Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Dastlabki tergov organlari



Download 0,94 Mb.
bet55/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Dastlabki tergov organlari prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati tergovchilari (ayrim hollarda prokuror) hisoblanadi. Tergovchi dastlabki tergov bosqichida tergovning o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi uchun mas’ul bo‘lgan asosiy shaxs hisoblanadi. Uning huquq va majburiyatlari doirasi qonun bilan belgilangan.

Tergovchi – dastlabki tergov bosqichida qonuniylik va fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash, jinoyat sodir etgan har bir shaxsning jazosiz qolmasligi va hech bir aybsiz shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishiga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qonunni to‘g‘ri qo‘llashga mas’ul bo‘lgan jinoyat protsessining ishtirokchisidir.


Jinoyat ishining xususiyati va mazmuni, bosqichi va murakkablik darajasi, malakalanishi va tergovchining tajribasidan kelib chiqqan holda tergovchi, katta tergovchi, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchi va o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi lavozimini egallashi mumkin. Tergovchi gumon qilinuvchilarni ushlab turish, jinoyat ishini qo‘zg‘atishga va tugatishga, ishni qo‘zg‘atishni rad etishga ularga nisbatan ehtiyot choralarini tanlash haqida qaror qabul qilishga, qamoqqa olish to‘g‘risidagi iltimosnoma berishga, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to‘g‘risida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqida iltimosnoma berishga, mazkur protsessual majburlov choralarini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda bekor qilishga, shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb etish va ayb e’lon qilish hamda ayblov xulosasini tuzish va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 36-moddasida belgilangan vakolatlariga ega. Eng muhimi, tergovchi bu vakolatlarini to‘la, har tomonlama va xolisona bajarishi shart. Tergovchining mustaqilligi va mas’uliyat doirasi tamoyili u bajaradigan funksiyalarning asosida yotadi. Bu tamoyil tergovchi dastlabki tergov davomida amalga oshiradigan jinoyat holatlarini o‘rganish va hal qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Aynan ish holatlarini o‘rganish jinoyat ishi bo‘yicha oraliq va yakuniy qarorlarni chiqarish va ayblov yoki himoya uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tergovchining ba’zi vazifalari ma’lum bir jinoyat ishini ko‘rib chiqishda bajarilmasligi ham mumkin (masalan, moddiy zarar qoplanishini taminlash, agar jinoyat moddiy zarar keltirish bilan bog‘liq bo‘lmasa). Ma’lum bir vazifaning amalga oshirilishini jinoyat ishini o‘rganib chiqmasdan turib aniqlash mushkul. Tergovchining faoliyati bir qator harakatlar va qarorlardan iborat bo‘lib, u qonun talablariga muvofiq jinoyat ishini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Tergovchining shaxsiy mas’uliyati u amalga oshiradigan barcha harakatlar, yechim va qarorlariga tegishlidir. Tergovchiga protsessual mustaqillikni, ya’ni qonunga asoslangan holda va o‘z ichki ishonchidan kelib chiqib ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish uchun mustaqil harakat qilish imkoniyatini taminlash lozim. Tergovchi mustaqilligining chegarasi unga berilgan vakolatlar doirasi orqali belgilanadi. Tergovchi o‘z vakolatlarini amalga oshirish davomida fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga so‘zsiz rioya qilishi lozim.


Qaysi organga tegishliligidan qat’i nazar har qanday tergovchi o‘zining faoliyati va yo‘nalishlari mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan qonun talablariga rioya qilishi shart. U har bir jinoyat tez va to‘la tergov qilishi, har bir jinoyat sodir etgan shaxs adolatli jazoga tortilishi va aybi bo‘lmagan har qanday shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmasligi, sudlanmasligi to‘g‘risidagi qonun talablarini bajarilishini taminlashi kerak.
Amaliyotdan misol: Kuzgi yig‘im-terimda hasharga chiqqan Qurilish kolleji talabalari Safarov, Latipov bilan shu yerda yashovchi Parpiyev va Toxirovlar o‘rtasida o‘zaro janjal chiqadi. Kollej o‘qituvchisi bu kelishmovchilikni bartaraf qilib, yoshlarni kelishtirib qo‘yadi. Yarim kechada Parpiyev va Toxirovlar ov miltig‘i bilan kollej talabalari joylashgan bino derazalariga o‘q uzadilar. Faqat baxtli hodisa tufayli hech kim zarar ko‘rmaydi. Parpiyev va Toxirovlar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Safarov va Latipovlar tergovchidan o‘zlarini jabrlanuvchi deb e’tirof etishni so‘raydilar. Tergovchi bu talabni rad etadi.
Prokurorning ko‘rsatmalari faqat yozma ravishda berilgan bo‘lsa, tergovchi uchun majburiy (Jinoyat-protsessual kodeksining 37-moddasi 3-qismi, 382-moddasi 3-qism 3-bandi, 4-qismlari). Bu texnik talab emas, balki protsessual-huquqiy talab bo‘lib, uning ma’nosi shundaki, prokuror tergovchiga o‘z ko‘rsatmalarini yozma ravishda tuzib, shu bilan ularning qonuniyligi va asosliligi hamda tergovchi tomonidan ularning bajarilishi natijasida kelib chiqqan oqibat uchun ham javobgar bo‘ladi. Prokurorning yozma ko‘rsatmalari protsessual hujjat sifatida ishga qo‘shib qo‘yiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish