Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 11-moddasi 1-qismi



Download 0,94 Mb.
bet45/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 11-moddasi
1-qismi.




“Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi”.
Konstitutsiyaning 26-moddasi 1-qismi.



2.14. Aybsizlik prezumpsiyasi

Aybsizlik prezumpsiyasi (lotin tildagi “presumption” – “taxmin” so‘zidan kelib chiqqan) shaxs huquqlari himoyasini ta’minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining muhim demokratik prinsiplaridan biri hisoblanadi. Ushbu prinsip faqat jinoyatga oid sud ishlarini yuritishda amal qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi 1-qismida va O‘zbekiston Respublikasi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi 2-qismida batafsil belgilab berilgan.


Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi inson huquqlari sohasida asosiy xalqaro hujjatlarning qoidalariga asoslanadi: Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi (11-modda), Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (14-modda), Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasi (6-modda 2-qism). Aybsizlik prezumpsiyasining asosida umumiy, keng e’tirof etilgan axloq normasi yotadi, unga muvofiq har bir inson aybdorligi isbotlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasiga binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak”.
Barcha fuqarolar qonunga itoatkor bo‘lishlari taxmin qilinishi va davlat tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishlari faqat qonunda nazarda tutilgan shartlar mavjudligida va qat’iy taomil qo‘llanilishi natijasida mumkinligi mazkur prinsipning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga amal qilish shaxsning asossiz hukm qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan kafolat sifatida xizmat qiladi.
Aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqadigan, ushbu institutning huquqiy maqomini shakllantiradigan hamda surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlarining huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatida hisobga olinishi va rioya qilinishi lozim bo‘lgan bir qator qoidalar amaldagi jinoyat-protsessual qonunida mustahkamlangan:
– gumon qilinuvchi, ayblanuvchi (sudlanuvchi) o‘z aybsizligini isbotlashga majbur emas; ayblovni isbotlash hamda gumon qilinuvchi va ayblanuvchining himoyasiga keltirilgan dalillarni rad etish vazifasi ayblovchining zimmasiga yuklatiladi; jinoiy ta’qibni amalga oshirishda prokuror, tergovchi, surishtiruv organi va surishtiruvchi jinoyat alomatlari topilgan har bir holda jinoyat ishini qo‘zg‘atishlari, jinoiy hodisani, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni jazolash uchun qonunda nazarda tutilgan barcha choralarni ko‘rishlari shart;
– aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi 3-qismi); mazkur qoida jinoyat ishi bo‘yicha olib boriladigan dastlabki tergovga ham tatbiq etilgan bo‘lib, jinoyat ishini tugatish, sodir etilgan jinoyat tavsif qilinishining o‘zgarishi tufayli ayblov hajmi yoki uning xususiyati o‘zgarishi kabi protsessual oqibatlarga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan dalillarni to‘plashning barcha vosita va usullari tugagan bo‘lsa hamda ish bo‘yicha to‘plangan dalillar orqali hal etilishi mumkin bo‘lmagan shubhalar mavjud bo‘lsa, ushbu shubhalar bartaraf etib bo‘lmaydigan shubhalar deb e’tirof etilishi lozim;
– jinoyat ishini yuritishni amalga oshiruvchi davlat organlari va sud majlisida sud ish holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolis o‘rganishlari shart; sud isbotlash majburiyatini sudlanuvchi zimmasiga yuklatishga haqli emas; sud tomonidan dalillarni bevosita tekshirish sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar, ekspertning ko‘rsatuvlarini eshitish, bayonnoma va boshqa hujjatlarni o‘qib eshitish, dalillarni o‘rganish bo‘yicha boshqa sud-tergov harakatlarini amalga oshirish bo‘yicha sudning majburiyatini ko‘zda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 26-moddasi);
– ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, ishda mavjud bo‘lgan dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin;
– ayblov hukmining taxminlarga asosan chiqarilishi qonun bilan taqiqlanadi; sudlanuvchi aybli ekanligi sud muhokamasi davomida o‘rganilgan ishonchli dalillarning yetarli majmuasi bilan isbot qilingan taqdirdagina ayblov hukmi chiqariladi.
Ko‘rsatilgan qoidalar bir vaqtning o‘zida aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi amal qilishini taminlashda tegishli kafolatlar sifatida xizmat qiladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hukmi yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina haqiqatni, shu jumladan, isbotlashning asosiy masalasi, ya’ni ayblanuvchining aybi bo‘yicha xulosani aks ettiruvchi hujjat deb e’tirof etiladi.
Aybsizlik prezumpsiyasi nafaqat asossiz ayblov va hukm qilishga yo‘l qo‘ymaydigan kafolatdir. Ayblovning shubhasiz isbotlanishi shartligi hamda bartaraf etib bo‘lmaydigan shubhalarni ayblanuvchi foydasiga hal qilinishi zarurligi to‘g‘risidagi mazkur prezumpsiyaning talablari davlat organlarini ish holatlarini xolis, beg‘araz va adolatli tarzda aniqlashga yo‘naltiradi va shu orqali sud tomonidan ishning adolatli hal qilinishini ta’minlaydi. Aybsizlik prezumpsiyasidan chetga chiqish odil sudlovda qonuniylikning buzilishiga va fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari cheklanilishiga olib keladi.


Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.



Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish