Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Murdani eksgumatsiya qilish



Download 0,94 Mb.
bet128/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati tergov amaliyotida kam uchraydigan, zururat tug‘ilgan holatlarda o’tkaziladigan harakatlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Eksgumatsiya so’zi lotincha “exhumation” “ex” – dan, “humas” - yer, tuproq so’zlaridan olingan bo’lib, ya’ni yerga ko’milgan joydan qazib olish degan ma’noni anglatadi.

Tergovchi murdani eksgumatsiya qilishni sog‘liqni saqlash organlari


bilan kelishgan holda va murda ko‘milgan joy vakilining ishtirokida amalga oshiradi. Eksgumatsiya surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, xolislarning ishtirok etishi shart. (Jinoyat-protsessual kodeksi 149-modda). Bu tergov harakatida xolislar ishtirok etishi shart. Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimni tergovchi, surishtiruvchi qabriston ma’muriyati va sud-tibbiyot ekspertizalari muassasasiga yuboradi va eksgumatsiya qilish kunini va vaqtini (aniq vaqtini) belgilaydi, agar murdani qabristondan ekspertiza muassasasiga yuborish kerak bo‘lsa, sanitar-epidemiologik stansiyaga transport vositasi bilan taminlash to‘g‘risida eksgumatsiya qilish ajrimida bu muassasani qayd etib, u erga ham shu ajrimni yuboradi va transportning qabristonga yetib kelish vaqti qayd etiladi.
Madomiki, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o‘tkazishda marhumning qarindoshlari norozilik bildirsalar, bu holat ichki ishlar organi yordamida bartaraf etilib, murdani eksgumatsiya qilish tergov harakati majburan o‘tkaziladi.
Murdani eksgumatsiya qilishning protsessual tartibi. Prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarurmateriallar prokurorga yuboriladi. Qabriston ma’muriyatiga, sog‘liqni saqlash organiga hamda zarur bo‘lsa, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi ma’muriyatiga va sud-tibbiyot ekspertiza o‘tkazish muassasasiga yuborish huquqiga ega.
Eksgumatsiyaga: ikkita xolis, sud-tibbiyot eksperti, qabriston vakili, texnik yordamchilar (ikki kishidan kam bo‘lmagan holda), eksgumatsiyani videoyozuvga olish bo‘yicha mutaxassis, ekspert-kriminalist va zarur bo‘lsa, yana boshqa sohadagi mutaxassislar qatnashishi kerak. Eksgumatsiyaga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi hamda murdani tanib oluvchi shaxslar taklif etilishi mumkin.
Murdani eksgumatsiya qilish tergov harakatini o‘tkazishda ishtirok etayotgan barcha shaxslarga ularning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilishi va mazkur tergov harakatining maqsad va vazifalari to‘g‘risida ayon qilinishi lozim.
Eksgumatsiya qilinadigan joyga yetib borilgach, ushbu harakatda ishtirok etuvchi barcha qatnashchilar nazoratida tergovchi eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimni o‘qib eshittiradi. Qabriston vakili ajrim bilan tanishganligi to‘g‘risida imzo chekadi. Shundan so‘ng, tergovchi bayonnomada eksgumatsiyada ishtirok etuvchi barcha shaxslarning kimligi, qayerda istiqomat qilishi, qaysi muassasada ishlashi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni kiritib, ularni tegishli huquq va majburiyatlari bilan tanishtirganligi to‘g‘risida belgi qo‘yib, tasdiqlovchi imzolarni bayonnomada qayd etadi va texnik yordamchilarga qabrni kovlash to‘g‘risida buyruq beradi. Qabrni kovlashdan avval qabrda dafn etilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qachon tug‘ilganligi va vafot etgan yili, oyi va kuni bayonnomada aks ettirilishi lozim (bu ma’lumotlar tegishli eksgumatsiya qilish ajrimda ham bo‘lishi shart). Texnik yordamchilar qabrni kovlab bo‘lganlaridan so‘ng, tergovchi tobutga olish to‘g‘risida buyruq beradi (agarda bu harakat xristianlarning (qabristonida o‘tkaziladigan bo‘lsa), agar bu harakatlar musulmonlar qabristonida o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda xilxonadan kafanga o‘ralgan murda foto yoki videoga olinadi (xristian qabristonida tobutning dastlabki holati fotoga yoki videoga muttasil olib turilishi lozim).
Tobut tepaga chiqarilgandan keyin tobutni texnik yordamchilar ochadilar va shu lahza foto yoki videovositalar bilan murda holatini qayd etish kerak va uning holati tergovchi, xolislar va sud-tibbiyot mutaxassisi tomonidan ko‘zdan kechiriladi. Musulmon qabristonida kafanga o‘ralgan murda tepaga chiqarilgandan keyin fotosuratga (videoyozuvga) olinadi, so‘ng matoni murda bilan maxsus tayyorlangan joyga o‘tkazib, kafandan murda ochiladi. Bu joyda maxsus tayyorlangan oq choyshabga murda yotqiziladi va murdani tergovchi, xolislar va sud-tibbiyot eksperti ko‘zdan kechiradi. Ushbu harakatda ekspert-kriminalist va boshqa sohadagi mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Eksgumatsiya qilingan murdani tashqi ko‘zdan kechirish va uning ichki organlarini tadqiq qilish o‘lim sababini aniqlashdan tashqari, uni vujudga keltiruvchi hollarni tiklashga imkon beradi, bu esa jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Murda eksgumatsiya qilingandan so‘ng ushbu tergov harakati bo‘yicha asos bo‘lgan maqsad amalga oshiriladi:
1) murda ko‘zdan kechiriladi;
2) murdani tanib olish uchun ko‘rsatiladi;
3) ekspertiza zaruriyati bo‘lsa uni ekspertizaga yuboriladi;
4) taqqoslash uchun tadqiqot o‘tkazish kerak bo‘lsa, undan tegishli namunalar olinadi.
Bu harakatlar protsessual qonunda qayd etilgan qoidalarga asosan amalga oshirilishi lozim.
Eksgumatsiya qilingan murdaning ekspertizasi har doim to‘liq bo‘lishi kerak va sud-tibbiyot eksperti murdaning uchta qismidan – miya qobig‘idan, ko‘krak qafasidan va ichakdan (qorindan) tegishli ravishda foydalanib, ochishi va ko‘zdan kechirish, ularning holatini qayd etishi, zarur bo‘lsa namunalar (qon, ichakda bo‘lgan chiqindilar, soch tolalari, tirnoq tagidagi qoldiqlar, jinsiy organlarning ichida bo‘lgan biologik mikrozarralar v.h.larni) olish kerak. Murdani sud-tibbiy jihatdan yorib ochish yaqin bo‘lgan sud-tibbiyot o‘likxonasi yoki qabristonda amalga oshiriladi. Ekspertiza qilishdan avval tergovchi bu to‘g‘rida tegishli qaror chiqarishi kerak va u ekspert muassasasiga yuboriladi.
Murdani eksgumatsiya qilish natijalarini protsessual qayd etish. Eksgumatsiyani amalga oshirgandan keyin tergovchi, surishtiruvchi murdani dafn etish to‘g‘risida buyruq beradi va texnik yordamchilar murdani qayta qabrga dafn etadilar. Ushbu tergov jarayoni muttasil videoyozuvga yozib boriladi yoki ushbu vositalar bo‘lmasa suratga olib boriladi.
Videoyozuv tergov harakati ishtirokchilariga ushbu tergov harakati yakunlanganidan so‘ng namoyish qilinadi va bu bayonnomada qayd etilib, tergov harakati qatnashchilari tomonidan imzolar bilan tasdiqlanadi. Agar eksgumatsiya paytida ushbu tergov harakatida ishtirok etuvchi shaxslarda shu tergov harakatiga nisbatan biron-bir qo‘shimcha, aniqlashtirish, e’tiroz, ariza yoki shikoyat keltiradigan bo‘lsalar, u holda tergovchi keltirilgan barcha qo‘shimcha, aniqlashtirish, e’tiroz, ariza yoki shikoyatlarni bayonnomada qayd ettirilishi lozim.
Eksgumatsiya paytida murdadan olingan namunalar yoki biron-bir obyektlar to‘g‘risida tergovchi bayonnomada qayd etishi va shu namunalar, obyektlar nimaga o‘ralgani, muhrlangani, imzolangani, muhrning raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Eksgumatsiyani boshlash va yakunlash vaqti bayonnomada ko‘rsatiladi. Bayonnoma o‘tkazilgan tergov harakatiga iltimos bo‘lib, u to‘g‘ri qayd etilganligi to‘g‘risida ishonch hosil qilgan tergov harakatining qatnashchilari uni imzolari bilan tasdiqlaydilar, tergovchi oxirida imzo chekadi. Eksgumatsiya harakatini bayonnomada qayd etganda ushbu bayonnomaning har bir sahifasi tergovchi va xolislar hamda sud-tibbiyot mutaxassisi tomonidan imzolanishi shart.
Murdani ekspertiza qilib bo‘lgandan keyin uni qabristonga jo‘natiladi va qayta dafn etiladi. Tergovchi murdani eksgumatsiya qilish maqsadi, ekspertiza qilish masalasi asosida bu tergov harakatini o‘tkazganda murdani eksgumatsiya qilinganligi va sud-tibbiyot muassasasiga yuborilganligi to‘g‘risida tegishli bayonnoma tuzadi, xolislar va shu tergov harakatida ishtirok etgan boshqa shaxslar bilan ushbu bayonnomani o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi. Agar shu tergov harakatini o‘tkazish davomida foto, kino yoki video vositalar qo‘llanilgan bo‘lsa, bu ham bayonnomada o‘z ifodasini topish lozim. (Jinoyat-protsessual kodeksi 149-modda).
Surishtiruvchi yoki tergovchi murdaning tashqi ko‘rinishini u topilgan joyda xolislar va sud-tibbiyot sohasidagi mutaxassis shifokor ishtirokida ko‘zdan kechiradi. Bunday mutaxassis shifokor ishtirok etishiga imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, boshqa shifokor ishtirok etadi. Zarur hollarda murdani ko‘zdan kechirish uchun boshqa mutaxassislar, shuningdek ekspertlar jalb qilinadi. (Jinoyat-protsessual kodeksi 138-modda).
Murda topilgan joyda uni tanib olish uchun ko‘rsatish chog‘ida tanib oluvchi tanib olish lozim bo‘lgan shaxs yoki narsaning belgilari, alomatlari, xususiyatlari to‘g‘risida oldindan so‘roq qilinishi lozim. (Jinoyat-protsessual kodeksi 126-modda).
Surishtiruv yoki dastlabki tergov vaqtida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Sud muhokamasida o‘tkazilgan tanib olish uchun ko‘rsatish sud majlisi bayonnomasida qayd qilinadi.
Barcha hollarda bayonnomaga: tanib oluvchi, tanib olish uchun ko‘rsatish sharoiti, jarayoni va natijalari, tanib olish uchun ko‘rsatilgan shaxslar, ularning yoshi, bo‘yi, millati, turar joyi, ko‘zga tashlanuvchi belgilari, kiyimlari; tanib olish uchun ko‘rsatilgan narsalar tavsifi, tanib olish uchun ko‘chmas obyektlar ko‘rsatilganda esa, shuningdek tanib oluvchi ko‘rsatgan yo‘nalishlar va izlanayotgan obyektga biror aniq joydan borish yo‘llari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi lozim.
Tanib olish uchun fotosuratlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, bayonnomaga fotojadval ilova qilinishi lozim. Tanib oluvchining ko‘rsatuvlari, shuningdek unga tergovchi, sud, taraflar yoki boshqa shaxslar tomonidan berilgan savollar va qaytarilgan javoblar bayonnomaga yozib boriladi. (Jinoyat-protsessual kodeksi 131-modda).
Tanib olinmagan murdalarning barmoq izlari olinishi shart, murdadan tekshirish uchun boshqa xil namunalar ham olinishi mumkin. Tanib olinmagan murdani faqat prokuror ruxsati bilangina ko‘miladi. (Jinoyat-protsessual kodeksi 138-modda).
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa eksgumatsiya jarayoni va natijalarini sud majlisining bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomaga qabr, tobut va murdaning fotosuratlari, kinotasvir hamda videoyozuvlari ilova qilinishi mumkin. (Jinoyat-protsessual kodeksi 151-modda).
Agar eksgumatsiya paytida foto, kino, ovoz yozish, videotasvirni qo‘llash harakatlari yoki murdadan qoliplar va namunalar olish harakatlari amalga oshirilgan bo‘lsa, u holda texnik vositalarning to‘liq nomlanishi, ularning texnik parametrlari, ishlatish qoidalari va sharoitlari, murdaga nisbatan ular qanday jihatdan qo‘llanilganligi va olingan natijalarni, olingan qoliplar va namunalar qanday obyektlarga yoki narsalarga o‘ralganligi, imzolar bilan tasdiqlanganligi bayonnomada qayd etilishi kerak.
Eksgumatsiyadan va boshqa protsessual harakatlardan so‘ng murdani ko‘mish murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida qaror yoki ajrim chiqargan shaxsning ishtirokida amalga oshiriladi. Murda ko‘milganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi (Jinoyat-protsessual kodeksi 152-modda).
Murda eksgumatsiya qilinganidan va boshqa protsessual harakatlar (ko‘zdan kechirish, tanib olish yoki ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish) o‘tkazilganidan keyin murda qazib olingan joyiga qayta dafn etilishi kerak. Agar eksgumatsiya harakatlari va murdani qayta dafn etish harakatlari aynan bir kunning o‘zida amalga oshiriladigan bo‘lsa, bu holda yagona bir bayonnomada bu harakatlarni qayd etish maqsadga muvofiq bo‘ladi, agar murdani eksgumatsiya qilish va uni qayta dafn qilish orasidagi vaqt bir kundan ko‘proq muddatni talab qilsa, bu holda murdani eksgumatsiya qilish uchun qayta dafn etish haqida alohida bayonnoma tuziladi.
Eksgumatsiyaning maqsadi amalga oshirilganidan keyin tergovchi, surishtiruvchi murdani dafn etish to‘g‘risida buyruq beradi va texnik yordamchilar murdani qabrga qayta dafn etadilar va ushbu tergov jarayoni muttasil videotasmaga yozib boriladi yoki ushbu vositalar bo‘lmasa fotosuratga qayd etib boriladi. Qayta dafn etish jarayonida tergovchi, surishtiruvchi eksgumatsiya to‘g‘risida bayonnoma tuzadi va uni ushbu tergov harakatida ishtirok etgan shaxslarga ovoz chiqarib o‘qib beradi va ishtirokchilardan shu tergov harakati hamda bayonnomani tergov harakatiga muvofiq bo‘lishi bo‘yicha ular qanday qo‘shimchalar, e’tirozlar, arizalar yoki tergovchining harakatiga nisbatan shikoyatlari bor yoki yo‘qligini so‘raydi. Agar tergov harakatida ishtirok etgan shaxslar biron-bir e’tiroz, shikoyat, ariza yoki qo‘shimchalarga ega bo‘lsalar, u holda tergovchi bu e’tiroz, shikoyat, ariza yoki qo‘shimchalarning hammasini bayonnomada qayd etishi lozim. Bayonnoma ushbu harakatda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanib tasdiqlanadi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish