Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan



Download 0,94 Mb.
bet52/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

3.2. Jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan
davlat organlari va mansabdor shaxslar

Jinoyat ishlari yurituviga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar ichida sud markaziy o‘ringa ega subyektdir. Zero, aynan sud odil sudlov funksiyasini amalga oshirib, jinoyat hodisasi yuzasidan yakuniy qarorni qabul qiladi.





Mustaqil sud to‘g‘risidagi talab – har bir insonning huquqi demakdir.
(Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 10-moddasi).



Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasi).


Bugungi kunda sud-huquq islohotlari jarayonida ishlarni sudda ko‘rishning bir muncha takomillashtirilgan protsessual tartibi joriy etildi, sud kadrlarini tanlash va lavozimga tayinlash borasida ancha samarali tizimga asos solindi, sud oldida protsess ishtirokchilarining tengligi qonun bilan mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy Sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Sudlarda ishlar hay’at hamda yakka tartibda ko‘riladi. Jinoyat ishini ko‘rib chiqishda sudning tarkibida saylangan va tayinlangan sudyalar hamda xalq maslahatchilari ishtirok etadilar.
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo‘yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib, ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib, ajrim chiqaradi. Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ular apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilganidan keyin ko‘rib, qaror (ajrim) chiqaradi. Bundan tashqari, yuqori sudlar o‘z vakolatlari doirasida quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.





Sud tarkibi




Oliy Sud ishlarni uch nafar sudyalar tarkibida ko’radi
Oliy Sud ishlarni uch nafar sudyalar tarkibida ko‘radi


Sud yakka yoki hay’at tartibida ish yuritishi mumkin faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar.




Hay’at – sudya va ikkita xalq maslahatchilaridan iborat

Sud faoliyati mustaqil va faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga hamda uning asosida qabul qilingan qonunlarga asosan, oshkoralik, taraflar tortishuvi va aybsizlik prezumpsiyasi kabi prinsiplarga va jinoyat protsessining boshqa demokratik asoslariga tayanadi.


Sud muhokamasiga tuman (shahar) sudining raisi shaxsan o‘zi raislik qiladi yoki raislik qilish uchun sudyani tayinlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining sud majlislarida sud raisi yoki uning tanlovi bo‘yicha rais o‘rinbosari, sud hay’atining raisi yoki uning tayinlovi bo‘yicha tegishli sudning sudyasi raislik qiladi. Sud majlisida raislik qiluvchining rahbarligi sud protsessining tarbiyaviy ahamiyatini ta’minlab, ish holatlarini tartibli ravishda ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratadi. Sud muhokamasida raislik qiluvchining aniq harakatlari, xalq maslahatchilari va taraflar bilan fikrlashuvi protsessual qonun talablariga qat’iy rioya qilgan holda ish olib borishi, qonunga e’tiqod va e’tirof bilan yondashuvi protsess ishtirokchilaridan ham shuni talab qilish uchun zamin hozirlaydi. Sud ishni ko‘rishda uni har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirilishini taminlash choralarini ko‘rishi, sudlanuvchining aybini yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni aniqlashi, shuningdek ish yuzasidan haqiqatni aniqlash uchun faqatgina jinoyat ishi materiallari va dalillar bilangina chegaralanib qolmay o‘z tashabbusi bilan dalillar to‘plashi va tekshirishi lozim.
Sud tarkibi ishni to‘la tekshirish uchun qo‘shimcha dalillar to‘plash, hujjatlarni talab qilib olish, ish yuzasidan sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertni so‘roq qilish, ariza va iltimoslarni qabul qilish, tanaffus e’lon qilish, qidiruv e’lon qilish, ish yuzasidan kelmagan jabrlanuvchi va guvohlarni majburiy keltirish, sud muhokamasi paytida tartibni buzganlarga va sudga hurmatsizlik qilganlarga nisbatan choralar ko‘rish huquqiga ega.
Sud tarkibiga sud muhokamasida bo‘lgan ishning barcha holatlarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish, iltimos va arizalarni ko‘rib chiqib, sudning qarorini e’lon qilish, ishtirokchilarni tarjimon bilan taminlash, qonunga so‘zsiz bo‘ysunish, obyektiv haqiqatni aniqlash, sudlanuvchi shaxsni qonun asosida aybdor deb topib, unga nisbatan jazo belgilash, sud muhokamasida tilga e’tibor berish, sud muhokamasining bevositaligi, og‘zakiligi va oshkoraligini taminlash, zarur hollarda yopiq sud majlisi o‘tkazish, sud muhokamasining tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish va sud ishtirokchilarining sudga bo‘lgan hurmatini oshirish majburiyatlari yuklatiladi.
Sud (sudya va xalq maslahatchilari) ning jinoyat ishlarini hay’atda va yakka tartibda ko‘rib chiqish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining
13-moddasida batafsil o‘z ifodasini topgan. Ushbu moddada ish birinchi instansiya sudi tomonidan hay’atda ko‘rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. Jinoyat-protsessual kodeksining
30-moddasiga ko‘ra, jinoyat ishini ko‘rishda ushbu sud tarkibiga tayinlangan yoki saylangan sudyalar va xalq maslahatchilari qatnashadilar. Sud hay’atida ikki nafar xalq maslahatchilarining ishtirok etishi aholini odil sudlovga jalb etish vositasi sifatida tan olinadi. Sud maslahatchilari birinchi instansiya sudi tomonidan jinoyat ishi ko‘rilganda bevosita ishtirok etadilar. Ular sud muhokamasida kelib chiqadigan muammolar, turli protsessual va hukmga oid masalalarni hal etishda bevosita sudya bilan birgalikda ishtirok etadilar va o‘z fikr-mulohazalarini sudyaga yetkazadilar. Agar xalq maslahatchisining fikri raislik qiluvchi sudyaning fikriga mos kelmasa, raislik qiluvchi ushbu fikrining noto‘g‘riligini tushuntirib berishi shart.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish