Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet53/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Xalq maslahatchisi etib O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘ttiz yoshdan kichik bo’lmaganda yashash yoki ish joyidagi yig’ilishlarda ikki yarim yilga, harbiy xizmatni o‘tayotgan bo’lib, saylov kuniga o‘ttiz yoshga to’lgan bo‘lsa ikki yarim yil muddatga saylanishi mumkin.



Xalq maslahatchilari sudlardagi vazifalarni bajarish uchun yiliga ko‘pi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, ularning ishtirokida boshlangan sud ishini ko‘rishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar bundan mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlardan tashqari ishlar birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilayotganda xalq maslahatchilari ishtirok etadilar va ular odil sudlovni amalga oshirishda sudyaning barcha huquqlaridan foydalanadilar. Sud majlisida ishni ko‘rib chiqish jarayonida kelib chiqadigan hamma masalalarni hal qilishda va hukm chiqarishda raislik qiluvchi bilan teng huquqqa egadirlar. Shuningdek, ularga sudya bilan teng majburiyatlar yuklangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi bundan mustasno tarzida birinchi instansiyada ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqadi.
Sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish yuritib, ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi. Jinoyat ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar.
Prokuror O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida ko‘rsatilgan qoidalarga binoan jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi organlar ustidan prokuror nazorati va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. Ushbu vazifa prokuratura faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 382-moddasiga muvofiq, prokuror tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirib, o‘z vakolati doirasida: tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlaridan ishlarni tekshirish uchun, sodir etilgan jinoyatlarga oid tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini olib borilishiga doir hujjatlarni, materiallarni va boshqa ma’lumotlarni talab qilib oladi, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi ariza va ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hal etish to‘g‘risidagi qonun talablari qay darajada ijro etilayotganligini har oyda kamida bir marta tekshiradi; tergovchilarning qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi; jinoyatlarni tergov qilish, qamoq yoki uy qamog‘i ehtiyot chorasi hamda lavozimdan chetlashtirish, tibbiy muassasaga joylashtirish kabi protsessual majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan, shuningdek, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash kabi tergov harakatlariga ruxsat berishni so‘rab iltimosnoma qo‘zg‘atish, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi; shaxslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish, boshqa tergov harakatlarini bajarish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi qo‘lidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi; dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni to‘liq amalga oshiradi; jinoyat-protsessual qonunda belgilangan tartibda tergov yuritish muddatini uzaytiradi; ishlarni dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish to‘g‘risida o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi; har qanday ishni surishtiruv organlaridan olib tergovchiga beradi, shuningdek uni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga, bir tergovchidan boshqasiga o‘tkazadi; tergovchini, agar u ishning tergov chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, dastlabki tergov ishlarini davom ettirishdan chetlatadi. Prokurorning Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibga muvofiq dastlabki tergov organlariga tergovga qadar tekshirish o‘tkazish, ishlarni qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ko‘rsatmalarini bajarish majburiydir.



Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarni ijro etilishi ustidan prokuror nazorati – bu qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratning bir qismi bo‘lib, jinoyat sodir etilganligi to’g’risidagi ariza va xabarlarni ko’rish hamda hal qilish, tekshirishni amalga oshirishning JPKda belgilangan tartibi, chiqarilgan qarorlarning qonuniyligi dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlar ijro etilishi ustidan olib boradigan nazoratining sohasidir.

Protsessual va tergov harakatlari ustidan prokurorlik nazoratining vazifalarini quyidagi qoidalardan kelib chiqqan holda tahlil qilish mumkin: jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslar faqat qonunda ko‘rsatilgan tartib va asoslardagina ushlanishi lozim; hech kim noqonuniy va asoslanmagan ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi va huquqlari cheklanmasligi kerak; hech bir shaxs sudning ajrimisiz qamoqqa olinishi mumkin emas; jinoyat ishi qo‘zg‘atishning va tergov olib borishning qonunda ko‘rsatilgan tartibiga, uning muddatlariga rioya etish va protsess ishtirokchilari huquqlarining himoyasiga e’tibor qaratishi shart; har bir jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksida ko‘rsatilgan me’yorlarga asosan barcha sharoitlar hisobga olinib, har tomonlama, to‘la va xolisona, ayblanuvchining aybliligi va aybsizligini isbot qiladigan, aybni og‘irlashtiradigan va yengillashtiradigan barcha holatlar aniqlanib, tergov qilinishi shart; sodir etilgan jinoyatning sabablari, uni sodir etishga zamin tayyorlagan sharoitlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilishi kerak.


Bundan tashqari prokuror yoki uning o‘rinbosari ko‘p voqeali jinoyat ishlari bo‘yicha ayblovni ayrim voqealari yuzasidan muayyan shaxsga nisbatan to‘plagan dalillarni ayblov xulosasi tuzish uchun yetarli deb e’tirof etsa, shu voqealar bo‘yicha tergovni tamomlash va ishni sudga yuborish haqida yozma ko‘rsatma berishga haqli (Jinoyat-protsessual kodeksining 383-moddasi). Bir mansabdor shaxsga turli shakldagi bunday vakolatlarning berilishi prokurorning dastlabki tergov bosqichidagi protsessual holatining o‘ta murakkab ekanligini ko‘rsatadi, tergov natijalari uchun javobgarlik uning zimmasiga yuklatilgan.






Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish