Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil



Download 0,94 Mb.
bet143/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.19. Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil
sifatida ishga qo‘shib qo‘yish
(Muallif – y.f.n., dotsent B.N.Rashidov)



Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish deganda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ma’lumotga ega narsalar, hujjatlar yoki boshqa yozuvlarning ish uchun ahamiyatliligini aniqlash va belgilangan tartibda ishga qo‘shib qo‘yishdan iborat jarayonlar tushuniladi.

Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish haqida so‘z yuritishdan avval dalillar haqida qisqacha to‘xtalish maqsadga muvofiq.


Dalil deganda ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-yuz bermaganligini, shu qilmishni kim sodir etganligini va uning sodir etilishida kimlar aybliligini hamda ishni haqqoniy hal etish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlashga asos bo‘ladigan, qonunda belgilangan tartibda to‘plangan ma’lumotlar tushuniladi. Dalillar ashyoviy yoki yozma bo‘lishi mumkin.
Yozma dalillar deganda so‘z, raqam, chizma yoki boshqa shaklda yozilgan va ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash, o‘zgartirish, berish uchun mo‘ljallangan hujjat yoki boshqa yozuvlar tushuniladi. Shuningdek, tergov harakatining bayonnomasi, sud majlisi bayonnomasi va ularning ilovalari ham yozma dalil hisoblanadi. Hujjatlar va boshqa yozuvlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 205-moddasida belgilangan tartibda olinishi bilan maxsus rasmiylashtirilmasdan yozma dalil sifatida ishga qo‘shiladi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 202-modda).
Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish ikki usulda amalga oshiriladi:
1. Ashyoviy dalil sifatida ishga qo‘shish;
2. Yozma dalil sifatida ishga qo‘shish.
Narsa va hujjatlarni ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qo‘shib qo‘yish alohida tergov harakati sifatida e’tirof etilmaydi, ammo ko‘pgina tergov harakatlari natijalarini ifodalaydigan va ularga baho berish amalga oshiriladigan harakat hisoblanadi.
Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlar olinganda ko‘zdan kechiriladi va tegishli tergov harakati bayonnomasida ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalari qayd etiladi. Ko‘zdan kechirishda narsa yoki hujjatning ish uchun ahamiyatli, shuningdek uni boshqa narsa va hujjatlardan farqlovchi o‘ziga xos belgilari aniqlanadi. Ko‘zdan kechirish natijasida ish uchun ahamiyatli belgilarga (ma’lumotlarga) ega ekanligi aniqlangan narsa va hujjatlarni ashyoviy dalil deb e’tirof etish va uni ishga qo‘shib qo‘yish haqida qaror chiqariladi. Ushbu qarorda ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlab turish uchun topshirish masalasi hal qilinadi. Ashyoviy dalillar Jinoyat-protsessual kodeksi 210-moddasiga asosan egasiga qaytariladi yoki ashyoviy dalillar masalasi Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasi talablari asosida hal etilgunga qadar belgilangan tartibda saqlab turish uchun topshiriladi.
Ishga ashyoviy dalil sifatida qo‘shib qo‘yilgan pul, qimmatli qog‘ozlar, valyuta boyliklari, zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallardan, qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar, shuningdek bunday buyumlarning rezgilari mutaxassis ishtirokida ko‘zdan kechirilib, saqlash uchun surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisobiga topshiriladi. Boshqa narsalar surishtiruv, dastlabki tergov organining ashyoviy dalillarni saqlash xonalarida, tegishli moddiy javobgar shaxs mas’ulligida saqlanadi. Tez buziladigan narsalar, uy hayvonlari, parrandalar va boshqa hayvonlarni egasiga qaytarib berish mumkin bo‘lmaganda, ular qarab turish yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanish uchun tegishli korxona, muassasa, tashkilotlarga topshiriladi.
Jinoyat ishi bo‘yicha saqlash uchun topshirilgan ashyoviy dalillar masalasi hukmda, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror yoki ajrimda Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal etiladi.
Jinoyat ishi boshqa tergov organiga o‘tkazilayotganda, prokuror yoki sudga yuborilayotganda ashyoviy dalillar ro‘yxat qilinib, birma-bir sanab ko‘rsatiladi, har bir ashyoviy dalilning qayerda ekanligi qayd etiladi va ushbu ro‘yxat ishga ilova qilinadi.
Ashyoviy dalillar yo‘qolganda yoki shikastlanganda kelib chiqadigan masalalar Jinoyat-protsessual kodeksi 212-moddasiga asosan hal etiladi.
MAVZU BO‘YICHA XULOSALAR
Mazkur mavzuni o‘rganishda talabalar jinoyat ishlari bo‘yicha ish yurituvini amalga oshirish jarayonida dalillarni to‘plashning usullari bo‘lgan tergov va sud harakatlarining jinoyat-protsessual qonunida, tarmoq qonun hujjatlarida, xorijiy davlatlar qonunchiligida mustahkamlanishiga oid masalalarni o‘zlashtirish va qiyosiy-huquqiy tahlil orqali tergov va sud harakatlarini o‘tkazishning asoslari va protsessual tartibini va natijalari bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlarni o‘rganishlari lozim.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish