. Ular prokurorning ko‘rsatmalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ko‘rsatmalarni bajarishni to‘xtatmay turib, yuqori turuvchi prokurorga ularning ustidan shikoyat qilishga haqli hisoblanadi.
2017-yil 6-sentabr kuni “Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–442-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan JPK normalariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga muvofiq surishtiruv organlari quyidagilardan iborat:
1) ichki ishlar organlari;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari;
3) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi bo‘linmalari;
4) O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va uning joylardagi bo‘linmalari surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish