Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish



Download 0,94 Mb.
bet119/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

1. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati obyekti faqat tirik odam hisoblanadi. Shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasida belgilangan. Shaxsni tanib olish uchun tergov olib borilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan, tashqi belgilari bilan o‘ziga o‘xshaydigan shaxslar guruhi orasida xolislar huzurida ko‘rsatiladi. Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan shaxslarning umumiy soni uch nafardan kam bo‘lmasligi kerak. Jinoyat protsessi nazariyasida shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib olinuvchilar statistlar deb yuritiladi.
Tanib olinuvchi kiyimi, soch qirqtirishi yoki tarashi yoxud boshqa belgilari bilan tanib olish uchun ko‘rsatiladigan o‘zga shaxslar orasida yaqqol ajralib turmasligi lozim.
Tanib olinuvchiga tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxslar guruhi orasida istagan joyni egallash taklif qilinadi.
Shundan so‘ng tanib oluvchi chaqirtiriladi. Tanib oluvchi avval kim to‘g‘risida ko‘rsatuv bergan bo‘lsa o‘sha shaxsni ko‘rsatishi, tanib olingan shaxsni qaysi belgilar orqali taniganligini ham tushuntirib o‘tishi lozim.
Jinoyat-protsessual kodeksining 127-moddasiga asosan shaxsni tanib olish uchun ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda yoxud xavfsizlikni taminlash maqsadida uning fotosuratidan foydalanish mumkin.
Tanib olish uchun jadval qog‘ozga yaxshilab yopishtirilib, muhrlangan va raqamlangan, lekin suratga olingan shaxslarning ismi va familiyalari ko‘rsatilmagan kamida uchta fotosurat ko‘rsatiladi.
2. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish. Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksining 128-moddasida belgilangan.
Tergov olib borilayotgan joyga, sudga yoki boshqa joyga olib borilishi mumkin bo‘lgan narsalar, narsalarning bo‘lagi va hayvonlar jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan boshqa turdosh narsalar orasida tanib olish uchun ko‘rsatiladi.

Turdosh narsalar – bu tanib oluvchi so‘roq qilinganda tasvirlaganidan tashqi belgilari, alomatlari, xususiyatlari bo‘yicha jiddiy farq qilmaydigan narsalar tushuniladi.

o‘tkazish uchun asos - bu isbotlash uchun zaruriyat bo‘lib, unda ilgari taassurot qoldirgan obyektni tanib olishga taqdim qilingan obyekt taqqoslanadi. Agar obyekt isbotlashning boshqa uslub yoki vositalar orqali aniqlanadigan bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazishning zarurati yo‘q.


Ko‘char narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakati kamida ikki nafar xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.


Tanib olish uchun ko‘rsatilayotgan turdosh narsalarni joylashtirish tartibi surishtiruvchi, tergovchi tomonidan xolislar huzurida belgilanadi. Narsa­larga tartib raqamlari qo‘yib chiqiladi. Ko‘char narsa­larni tanib olish tergov harakati xolislarga va protsessning boshqa ishtirokchilariga ularning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirish bilan boshlanadi.
Tanib oluvchi tanib olishi lozim bo‘lgan narsa to‘g‘risida tanib olish tergov harakatidan avval batafsil so‘roq qilingan bo‘lishi va tanib olinishi lozim bo‘lgan narsaning belgilari, alomatlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bayon qilgan bo‘lishi lozim.
Turdosh obyektlar orasidan tanib olish to‘g‘risidagi qoida murdani tanib olishda qo‘llanilmaydi. Murdani tanib olishda statistlar ishtirok etmaydi. Bu holda faqat murdaning o‘zigina taqdim etiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish