Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi. Kassa operatsiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar majmuasidir.
Xo‘jalik subyektlari o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.Xo‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart. Korxona kassasiga naqd pullar: -bank kassasidan - bank cheki asosida; -aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlami realizatsiya qilish natijasida olingan naqd pul tushumi shaklida; -korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib tushishi mumkin. Xaridorlardan naqd pul olayotganda korxona: -fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qoMlashi; -xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan chek berishi shart.
0‘zbekiston Respublikasida faqat 0‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazoratkassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan NKM modellaridan foydalanish mumkin. Har qanday apparat “0‘zstandart” agentligi yoki u akkreditatsiyalangan organ tomonidan sertifikatlanishi va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan NKMdan foydalanish taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi avvalgi hisobdan o‘chirilishi kerak.
Korxona kassasiga naqd pullarni qabul qilish kassa kirim orderi (KO-1) bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi(blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa orderlarini olish vaqtida kassir: • ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esatashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagiimzosi mavjudligini; • hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini; • hujjatlarda qayd etilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi shart.
Kassa orderlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlarini qayd etish daftari”da va “Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da ro‘yxatga olish lozim
Kassa limiti - bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin bolgan pul miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan holda yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar korxonaning o‘rtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga yetmaydigan bo‘lsa, limit 2 yil muddatga belgilanadi. Agar siz hisob-kitoblarni naqd pulda amalga oshirmasangiz, uholda kassangiz limiti ham nolga teng bo‘ladi, chunki kassada pulqoldirishga sizda ehtiyoj bo‘lmaydi
Kassa daftaridagi varaqlar oldindan raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (korxonada muhr mavjud bo‘lgantaqdirda) bolishi lozim. So‘nggi varaqda varaqlar soni, rasmiylashtirilgan sana ko‘rsatiladi va rahbar hamda bosh buxgalteri mzosi qo‘yiladi.
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi esa kassirning hisoboti hisoblanadi. Varaqlarning ikkala nusxasi bir xil raqam bilan raqamlanadi. Kassir kassa daftariga yozuvlarni har bir kassa orderi bo‘yicha pullar olingandan yoki naqd pullar tarqatilgandan keyin darhol kiritadi. Har ish kuni oxirida kassir: . bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi; . kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi; . ikkinchi qirqiladigan varaqni kassirning hisoboti sifatida kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga kassa daftariga imzo qo‘ydirgan holda topshiradi.