Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Narsa va hujjatlarni taqdim qilish



Download 0,94 Mb.
bet142/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.18. Narsa va hujjatlarni taqdim qilish
(Muallif – y.f.n., dotsent B.N.Rashidov)

Narsa va hujjatlarni taqdim qilish deganda, ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan yoki ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni ishga qo‘shib qo‘yish maqsadida, uning egasi tashabbusi bilan yoki ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etilishi tushuniladi.

Ayrim jinoyat ishlari bo‘yicha fuqarolar tomonidan muayyan narsa, ashyo, buyum va hujjatlar ish uchun ahamiyatga ega deb baholanib, ishga qo‘shib qo‘yish uchun surishtiruvchi, tergovchi va sudga taqdim etiladi. Shu bilan birga, surishtiruvchi, tergovchi va sud ham ayrim narsa va hujjatlarni fuqarolardan, korxona, muassasa, tashkilotlar va mansabdor shaxslardan talab qilib oladilar.


Taqdim etish harakati ikki xususiyatiga ko‘ra turlarga ajratiladi:
1. Taqdim etiladigan obyektga ko‘ra;
2. Tashabbus subyektiga ko‘ra.
Taqdim etiladigan obyektga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1. Narsalarni taqdim etish;
2. Hujjatlarni taqdim etish.
Tashabbus subyektiga ko‘ra ham o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi:
1. Narsa va hujjat egasining tashabbusiga ko‘ra taqdim etish;
2. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning talabiga ko‘ra taqdim etish.
Taqdim etish harakati ham dalillarni to‘plashga, ham kelgusi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi. Dalillarni to‘plash maqsadida o‘tkazilgan taqdim etish natijasida olingan narsa va hujjatlar belgilangan tartibda ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Narsa egasining tashabbusiga ko‘ra taqdim etish harakati dalillarni to‘plashga xizmat qiladi. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ish uchun ahamiyatli bo‘lishi va dalil deb e’tirof etish mumkin bo‘lgan narsalar kimda va qayerdaligini bilsalar, taqdim etish tergov harakatini emas, olib qo‘yish yoki tintuv tergov harakatini o‘tkazadilar. Faqat hujjatlarni taqdim etishni talab qilish yoki vaziyatga ko‘ra olib qo‘yish yoxud tintuv tergov harakatini o‘tkazish orqali olishlari ham mumkin. Ammo jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan avval tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish paytida ish uchun ahamiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan hujjatlar faqat taqdim etish orqali talab qilib olinadi.
Tergov harakatlarini o‘tkazishga sharoit yaratish maqsadida surishtiruvchi, tergovchi va sudning talabiga ko‘ra taqdim etish quyidagi holatlarda o‘tkaziladi:
1) eksperiment o‘tkazishda tekshirilayotgan hodisaning holatini va sharoitini qayta tiklash uchun foydalaniladigan o‘xshash narsalar yoki maketlar;
2) tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan narsa bilan turdosh bo‘lgan narsalar;
3) tergov yoki sud harakatlarini yuritish yoxud ekspert tekshiruvini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan moslamalar, asbob-uskunalar, anjomlar, materiallar, agar bunday narsalar surishtiruvchi, tergovchi yoki sudda yoxud ularning topshirig‘i bo‘yicha harakat qilayotgan mutaxassis, ekspert yoki ekspertiza muassasasida bo‘lmasa, zarurat qolmagach, bu narsalar egasiga qaytariladi.
Narsa va hujjatlarni taqdim etish jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlash va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning faol ishtiroki bilan birga isbotlash jarayonlarining samaradorliligini taminlashga xizmat qiladi. Chunki ushbu harakat jarayonida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar kuchlari bilan jamoatchilikning bir maqsad sari intilishi ko‘zga tashlanadi.
Faqat ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va hujjatlarni taqdim etish natijalari belgilangan tartibda bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada umumiy rekvizitlar bilan birga narsa yoki hujjatni taqdim etgan shaxs haqida ma’lumotlar, ushbu shaxsning taqdim etgan narsa va hujjatni ishga qo‘shib qo‘yish haqidagi iltimosi, narsa va hujjatni ko‘zdan kechirish jarayoni va natijalari, narsa va hujjatni ish uchun ahamiyatli yoki ahamiyatli bo‘lishi mumkin deb topilganda, u olinganligi, aksincha holatda esa, u taqdim etgan shaxsga qaytarib berilganligi ko‘rsatiladi. Narsa va hujjat olinganda uni taqdim etgan shaxsga bayonnoma nusxasi beriladi. Narsa va hujjat egasiga qaytarib berilganida esa, uni ishga qo‘shib qo‘yish haqidagi iltimosni rad etish haqida qaror chiqariladi.
Muayyan tergov harakatlarini o‘tkazishga sharoit yaratish maqsadida vaqtincha foydalanish uchun talab qilingan narsalarning olinganligi va qaytarib berilganligi tilxat orqali rasmiylashtiriladi.
Jinoyat ishi bo‘yicha, shuningdek tergovga qadar tekshiruv davomida (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 329-modda) surishtiruvchi, tergovchi korxona, muassasa, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslardan, fuqarolardan hujjatlar va yozma tushuntirish berishni talab qilishga haqli. Shu bilan birga, korxona, muassasa, tashkilot rahbarlaridan o‘z vakolatlari doirasida hujjatli taftish yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazib taftish yoki tekshiruv dalolatnomasini taqdim etishlarini ham talab qilishlari mumkin. Bunda hujjat yoki ma’lumot taqdim etish so‘rovnomalar, yozma topshiriqlar orqali talab qilinadi. Ushbu tartibda taqdim etilgan tushuntirishlar, hujjatli taftish dalolatnomasi, xizmat tekshiruvi xulosasi yoki boshqa hujjatlar ishga maxsus rasmiylashtirilmasdan qo‘shib qo‘yiladi.


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish