Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet129/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.10. Eksperiment
(Muallif – yuridik fanlar nomzodi A.B. Rajabov)



Eksperiment tergov harakati deganda, jinoyat ishi bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lum voqeaning holatini qayta tiklash yo‘li bilan tajriba harakatlarini o‘tkazish, biror hodisaning sodir bo‘lish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning voqelikda qanday yuz berishi va izlarning qolish yo‘sinlarini aniqlash, shaxsning qobiliyatlari (ko‘rish, eshitish yoki jismoniy) va tergov tusmollarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan protsessual harakat tushuniladi.

Eksperiment so‘zi lotincha “exprimentum” so‘zidan olingan bo‘lib, “sinash”, “tekshirib ko‘rish” degan ma’nolarni anglatadi.


Ushbu ta’rif orqali eksperiment oddiy ko‘rinsa-da, uni chuqurroq mulohaza qiladigan bo‘lsak, ancha o‘ziga xos jihatlariga ega ekanligini anglash mumkin. Chunki, jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan ba’zi dalillarni tekshirish orqali undagi ma’lumotlarni ishonchliligi va haqqoniyligini aniqlashda samarali qo‘llanilishi mumkin. Ya’ni, eksperiment shaxsning bergan ko‘rsatuvlaridagi voqea, holat, vaziyat va jarayonlar haqidagi ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik mosligini, o‘sha voqea, holat, vaziyat va jarayonlarni tajriba o‘tkazish orqali qayta tiklab o‘tkazishdan iboratdir.
Eksperiment tergov harakati tekshiruvning xususiyatlariga ko‘ra bir necha turlarga ajratiladi. Bularga:
– eshitish qobiliyatini tekshirish;

  • ko‘rish qobiliyatini tekshirish;

  • muayyan xatti-harakatlarni bajara olish yoki bajara olmaslik qobiliyatini tekshirish;

  • ma’lum bir harakatlarni muayyan vaqt oralig‘ida sodir eta olish qobiliyatini tekshirish;

  • tergov tusmollarini tekshirish v.h.

Bundan tashqari, eksperiment tergov harakati jinoyat sodir etilishida izlarni qolish yo‘sinlarini aniqlash uchun ham o‘tkazililishi mumkin. Eksperiment surishtiruvchi yoki tergovchining qarori yoxud sudning ajrimiga asosan o‘tkaziladi.
Eksperiment tergov harakatini o‘tkazish jarayonida uning samarali bo‘lishini taminlash maqsadida jinoyat yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan paytdagi holat qayta tiklanishi zarur.
Eksperimentni uni o‘tkazish vaziyatini hisobga olgan holda quyidagicha tasniflash mumkin:

  • eksperiment o‘tkazishga faqat tergovchining qarori yetarli bo‘ladigan holatlar;

  • eksperiment o‘tkazishga prokurorning ruxsati talab etiladigan holatlar;

  • eksperiment o‘tkazish taqiqlanadigan holatlar.

Ushbu qayd etilgan holatlar eksperiment o‘tkazishda jiddiy e’tibor talab etuvchi holatlar bo‘lib, bunday vaziyatda tergovchi yetuk bilim, tajriba va mahoratga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi.
Eksperiment o‘tkazishga prokurorning ruxsati talab etilmagan va qonun bo‘yicha uni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar bo‘lmagan taqdirda eksperiment o‘tkazishga faqat tergovchining qarori yetarli bo‘ladi.
Eksperiment natijasida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mulkiy zarar yetkazilishi, ishlab chiqarish tartibotining, transport vositalari harakati jadvalining buzilishi va boshqa noxush oqibatlarning kelib chiqishi ehtimol bo‘lsa, surishtiruvchining, tergovchining bunday eksperiment o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga prokuror sanksiya berishi lozim.
Agarda eksperimentning o‘tkazilishi natijasida jamoat tartibi yoki axloq normalarining buzilishi ehtimoli bo‘ladigan yoki shunday oqibatlar yuz berishi muqarrar bo‘lsa, uni o‘tkazish taqiqlanadi.
Eksperiment tergov harakati o‘tkazishga amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi bo‘yicha faqatgina jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan keyingina ruxsat beriladi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilmasdan oldin o‘tkazilgan eksperiment natijasida olingan ma’lumotlar daliliy ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Eksperiment tadqiqotini o‘tkazish ekspertga topshirilgan taqdirda uning harakatlari sud ekspertizasining tarkibiy qismiga kiritiladi va u eksperiment tergov harakati sifatida baholanmaydi (Jinoyat-protsessual kodeksi 154-modda). Chunki eksperiment tergov harakati ekspertizadan farqli o‘laroq shaxsan tergovchining o‘zi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Ekspertiza esa tergov harakatlari sirasiga kiritilsada bunda tergovchining harakatlari faqatgina ekspertiza tayinlash to‘g‘risida qaror chiqarish va uning bajarilishini (tadqiqot qismini) ekspertga topshirish bilan tamomlanadi, ya’ni tergovchi ekspertizani shaxsan o‘zi o‘tkazmaydi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi eksperimentni xolislar, sud esa taraflar ishtirokida o‘tkazadi. Murakkab eksperimentlar kamida ikki nafar xolis va bir necha mutaxassis ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
Jinoyat protsessining ishtirokchisi sifatida tergovchi ushbu tergov harakatini o‘tkazilishida markaziy o‘rinni egallaydi. U eksperiment o‘tkazilishini rejalashtiradi, tashkillashtiradi, majburiy va ixtiyoriy ishtirok etuvchi shaxslar doirasini belgilaydi hamda tergov harakati o‘tkazilishining boshidan oxiriga qadar bevosita rahbarlik qiladi.
Eksperimentni o‘tkazish o‘z ichiga asosan uchta bosqichni qamrab oladi: uni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish bosqichlari.
Eksperimentni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichida tergovchi quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:

  • jinoyat ishi materiallarini va ish holatlarini sinchiklab o‘rganib chiqish va eksperiment o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi (prokurorning sanksiyasini olish talab etilgan holatlarda prokurorning sanksiyasini oladi);

  • tergov harakatining ishtirokchilariga o‘zini tanishtirib, ularning protsessual huquq va majburiyatlarini, shuningdek eksperimentning maqsadi, bajarish ketma-ketligini va mazmunini, har bir ishtirokchining vazifalarini hamda faqatgina tergovchining ko‘rsatmalari asosan harakat qilishlarini, shuningdek ishtirokchilar o‘rtasida ularning bir-birlari bilan qanday aloqa qilish tartibini va boshqalarni tushuntiradi;

  • eksperimentni o‘tkazish joyi va vaqtini belgilaydi (bunda jinoyat sodir etilgan vaqtdagi vaziyatni iloji boricha qayta tiklash mumkin bo‘lgan joy va vaqt tanlanishi lozim);

  • jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki ularning vakillariga, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga va uning himoyachilariga tergovchi, tarjimon, mutaxassislarni rad etish xohishlari bor yoki yo‘qligini aniqlaydi hamda mutaxassis va tarjimondan o‘z o‘zini rad qilish uchun asoslar ularda bor yoki yo‘qligini so‘raydi v.h..

Eksperiment tergov harakatining ishtirokchilari ham ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga mazkur tergov harakatida ishtirok etishi majburiy bo‘lgan ishtirokchilar bo‘lib, unga tergovchi va kamida ikki nafar xolis kiritiladi. Ikkinchi guruhga esa tergov harakatida ishtirok etishi majburiy bo‘lmagan ishtirokchilar bo‘lib, unga guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, mutaxassis kabi ishtirokchilar kiradi.
Eksperiment o‘tkazishga mutaxassis va ekspert, shuningdek tajriba harakatlarini olib boruvchi shaxslar jalb qilinishi mumkin. Ko‘rsatuvlari tekshirilishi lozim bo‘lgan shaxslar esa bu jarayonda ishtirok etishi shart bo‘ladi.
Bunda guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatuv berishdan bo‘yin tovlaganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatuv berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantiriladilar. Eksperiment ishtirokchilariga uning maqsadi va o‘tkazilish tartibi tushuntiriladi.
Eksperimentning ikkinchi bosqichida bevosita tajriba harakatlari amalga oshiriladi. Ya’ni bunda ma’lum hodisa, sharoit yoki hollatlarning qayta takrorlash harakatlari zarur bo‘lsa tajribalar bilan bog‘liq harakatlar o‘tkaziladi.
Tajriba harakatlarini o‘tkazishdan oldin o‘rganilayotgan hodisa sharoitlari tekshirilayotgan ko‘rsatuv yoki tusmollarga to‘la muvofiq holda tiklangan bo‘lishi lozim. Buning uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlarning har biriga alohida-alohida o‘zi qatnashgan yoki shohid bo‘lgan hodisaning sharoit v.h.latlarini tiklash taklif qilinishi mumkin. Shundan keyin surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli tajriba harakatlarini o‘tkazadi, shu maqsadda o‘lchash, foto va videotasvirga olish, ovoz yozish, reja tuzish, chizmalar chizish, eksperimental qoliplar va izlarning nusxalarini tayyorlash mumkin.
Eksperiment o‘tkazish sharoiti tiklanayotgan harakat yoki hodisalar jinoyat sodir etilgan sharoitga iloji boricha o‘xshash bo‘lishi lozim. Tajribalar imkon boricha bir necha marta o‘tkazilishi lozim. Tajribalarning sharoitlari ishning holatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh, mutaxassis va ekspertga eksperiment yuzasidan savollar berilishi mumkin. Sudning ijozati bilan eksperimentda ishtirok etayotgan shaxslarga taraflar ham savol berishi mumkin. Taraflar va eksperimentda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar surishtiruvchining, tergovchining va sudning e’tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‘lgan barcha holatlarga qaratishga, eksperiment sharoitiga aniqlik kiritishni va tajriba harakatlarini takrorlashni talab qilishga haqlidir. Ko‘rsatuvi tekshirilayotgan shaxs eksperiment munosabati bilan o‘zining qo‘shimcha so‘roq qilinishini talab qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 155-modda).
Amaliyotdan misol: O‘g‘rilik fakti yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovchi, gumon qilinuvchining xonadonga oynaning tuynugi orqali kirishi mumkinligini tekshirish uchun eksperiment o‘tkazishga qaror qildi. Eksperiment joyiga olib kelingan gumon qilinuvchi tuynuk orqali turar joyga kirmasligi, o‘g‘irlik haqida hech narsani bilmasligi va avval berilgan ko‘rsatmalari yolg‘onligi hamda ular tergovchining ta’siri ostida berganligini ma’lum qilib eksperimentda ishtirok etishdan bosh tortdi.
Eksperiment o‘tkazishning uchinchi bosqichi yakunlovchi bosqich hisoblanib, mazkur bosqich tergov harakati natijalarini bayonnoma orqali rasmiylashtirish va ushbu bayonnomani ishtirokchilarga tanishtirish bilan nihoyasiga yetadi. Eksperiment o‘tkazish bayonnomasi – bu asosiy protsessual hujjat bo‘lib unda eksperimentning o‘tkazish shartlari, jarayoni va natijalari to‘liq qayd qilinadi.
Agarda eksperiment sud tergovi jarayonida o‘tkazilgan bo‘lsa, eksperimentning borishi va natijalari sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
Eksperiment bayonnomasi kirish, tavsiflovchi va xulosa (yakunlovchi) qismlardan tarkib topishi, uning kirish qismida esa quyidagilar aks ettirilishi lozim: bayonnoma tuzilgan sana va joy, tergov harakatining boshlanish va tugash vaqti; eksperiment o‘tkazgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va unvoni, jinoyat ishining raqami va Jinoyat kodeksining qo‘zg‘atishga asos bo‘lgan moddasi, xolislarning familiyasi, ismi, sharifi, tug‘ilgan yili, yashash manzili, boshqa ishtirokchilarning familiyasi, ismi, sharifi, tajriba harakatlarini amalga oshiruvchi shaxsning protsessual maqomi, uning familiyasi, ismi, sharifi, eksperiment ishtirokchilariga ularning protsessual huquq va majburiyatlari, javobgarligi tushuntirilganligi to‘g‘risida belgilar, xolislarga ularning huquq va majburiyatlari va javobgarligi Jinoyat-protsessual kodeksining 74-moddasi talablari asosida tushuntiriladi va ular bayonnomaga bu to‘g‘risida imzo qo‘yadilar.
Shundan so‘ng mutaxassisga uning protsessual huquq, majburiyatlari va javobgarligi tushuntiriladi va mutaxassis bu belgini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Bayonnomada eksperiment paytida qanday texnik vositalar kim tomonidan va qanday tartibda qo‘llanilganligi ko‘rsatiladi.
Bayonnomaning tavsif qismida eksperimentning o‘tkazish sharoiti ya’ni kunning qaysi qismida o‘tkazilganligi va ob-havoning qanday bo‘lganligi, eksperimentning o‘tkazish uslubi, eksperiment ishtirokchilari o‘rtasida majburiyatlar qanday taqsimlanganligi, eksperiment paytida qanday harakatlar, qanday ketma-ketlikda amalga oshirilganligi, uning natijasida qanday ma’lumotlar olinganligini, eksperiment o‘tkazish jarayoni va natijalarini qayd etishda qaysi turdagi texnik vositalardan (foto, video, ovoz yozish va boshqalar) foydalanilganligi ko‘rsatiladi hamda olingan fotosurat, videotasvir yoki ovozli ma’lumotlar va boshqa shunga o‘xshash ashyolar bayonnoma ilova qilinishi lozim.
Bayonnomaning xulosa qismida tergov harakati ishtirokchilarining bayonnoma bilan tanishganliklari va uni imzolari orqali tasdiqlaganliklari hamda bayonnomaga nisbatan ularda taklif yoki shikoyatlarning bor yoki yo‘qligi qayd etiladi. Eksperiment bayonnomasini tergovchi imzolagandan so‘ng u o‘z nihoyasiga yetkaziladi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish