Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Murdani eksgumatsiya qilish



Download 0,94 Mb.
bet127/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

7.9. Murdani eksgumatsiya qilish
(Muallif - yuridik fanlar nomzodi, dotsent Sh.A.Kulmatov)

Ushbu tergov harakati aksariyat hollarda dastlabki tergov va surishtiruv jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etish uchun o‘tkaziladi.


Ko‘zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chiqarib olish zarur bo‘lgan taqdirda prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur tergov harakatini o‘tkazish asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Tergovchining yoki surishtiruvchining murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
Sud murdani eksgumatsiya qilishni surishtiruv organlariga yoki tergovchiga topshiradi, bu haqda ajrim chiqaradi (Jinoyat-protsessual kodeksi 148-modda).
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sud`yasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, qonuniy vakil yoki murdasi eksgumatsiya qilinishi lozim bo‘lgan vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlaridan biri, zarur hollarda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi.
Sud majlisining o‘tkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o‘tkazish zaruratini asoslab beradi, so‘ngra taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi. Sudya murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risida yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimi o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi prokurorga ijro uchun, gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga esa ma’lumot uchun yuboriladi.
Sudyaning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.
Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma to‘rt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instantsiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi sudning murdani eksgumatsiya qilish to‘g‘risidagi ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi. Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmay qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va murdani eksgumatsiya qilishga
ruxsat berishga yoki murdani eksgumatsiya qilishni rad etishga haqli.
Murdani eksgumatsiya qilish rad etilgan taqdirda, aynan o‘sha murdaga nisbatan mazkur masala bo‘yicha takroran sudga murojaat qilishga murdani eksgumatsiya qilishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yo‘l qo‘yiladi.
Murdani eksgumatsiya qilish jarayonida tibbiyot nuqtayi nazaridan ushbu tergov harakati ishtirokchilarining sog‘lig‘i hayotiga xavf tug‘diruvchi omillardan saqlanish kerak, tegishli aseptika-antiseptika qoidalariga rioya qilib, tibbiyot niqoblari va qo‘lqoplarida, maxsus kiyimda va poyabzalda o‘tkazish va shundan so‘ng dezinfeksiya harakatlarini o‘tkazish kerak bo‘ladi. Bu harakatlar murdadan tarqaluvchi zaharli hiddan saqlanish, murdadan kelib chiqadigan kasalliklarni profilaktika qilish harakatlarini o‘z ichiga olishi zarur. Bu talablarni amalga oshirmagan surishtiruvchi yoki tergovchi u bilan ishtirok etayotgan tergov harakati qatnashchilarini salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, tergov harakatining qatnashchilari bu haqda tushuntirish o‘tkazishi va yuqorida qayd etilgan qoidalarga bo‘ysunishlari kerak (Jinoyat-protsessual kodeksi 148-modda).




Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish