Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish



Download 0,94 Mb.
bet139/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.16. Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish
(muallif – A.R.Matmurotov)

Ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish tergov harakati surishtiruvchi, tergovchining qarori, sudning esa ajrimiga asosan amalga oshiriladi. Unda: namuna oladigan shaxs yoki organ; namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxs; aynan qanday namuna va qancha miqdorda olinishi lozimligi; namuna olinadigan shaxs qachon va kimning huzuriga kelishi zarurligi; olingan namunaning qachon va kimga taqdim qilinishi kerakligi ko‘rsatilishi lozim.


Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud odamning, murdaning, hayvonning, o‘simlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qo‘yilgan savollarni hal qilish uchun zarur bo‘lsa, amalga oshiradi.
Tirik odamdan o‘zida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi quyidagi namunalar olinishi mumkin:
– biologik − qon, soch, so‘lak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar;
– psixofizik − dastxat;
– anatomik − teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari;
– ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar.
Murdani ko‘zdan kechirishda ham tekshiruv o‘tkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin.
Namuna tariqasida xom ashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki o‘ziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin.
Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert gilza, o‘q, buzish asboblari va boshqa obyektlarining tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, o‘xshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir.
Jinoyat-protsessual kodeksining 189-moddasiga asosan namuna olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga shaxsni yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lmasa va alohida kasb mahoratini talab qilmasa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning o‘zi, zarurat bo‘lganda esa shifokor, boshqa mutaxassis, ekspert ishtirokida o‘tkaziladi. Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish yalang‘och bo‘lishni taqozo etsa yoki alohida kasb mahoratini talab qilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudning topshirig‘iga binoan tekshiruv uchun namunalarni shifokor yoki boshqa tibbiy mutaxassis oladi.

Jinoyat-protsessual qonunchiligiga asosan ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar quyidagi shaxslardan olinishi mumkin:

  • gumon qilinuvchi;

  • ayblanuvchi;

  • sudlanuvchi;

  • jabrlanuvchi;

  • tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha ustidan ish yuritilayotgan shaxs.

Shu bilan birga, hodisa sodir bo‘lgan joyda yoki ashyoviy dalillarda boshqa shaxslar tomonidan ham iz qoldirilgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yetarlicha asoslar bo‘lgan taqdirda shu shaxslardan ham ekspert tekshiruvi uchun namuna olinishi mumkin.
O‘zidan namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortayotgan gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar majburiy keltirilishi mumkin va ushbu holatda qo‘llaniladigan usullar og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz usullarda majburlov yo‘li bilan olinishi mumkin.
Surishtiruvchi yoki tergovchi namuna olinishi kerak bo‘lgan shaxsni chaqirtiradi yoki u turgan joyga borib, uni namuna olish to‘g‘risidagi qaror yoki sudning o‘ziga kelib tushgan ajrimi bilan tanishtirib tilxat oladi va bu shaxsga, mutaxassisga, xolislarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Agar kimdir rad etilgan bo‘lsa, bu masalani hal qiladi. Shundan so‘ng surishtiruvchi yoki tergovchi kerakli harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lmagan ilmiy-texnikaviy vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Murdadan, shuningdek xom ashyolardan, mahsulotlardan, boshqa materiallardan namunalar olish, eksgumatsiya qilish, olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Olingan namunalar tegishli tartibda o‘raladi va muhrlanadi. Keyin surishtiruvchi yoki tergovchi ularni namuna olish bayonnomasi bilan birga tegishli ekspertga yuboradi. Agar namuna olish sudning ajrimiga binoan amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu ajrimni bajargan surishtiruvchi yoki tergovchi namunalarni ularni olish to‘g‘risidagi bayonnoma bilan birga yuboradi.
Sud taraflar ishtirokida namunalarni ko‘zdan kechirib, ularning haqiqiyligiga va to‘la saqlanganligiga ishonch hosil qilgandan keyin olingan namunani ajrim va bayonnoma bilan birga tegishli ekspertga yuboradi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish to‘g‘risidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasi qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan hal qilinadi. Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og‘riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanishi mumkin. Kuchli og‘riq beradigan murakkab tibbiy harakatlar va usullarni qo‘llash faqatgina namuna olinishi lozim bo‘lgan shaxsning roziligi bilan, basharti u o‘n olti yoshga to‘lmagan yoki ruhiy kasal shaxslar bo‘lsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Namuna olish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar bir jinsdagi shaxslar doirasidan bo‘lishi talab qilinadi. Yuqoridagi harakatlar yuzasidan surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzishi, sud esa, o‘ziga kelgan namunalarni sud majlisi bayonnomasiga kiritishi talab qilinadi.
Namunalar o‘ralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi. Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tug‘ilsa, unda surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi.
Tekshiruv o‘tkazish jarayonida ekspert tomonidan tadqiqot ishlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan tajriba namunalari tayyorlanishi mumkin. Surishtiruvchi yoki tergovchi bunday namunalarni tayyorlash chog‘ida hozir bo‘lishga haqli bo‘lib, bu hol ular tomonidan tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Ekspert tekshiruv o‘tkazib bo‘lganidan keyin namunalarni muhrlangan holda o‘z xulosasiga qo‘shib qo‘yadi. Surishtiruvchi yoki tergovchi, sud muhokamasida esa, sud va taraflar ekspert taqdim qilgan tajriba namunalarini ko‘zdan kechiradilar, shundan so‘ng ular ashyoviy dalil sifatida jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yadilar.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish